Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

Jon Beyts Klark
 


300 
bo`ladi: 1) boylikning universal xodisalari; 2) ijtimoiy-iqtisodiy statika 
(boylik bilan keyin nima bo`lishi to`g`risida gap yuritiladi); 3) ijtimoiy-
iqtisodiy dinamika (agar jamiyat faoliyat shakli va usulini o`zgartiradigan 
bo`lsa, bu sharoitda boylik va jamiyatning farovonligi bilan nima ro`y be-
radi, degan gap yuritiladi). 
Klark fikricha, xayoliy statik ijtimoiy ishalb chiqarishga operatsiya-
larning o`zgarmas xarakteri xosdir, bunda doimo avvalgi texnologik ja-
rayonlarda yaxshi ma'lum Usha boyliklar yaratilaveradi, boylik hajmi bun-
da o`smaydi va kamaymaydi. Yer ham bir xil mahnat qurollari yordamida 
ishlanadi, o`sha hosil olinadi, boshqacha aytganda, ishlab chiqarish or-
ganizmi o`z shaklini o`zgartirmaydi. Demak, bu holatda harakat yopiq 
sistema (tizim)da boradi, iqtisodiyot barqaror va muvozanatda bo`ladi. 
Klarkning yozishicha, "iqtisodiy dinamikada" jahonning normal boyligi 
ko`proq bo`ladi va ish haqining tabiiy darajasi keyin hozirgidan ancha 
baland bo`ladi. 
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qarshi bo`lgan dinamik shart-
sharoitlar keltiriladi: 1) aholi o`sishi; 2) kapital o`sishi; 3) ishlab chiqarish 
metodlarining yaxshilanishi; 4) sanoat korxonalari shaklining o`zgarishi; 5) 
nisbatan past unumli korxonalar o`rniga nisbatan yuqori unumli korxon-
alarning yashovchanligi va boshqalar. Hatto har bir omil o`zicha jamiyatni 
dinamik holatda saqlash va ijtimoiy tarkibga ta'sir etish qudratiga ega 
bo`lar ekan. 
Klarkning 
yuqoridagi 
metodologik 
g`oyalari 
keyinchalik 
N.Kondratyev (Rossiya), Y.Shumpeter va boshqa olimlar tomonidan 
to`ldirilgan. 
Klark tadqiqotida "eng yuqori unumdorlik qonuni" muhimdir. Bu 
qonun erkin raqobat sharoiti, iqtisodiy muvozanat holatida amal qiladi. Ish-
lab chiqarish omillari bir xil samaradorlikka ega bo`lgan sharoitda eng 
yuqori unumdorlikning pasayib borishi masalasi marjinal prinsiplarda 
qarab chiqiladi. 
Kapital bilan ta'minlanganlik o`zgarmas deb olingan taqdirda, 
mehnatinng eng yuqori unumdorligi har bir yangi ishga jalb etilgan xodim 
bilan pasayib boradi va aksincha. Xodimlar soni o`zgarmas bo`lgan holatda 
mahnatning eng yuqori unumdorligi faqat kapital bilan ta'minlanganlikning 
o`sishi natijasidagina yuqoriroq bo`ladi. 
Qimmatni taqsimlashdagi hissalar oxirgi unumdorlikka bog`liq 
bo`ladi, ya'ni foiz kapitalining so`nggi o`sishidan hosil bo`lgan mahsulot 
bilan aniqlanadi, ish haqi esa mehnatning ohirgi oshuvidan hosil bo`lgan 
mahsulot bilan belgilanadi. 


301 
Olim erkin raqobatli korxonada eng yuqori unumdorlikni mikroda-
rajada o`rganib, "befarqlik zonasi" yoki "eng yuqori soha" mavjudligini 
tasdiqlaydi, bu har bir korxona doirasida nazorat qilinishi mumkin. Bu zo-
na doirasida odamlar sohibkorlar daromadiga ta'sir etmagan holda ishga 
kelib-ketishlari mumkin. Agar raqobat bekamu ko`st amal qilsa, hamma 
yerda bu eng yuqori ishchilar o`zining mehnat mahsuli sifatidagi maoshini 
oladilar, ammo raqobat doim mukammal bo`lmasligi sababli ular tahminan 
o`z mehnatiga yaqin maoshni oladilar. Bu sharoitda biror xodimning 
ishdan ketishi tufayli eng yuqori ish (uncha ahamiyatsiz ish) bajarilmay 
qoladi, sohibkor (tadbirkor) esa o`z navbatida "befarqlik zona" doirasida 
ziyonsiz bir nechta ortiqcha odamlarni ishga qabul qilishi mumkin, chunki 
bu zonada ish haqi ularning ishlab chiqarishi bilan bog`liq va bunda hech 
qanday foyda yuzaga kelmaydi. 
Amalda esa tadbirkor shu zona doirasida, avvalgi maosh bilan juda 
kam xodimni ishga jalb etadi, chunki ziyon keltirish xavfi bo`lib, tavakkal-
chilik minemaldir, bu eng yuqori, chegaralangan ishchi maoshi darajasida 
ish haqi oladi.
Kapitalga foizning shakllanishi O.Bem-Baverkning "kutilmalar 
nazariyasi"ga o`xshash fikr yuritiladi. 
Eng yuqori unumdorlik qonunidan shunday xulosa chiqariladiki
ishlab chiqarish omilining bahosi uning nisbiy kamomadligi bilan bog`liq. 
Bu esa, xususan, "adolatli ish haqi" doimo mehnatning eng yuqori unum-
dorligiga mos keladi, mehnat esa boshqa unumliroq ishlab chiarish omili, 
ya'ni kapitalga nisbatan past bo`ladi.
Shunday qilib, Klark "qonuni"ning asosiy mohiyati quyidagicha: 
ishlab chiqarish omili-mehnat va kapital shu omil tomonidan yaratiladigan 
mahsulot qiymati omil bahosi bilan tenglashguncha o`stirilib borishi mum-
kin (masalan, korxonada ishlayotgan xodimlar sonini ma'lum chega-
ragacha, ya'ni bu omil "befarqlik zonasi" ga kirguncha ko`paytirilishi 
mumkin). Amalda bu "qonun" bo`yicha ishlab chiqarish omilining rag`bati 
shu omil bahosi tadbirkorning olishi mumkin bo`lgan daromadidan ortib 
ketadigan sharoitda o`z imkonini tugatgan bo`ladi. Demak, Klarkni bir 
vaqtning o`zida ishlab chiqarish harajatlari strukturasi (tarkibi) ni optimal-
lashtirish muammolari bilan bog`liq bo`lgan, hozirgi davr nazariyalarining 
asoschilaridan biri deb atash mumkin. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling