Iqtisodiy ta'limotlar


Merkantilizm va hozirgi zamon


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

5.4. Merkantilizm va hozirgi zamon 
 
Yevropada proteksionizmning tiklanishi (Angliyada proteksionizm, 
Fransiyada kontinental qamal (blokada) va boshqalar) va nemis tarixiy 
maktabi (bu haqda quyida gap boradi) vujudga kelishi bilan merkantilizm 
g`oyalari yana tilga olina boshlandi. Avval Rosher va Shmoller, so`ngra 
ularning ingliz izdoshlari Kanningem va Eshlilar merkantilizm g`oyalarini 
to`la ratsional va ma'lum istak-natijalariga erishuvda, masalan, milliy 


107 
avtarkiya va davlat hokimiyatini kuchaytirishda yaroqli siyosat deb 
qaradilar. 
A.Smit mashhur asarining bir joyida ohistagina "Mamlakat 
xavsizligi farovonlikdan muhimroq" deb yozish bilan shunday nuqtayi 
nazarni ilgari surdiki, unga ko`ra merkantilistlar jiddiy qabul qilinishi 
kerak edi. Bu munosabat merkantilizm davridagi bosh masalalardan biriga 
oydinlik kiritishga imkon berdi: davlat qurilishining maqsadi ko`shni 
davlatlar iqtisodiy kuch-qudratini pasaytirish hisobiga ham erishiladi, 
bunda ushbu davlat qudratining oshishi ro`y beradi. Lokkning fikricha, bu 
shunday ro`y beradi: "boylik" oltin va kumushning oddiy ko`pliginigina 
anglatmaydi, balki boshqa davlatlarnikidan ortiqroq bo`ladi. Haqiqatan 
ham, ko`pchilik merkantilistlar shunday nuqtayi nazarni himoya 
qilganlarki, unga ko`ra millatlarning iqtisodiy manfaatlari antagonistik, 
ya'ni qarama-qarshidir, go`yoki dunyoda cheklangan miqdordagi resurslar 
mavjud, ularni esa bir davlat ikkinchi davlat hisobiga olishi mumkin. Bu 
merkantilistlarning 
"qo`shningni 
talontoroj 
qil" 
degan 
siyosatini 
uyalmasdan himoya qilishini tushuntirib beradi. Undan tashqari, bu 
g`oyada ichki iste'molni kamaytirish milliy siyosatning maqsadi qilib 
ko`rsatiladi. 
Merkantilizmni qaytadan qo`llash, klassik maktabni (bu haqda 
quyida gapiriladi) tan olmaslik, kapitalizm yo`liga keyinroq o`tgan 
davlatlarda ro`y berdi. Yangi davlatlar iqtisodiyotda to`la erkinlikka qarshi 
edi, yoki bu erkinlik faqat kuchli Angliya uchun qulaylik va ustunlik beradi 
deb bejiz o`ylamaganlar. Shu sababli bu yerda merkantilistlarning 
davlatning iqtisodiyotni boshqarish, proteksionizm, mamlakatda pul mo`l-
ko`lligini ta'minlash va boshqalar hukumatlar siyosatiga aylantirildi. 
XX asrda davlat monopolistik kapitalizmi rivoji bilan davlatning 
iqtisodiyotdagi roli tobora oshib bordi. Inqirozlar tez-tez takrorlanib turdi. 
Ayniqsa, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqiroz butun dunyoni larzaga 
soldi. Shu davrda J.M.Keyns nomi bilan bog`liq ta'limot yuzaga keldi. U 
"Merkantilizm to`g`risidagi mulohazalar" va "Bandlik, foiz va pulning 
umumiy nazariyasi" (1936y.) nomli asarlarida merkantilizmning ayrim 
g`oyalarini qo`llaydi, unda "amaliy donolik" kurtaklari borligi ta'kidlanadi. 
Eksportning importdan ko`pligi, oltinlarning oqib kelishi esa pulga taklifni 
kuchaytirib, foiz stavkalarini pasaytiradi va shu bilan investitsiya va 
bandlikni rag`batlantiradi. Keyns shularni "merkantilizm doktrinasidagi 
ilmiy haqiqat urug`lari" deb ataydi. 
Umuman, J.M.Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari 
ish bermasligini ta'kidlaydi, hozirgi til bilan aytganda bozor munosabatlari 


108 
avtomatik ravishda barcha ziddiyatlarni hal eta olmaydi, shu sababli 
davlatning iqtisodiyotga faol ishtirok etishi taklif etiladi (bular haqida to`la 
ma'lumot maxsus boblarda beriladi). 
Keyns o`zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to`rt sohani 
berdi: 
1. Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib, 
ssuda foizini pasaytirish va investitsiyalarni rag`batlantirishni o`ylaganlar; 
2. Merkantilistlar baholar oshuvidan qo`rqmaganlar va yuqori 
baholar savdo va ishlab chiqarishni kengaytirishni rag`batlantirgan. 
Keynsning fikricha, "mo`'tadil inflatsiya" iqtisodiy faollikni qo`llab-
quvvatlaydi; 
3. Merkantilistlar "pulning yetishmasligi ishsizlikning sababchisi 
ekanligi" to`g`risidagi tushunchaning asoschilari bo`lganlar. Keynsning 
fikricha, bank va davlat budjeti kamomadini kredit ekspansiyasini oshirish 
yo`li bilan pul miqdorini oshirish ishsizlikka qarshi kurashishda muhim 
qurol bo`lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha obyektiv sabablarga bog`liq 
edi, masalan, agrar sohada u ko`pincha mavsumiy edi, ya'ni qishloq 
xo`jaligi ishlarining tugashiga yoki kam hosilli yillarga to`g`ri keladi. 
Hatto sanoatda ham bu holat qayd etiladi, ya'ni daryodagi kishki muzlar 
yoki bahorgi toshkinlar suv tegirmonlarini to`xtatib qo`yganidek; 
4. Merkantilistlar o`z siyosatlarining milliy xarakteri va uning 
urushlar ochish yo`nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns 
proteksionizm mazkur mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga 
yordam bera oladi, deb hisoblagan va iqtisodiy millatchilik tarafdori 
bo`lgan. 
Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham qo`shmoq kerak, 
chunki davlat bu holatda iqtisodiyotda muhim rol o`ynaydi. Buni Keyns 
o`z-o`zidan ravshan narsa, deb tushungan bo`lsa ehtimol. 
Ma'lumki, asrimizning 60-70 - yillari mustamlakachilik tizimining 
yemirilishi va ko`plab yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelish davri 
hisoblanadi. Bu davrda "nomerkantilizm" g`oyalari ilgari surilmoqda. 
Yosh, rivojlanayotgan davlatlarning ko`pchiligida iqtisodiyotda davlat 
sektorining kattaligi, xalq xo`jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy 
sanoatni bojxona tariflari bilan himoya qilish va boshqa choralar 
"nomerkantilistik" hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo shartnomalari, 
davlat zayomlari yo`li bilan industrializatsiyani moliyalash, baholarni 
tartibga solish va monopoliyalar daromadini cheklash ham shu ta'limotga 
to`g`ri keladi. 


109 
90-yillarda boshlangan, ilgarigi sotsialistik rivojlanish yo`lidan 
borayotgan davlatlarning bozor munosabatlariga o`tish davridagi iqtisodiy 
siyosati ham ko`p jihatdan yuqorida keltirilgan holatlarga juda o`xshashdir. 
Ayniqsa, tadrijiy (evolutsion) yo`lni tanlagan davlatlarda bu siyosat ancha 
kuchlidir (bu to`g`rida kerakli ma'lumotlar mazkur boblarda beriladi). Shu 
sababli merkantilizm ta'limotini har tomonlama o`rganish ham nazariy
ham amaliy ahamiyat kasb etadi. 
XULOSA 
XV asr oxiri - XVIII asrlar davomida yangi iqtisodiy ta'limot - 
merkantilizm va u bilan bog`liq siyosat paydo bo`ldi. Bu ta'limot bo`yicha 
millat (xalq) boyligining asosi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi 
qarashlardan prinsipial farq qiladi). Bu ta'limotda ikki davrni ajratish 
mumkin: 
1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (ya'ni pul degani) XV-XVI 
asrlarda (qisman XVII asrda) mavjud bo`ldi va boylik asosan oltin, 
kumush va boshqa qimmatbaho javohirlardan iborat bo`ladi, degan g`oyani 
ilgari surdi. Shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni 
boricha ko`proq nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish 
targ`ib qilingan. 
2. Rivojlangan merkantilizm ta'limotida boylik savdo-sotiq 
sohasida savdo balansi asosida yuzaga kelgan, imkoni boricha ko`proq 
eksport qilish va mumkin qadar kamroq import qilish g`oyasi ilgari 
surilgan. 
Merkantilizmning 
ayrim 
mamlakatlardagi 
ko`rinishi 
milliy 
xususiyat kasb etgan, ayniqsa Fransiyada kolbertizm, Germaniyada 
kameralistika shakllari yaxshi ma'lum. 
Bu ta'limot yangi tug`ilayotgan jamiyat - kapitalizm rivoji uchun 
ijobiy 
progressiv 
xarakterga 
ega 
bo`ldi. 
Kapitalning 
dastlabki 
jamg`arilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik tizimini qo`llab-
quvvatladi, tovar-pul muomalasi rivojiga olib keldi, moliya tizimining 
rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi. Merkantilizm ta'limotida davlat 
iqtisodiyotga faol ishtirok etishi shart, shunga oid iqtisodiy siyosat ham 
yuzaga keldi. 
Merkantilizm tarixan cheklangan bo`lsa ham (u XVIII asrda to`g`ri 
va qattiq tanqidga uchradi), ta'limotlar tarixidan munosib o`rinni egallaydi. 
Lekin bu ta'limot va unga asoslangan siyosatni to`la amalga oshirish 


110 
qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tajribasidan ma'lum. 
Merkantilizm moliya tizimi va savdo rivojiga muhim hissa qo`shdi.

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling