Iqtisodiy ta'limotlar
Asosiy tushuncha va iboralar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va mulohaza uchun savollar
- 5-BOB. MERKANTILIZM IQTISODIY TALIMOTI 5.1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
Asosiy tushuncha va iboralar
Iqtisodiyotni boshqarish (Devoni buzruk va devon); vazirlar vakolati; yer egaligining 5 ko`rinishi; ulufa (oziq-ovqat, maosh); soliqqa tortish tartibi; tanho; Ulug`bek islohotlari; "Fulusiy adliya" tashqi savdoga e'tibor; tamg`a bojidagi o`zgarishlar; A.Navoiyning "Vaqfiya" (1482), "Mahbub-ul qulub" (1500) asarlari; Zahriddin Muhammad Boburning "Mubayyin", "Zakot to’g`risida asar" kitoblari; "Hiroj", "Muqassam", "Muvazzar". Nazorat va mulohaza uchun savollar 1.Amir Temur davlatining ilmiy qonun qoidalari qaysi asarda keltirilgan? 2.Amir Temur davridagi davlatni boshqarish tartibi qanday bo`lgan? 3.Amir Temur davridagi soliq tizimi va maoshni belgilashning xususiyatlarini so`zlab bering, 4.Ulug`bek davridagi islohotlar qaysi sohani barqarorlishtirishga qaratilgan? 5.Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarning mohiyatini gapirib bering, 6.Alisher Navoiyning "Vaqfiya" asarida qanday iqtisodiy g`oyalar bayon etilgan? 7.Zahiriddin Muhammad Boburning iqtisodiy g`oyalari qaysi asarlarda bayon etilgan? 8. "Akbarnoma"da qanday iqtisodiy g`oyalar ilgari surilgan? 9. "Fulusi-adliya" deganda nima tushuniladi va u qaysi davrga tegishli? 10. A.Navoiy boylikni to`plashning qanday yo`llari haqida gapirgan? 92 Zar qadrini zargar bilar. Maqol. 5-BOB. MERKANTILIZM IQTISODIY TA'LIMOTI 5.1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari Avvalgi davrdagi iqtisodiy g`oyalarda natural xo`jalik munosabatlariga oid fikrlar ustunlik qilgan. Yangi bozor munosabatlari shakllanishi tufayli, shunga oid iqtisodiy ta'limot paydo bo`ldi, bu merkantilizm ta'limotidir. "Merkantilizm" iborasi birinchi bo`lib Adam Smitning asarlarida o`z ifodasini topdi. Lug’aviy ma'nosiga ko`ra, bu so`z italyancha bo`lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so`z yangi ta'limotning mazmun va mohiyatini o`zida aks ettiradi. Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilikda deb kelinar edi, biz buni yuqorida ko`rdik. Lekin XV asrga kelib ahvol keskin o`zgardi. Bu ta'limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy sabablar turtki bo`ldi. Avvalo, feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o`sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo`lishi, ayniqsa savdo-sotiqning rivojiga turtki bo`ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu o`zgarishlarni asoslab beruvchi iqtisodiy ta'limot - merkantilizm yuzaga keldi va muomala sohasini o`rganish bilan shug`ullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. Shu davrga kelib Yevropada oltin va kumush qahatchiligi boshlandi. Hindistonda nodir metallar ko`p, degan mish-mishlar va u yerdagi mavjud ziravorlar insonlarni yangi yerlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi. Pul vazifasini bajargan nodir metallar (hali qog`oz pul yo`q), ularning ohangrabo kuch-qudrati hammani oyoqqa turg`azdi, insonni o`ylashga, ixtirolar qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli yo`lga otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas kashf etildi, kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog` to`plandi. Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga ko`proq oltin va kumush keltirish, deb aniqlandi. Bu davrda pul 93 sifatida qimmatbaho metallar - oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin va kumush zahiralarini ko`paytirish borasida ma'lum iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqarildi. 1492 yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif tufayli Amerika qit'asini ochdi (u o`zini Hindistondaman deb o`ylagan, shuning uchun qit'a nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga nasib etdi, tarixning bu xatosini to`g`rilash uchun bu qit'adagi bir davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika ko`pchilik o`ylaganidek oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish yana davom etdi va 1498 yilda Vasko da Gama tomonidan ko`pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo`l ochildi. Boshqa dengizchi Magellanning butun dunyo bo`ylab qilgan sayohati tufayli yangi yer, orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Yevropa davlatlarining mustamlakasiga aylantirildi, u yerlarda oltin-kumush konlari ochildi, yangi xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi, ularning Yevropaga kirishi boshlandi (paxta, makkajo`xori, tamaki, kofe, kakao). Yevropadagi davlatlar o`rtasida (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya va Angliya) o`rtasida kurash ham qizidi. Shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlarning rivo-ji uchun muhim moddiy turtki paydo bo`ldi. Kapitalizmning shakllanishi va rivoji uchun kapitalning dastlabki jamg`arilish jarayoni kuchaydi, unga qulay imkoniyat yaratildi. Ayniqsa, savdo rivoj topdi, bosib olingan yerlardagi arzon-garov xom ashyolar Yevropaga oqib kela boshladi, bu yerda tayyorlangan tayyor mahsulotlar esa u yerlarga olib borib sotildi. Savdo kapitalining roli beqiyos o`sdi. Tarixan esa bu kapital umuman kapitalning dastlabki shakli bo`lib qoldi. Undan esa sanoat kapitali ajralib chiqdi. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling