Iqtisodiy ta'limotlar
V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
15.3. V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi 302 Vilfredo Pareto (1848-1923) iqtisodiy ta'limotning neoklassik yo`nalishini davom ettirgan yirik italyan vakili hisoblanadi, u marjinaliz- mning "Lozanna maktabi" ana'nalariga sodiq edi. Bu olimni iqtisodiyot bi- lan birga siyosat va sotsiologiya sohalari ham qiziqtirgan, bu uning yozgan asarlaridan ma'lum. Paretoning asosiy asarlari: ikki jildli "Siyosiy iqtisod kursi" (1898), "Siyosiy iqtisod ta'limoti" (1906) va "Umumiy sotsiologiya bo`yicha risola" (1916). Paretoning iqtisodiy tadqiqotlarida L.Valras, O.Kurno, F.Edtuort va boshqa olimlarning g`oyalari ta'siri katta bo`lgan. 1892 yil L.Valras Lozanna universitetidagi kafedra mudirligini V.Paretoga topshiradi va shu dargohda yuqorida ko`rsatilgan asarlar yaratildi. V.Pareto V.Valras kabi umumiy iqtisodiy muvozanat muammolari tadqiqotiga katta ahamiyat berdi, bunda marjinalizmning iqtisodiy tahlil g`ochlariga amal qilinadi. Shu bilan birga Pareto iqtisodiyotda mu- vozanatning shart-sharoitlari va omillarini o`rganishda sifat jihatidan yangi prinsiplarni ilgari surib, neoklassik iqti- sodiy g`oyalarni yangi "ikkinchi to`lqini"ni boshlab berdi. Bular quyidagi- larda namoyon bo`ladi. V.Pareto funksional yondashuv asosida almashuvning birdan bir sababi naflik (ehtiyoj) degan qoidadan voz kechib, iqtisodiy tizimni butun- ligicha izohlashga o`tdi, bunda talab (iste'mol) va taklif iqtisodiyotda mu- vozanat elementlari sifatida qaraladi. Shu bilan birga, "sof" iqtisodiy naz- ariyaga asoslanib, daromadlar tengsizligi ularni sinflar o`rtasida taqsimlash bilan bog`liqligini inkor etadi. L.Valrasning umumiy iqtisodiy muvozanat modelida shu muvoza- natga erishuvning mezoni naflikning maksimumi (uni hisoblash mumkin emas) deb hisoblangan bo`lsa, Paretoda bu mezon boshqasiga, ya'ni konkret individning afzal ko`rish nisbati o`lchovi bahosiga almashtiriladi. Deyarli qirq yildan so`ng (1959) V.V.Leontyev bu muammoni dol- zarbligi pasaymayotganligi tufayli, bu soXada uchta pozitsiya 1954 y. e'lon qilingan bo`lib, unda iste'molchilarning tovarlarni tanlashda o`zini qanday tutishini kuzatish orqali obyektiv informatsiya manbayi naflik funksiyasi shaklida bo`ladi, ularning ko`p sonli turli darajalarini solishtirish real protsedura (ish tartibi) dir. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling