Iqtisodiy ta'limotlar


Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

6.3. Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga 
kelishi. P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari 
 
Agar Angliyada klassik iqtisodiy g`oyalarning boshlanishi V.Petti 
nomi bilan bog`liq bo`lsa, Fransiyada P.Buagilber bilan boshlanadi, bu 
g`oyalar Angliyada Rikardo bilan intihosiga yetgan bo`lsa, Fransiyada 
Sismondi bilan yakunlanadi. 
Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq 
qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo`lib, qirollar 
("qirol - quyosh - Ludovik XIV") va uning atrofidagilar tomonidan qattiq 
himoya qilingan. Kolber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat 
iqtisodiyotining umumiy rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani 
taraqqiy ettirish tarafdori edi, ammo bu ish qishloq xo`jaligining ziyoniga 
o`tkazildi, feodal munosabatlar to`la saqlab turildi (eslang, Angliya burjua 
inqilobi XVII asrda bo`lib o`tdi, vaholanki Fransiyada bu inqilob XVIII asr 
oxirida ro`y berdi), bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to`siq edi. 
Manufakturalar paydo bo`ldi, ammo rivoj topmadi. Sex tizimi saqlangan 
bo`lib, rivojga to`siq edi. 
Yer masalasi to`la hal etilmadi, "Senyorsiz yer yo`q" tamoyili 
saqlandi, mayda yer egaligi, dehqonlarning turli soliq va yig`imlarga 
mahkum etilganligi ularni bu tizimda yerni yaxshilash va ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga rag`batlantirmas edi, vaholanki, aholining 3/4 qismi 
dehqonlar bo`lib, ular bu sohada tushkunlikda edi. Shu sababli, bu sohada 
islohotlar o`tkazish zarur bo`lgan, ammo unga shu davrdagi tizim halaqit 
berardi. Ichki bozor tor bo`lib, kapitalistik tadbirkorlikning o`sishiga yo`l 
bermasdi. Bu sinf asosiy soliq to`lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar 
umuman soliq to`lamagan, shahar burjuaziyasi hali nisbatan kam sonli, 
soliqlardan ustalik bilan bosh tortar edi. 
Yana bir muhim to`siq - bu urushlar edi. Fransiya olib borgan uru-
shlar tufayli mablag`larning asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi. qirol 
saroyidagi bazmi jamshidlar ham davlat xazinasiga katta ziyon keltirar edi. 
Demak, Fransiyada XVII asrning ikkinchi yarmida feodal muno-
sabatlar o`zining cho`qqisiga chiqqan edi (Angliya bilan solishtiring), va-
holanki Angliyada burjua inqilobi bo`lib, kapitalistik munosabatlar tez 
shakllana boshladi. Fransiyada yuqori tabaqa barcha yerning egasiga 
aylandi, dehqonlar shaxsan ozod bo`lsalar ham, feodal majburiyatlar ni-


124 
hoyatda ko`p edi. Xo`jalikdagi kapitalistik uklad nihoyatda sekin rivojlan-
di, ichki bozor hiyla tor edi, xalq xo`jaligida natural xo`jalik asosiy bo`lib, 
sanoat rivoji past bo`lgan. Faqat zeb-ziynat buyumlari va parfumeriya 
mahsulotlari tayyorlash bo`yichagina Fransiya Yevropada yuqori o`rinda 
edi. 
Ana shunday sharoit Fransiyaning XVII asr oxiri - XVIII asr 
boshidagi sotsial-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi 
asoschilaridan biri bo`lgan Pyer Buagilber (1646-1714) ning iqtisodiy qa-
rashlariga katta ta'sir ko`rsatdi. Pyer Lepezan - iqtisodchining asl familiyasi 
bo`lib, de Buagilber - bu oila yer pomest'esining nomi edi. Lekin tarixda 
Pyer Buagilber nomi saqlanib qoldi. Pyer Lepezan de Buagilber dvoryan 
normand oilasidan chiqqan, u yaxshi ma'lumot olgach, adabiyot bilan 
shug`ullandi, keyinchalik Ruan okrugida oilaviy kasb-hunar sudya (hakam) 
lavozimini egalladi; dehqonlar ishini olib bordi; o`z ko`zi bilan ularning 
nochor ahvoliga guvoh bo`ldi; u bu lavozimni umri oxirigacha saqlab qoldi 
va katta o`g`liga topshirdi; o`zini "qishloq xo`jaligining advokati - himo-
yachisi" deb atadi. 
Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib jamoat boyligi kon-
sepsiyasidan iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik massasi bilan 
emas, balki turli-tuman foydali boylik va buyumlardan, masalan, non, vino, 
go`sht, kiyim-kechak va boshqalardan iboratdir. Hatto yerga va pulga 
egalikning o`zi boylikni ta'minlaydi. Agar yer ishlanmasa, pul esa hayot 
uchun zarur ashyolar (masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak) aralashtiril-
masa bunday "boylik" egasi qashshoqlikka mahkum etiladi. 
Shu sababli jamiyatda pulni ko`paytirish emas, balki ishlab 
chiqarishni o`stirish masalasi iqtisodiy fanning asosiy vazifasi hisoblanishi 
kerak. 
Olimning tadqiqot uslubiga quyidagilar xos: 
·erkin raqobat sharoitida iqtisodiyotda avtomatik mo`'tadillik 
mavjud bo`ladi; 
·tovarlar va xizmatlar qiymati (qimmati) ni belgilashda xarajatlar 
qoidasiga amal qilinadi; 
·milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning jamoat 
manfaatlaridan ustunligi tan olinadi; 
·xo`jalik hayotida pulning mustaqil va ahamiyatli roliga yetarli 
baho berilmaydi va boshqalar. 
Buagilber sanoat va savdoni kamsitish yo`li bilan qishloq 
xo`jaligining roli ataylab mutlaqlashtirgan. 


125 
Adam Smitdan ancha oldin shaxsiy manfaat (egoizm)ning jamiyat 
uchun ahamiyatini ko`ra bildi. 
1691 yilda u Fransiyani og`ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini 
taklif etdi. Dastlabki fikrlari bo`yicha turli islohotlar o`tkazib (ular burjua-
demokratik xarakterga ega bo`lishi kerak edi), 1707 yilda esa uning 
g`oyalari yetilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi: 
1. Soliq tizimini o`tkazish. Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan 
manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soliq barchaga tegish-
li bo`lishi kerak edi. 
2. Ichki savdoni har xil cheklashlardan ozod qilish (ichki savdo 
erkinligi); bu chora ichki bozorni kengaytirish, mehnat taqsimotining 
o`sishini ta'minlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirishi kerak edi; 
3. Donning erkin sotilishiga yo`l berish, donga tabiiy baho ta'sirini 
cheklamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sun'iy ravishda baho bel-
gilangan bo`lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanmas edi, don yetishtirish 
o`smay qo`ygan edi. Buagilberning fikricha, iqtisodiyot erkin raqobat sha-
roitida rivojlanishi va tovarlar bozorida "haqiqiy qiymat"ga ega bo`lishi 
kerak edi. U davlat bu sohada dehqonlarga homiylik qilishi zarur, deb 
hisobladi. 
Bu islohotlar mamlakat va xalq farovonligini oshirish va xo`jalikni 
rivojlantirishning boshlang`ich shartlari bo`lishi kerak edi. Buagilber o`z 
g`oyasini reklama qilish maqsadida bu islohot bu oyda qirolga kerak 
bo`lgan summani yetkazib beradi, degan fikrni tarqatdi. Vazirlar esa ikki 
soat davomida kerakli qator qonunlarni tayyorlashi mumkin va xo`jalik 
"xuddi hamirturushdagi kabi" tez o`sadi, deydi u. U o`z takliflari bilan bir 
necha bor murojaat qildi. Ammo, uning bu harakatlari zoye ketdi. U o`z 
g`oyalarini kitoblarda bayon etdi va bu kitoblarni nashr ettirdi. Uning aso-
siy iqtisodiy asarlari "Fransiyaning to`la tavsifi", "Fransiya to`g`risida 
varaka", "Boyliklar tabiati to`g`risida traktat" va boshqalardir. Uning ayrim 
asarlari, masalan, 1707 y. 2 jildda chiqarilgan "Fransiya ayblari" kitobi 
ta'qiqlangan. Ularda Fransiyaning shu davrdagi og`ir iqtisodiy ahvoli to`la 
yoritib berilgan, ayniqsa qishloq xo`jaligining orqada qolish sabablari 
to`g`ri berilgan. Xalq xo`jaligi orqada qolishining bosh sababi - olib bori-
layotgan iqtisodiy siyosatning, Kolber (moliya boshlig`i) va boshqalarning 
merkantilistik qarashlari fosh etilgan. U faqat sanoat rivojini bir tomonla-
ma qo`llab-quvvatlashga qarshi chiqdi. qishloq xo`jaligi manfaatlarini 
himoya qildi, don eksportini cheklashga qarshi chiqdi, soliq tizimini isloh 
qilish tarafdori bo`ldi, u ezilgan xalq ommasining ahvolini yaxshilash 
tarafdori edi (V.Petti bilan solishtiring). Olib borilayotgan iqtisodiy siyosat 


126 
xo`jalik hayotining tabiiy rivojiga teskari edi. Buagilber aytadiki, avvalgi 
davrdagi to`kin-sochinlikni qaytarish uchun mo’jiza qilish shart emas, ta-
biat ustidan bo`layotgan doimiy zo`ravonlikka chek qo`yish yetarlidir. 
Olimning fikricha, shunday soliq va iqtisodiy siyosat tadbirlari kerakki, 
ular tabiatga qarama-qarshi bo`lmasligi kerak. Bu g`oya shundan iboratki, 
unga ko`ra iqtisodiyotda shunday qonunlar borki, ularni bemalol, jazosiz 
buzish mumkin emas (ekologiyada ham shunday). 
Shunga mos ravishda u tabiatning talablari nimadan iborat ekan-
ligini ochib berishga uringan, obyektiv qonuniyatlarni o`rganishga kirishib, 
ilmiy tahlil qilish yo`li sari yirik qadam tashlagan. Ammo shu bilan bir 
vaqtda u xo`jalikdagi xodisalarni tabiiy va tabiiy bo`lmaganlarga ajratib, 
avvalgisini himoya qildi va keyingisini qoraladi. Buagilyber o`zi taklif 
etgan siyosatni amalda isbotlovchi nazariyani yaratishga intildi. Uning iqti-
sodiy qarashlari ko`p jihatdan V.Pettiga o`xshab, mamlakatning iqtisodiy 
o`sishi nima bilan bog`liq degan savolga javob topish edi. Buagil-berni 
ko`proq va asosan Fransiya iqtisodining turg`unlik holati va uning orqaga 
ketishi sabablari qiziqtirardi. Bundan u umuman nazariy masalalar, masa-
lan, xalq xo`jaligida qanday qonuniyatlar harakat qiladi va uning rivojini 
ta'minlaydi, degan masalaga o`tdi. 
Buagilber bu muammoga javob berishda bosh e'tiborni "optimal 
baho paydo bo`lishi" masalasiga qaratdi. Uningcha iqtisodiy barqarorlik va 
taraqqiyotning eng muhim sharti proporsional va normal baholar hisobla-
nadi. Xo`sh, bu baholar nimadan iborat? Avvalo, bu baholar o`rtacha har 
bir sohadagi ishlab chiqarish harajatlarini qoplashga yordam berishi va 
ma'lum kirim, sof foyda keltirishi kerak. Aks holda ishlab chiqarish 
bo`lmaydi, undan so`ng, bu shunday baholarki, unda tovarlarni realizatsiya 
qilish jarayoni bekamu ko`st davom etishi va barqaror iste'mol talabi 
qondirilishi kerak. Va nihoyat, bu shunday baholarki, pullarning "o`z o`rni 
bo`lib", ular to`lov oborotini bajarishi va odamlar ustidan hukmronlik, 
zo`ravonlik qila olmasligi zarur. 
Xalq xo`jaligi proporsionalligi ifodalangan baholar qonunini, aslida 
esa qiymat qonunini tushunish yangi va ilg`or g`oya edi. Olimning asosiy 
asarlari shu g`oyalar bilan bog`liq. Iqtisodiyotda "optimal baholar"ni 
qanday ta'minlash mumkin? Buagilberning fikricha, baholarning bunday 
strukturasi raqobat erkinligi sharoitida stixiyali ravishda tarkib topadi. 
Erkin raqobat sharoitining buzilishi Fransiyada donga maksimal 
baholarning qo`yilganligidir, deydi u. Uningcha, donga erkin baholar bel-
gilansa, baholar birmuncha oshadi, bu dehqonlarning da-romadini oshiradi 
va ularning sanoat tovarlariga talabini ko`taradi, oqibatda bu mahsulotlarni 


127 
ishlab chiqarish ortadi va hokazo. Bunday zanjirli reaksiyalar bir vaqtning 
o`zida "proporsional baholar" o`rnatilishiga va xo`jalikning ravnaqiga olib 
keladi. 
Demak, Buagilber iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va talabga qarshi 
chiqmaslikni taklif etadi. Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy 
funksiyasini inkor etmadi: bu o`sha davr uchun, real hayotni tushungan 
amaliyotchi olim uchun tabiiy edi. Uningcha, davlat to`g`ri soliq tizimi or-
qali mamlakatda iste'mol va talabni yuqori darajada ta'minlashi mumkin. 
Agar iste'mol sarflari oqimi pasaysa, tovarlarni sotish va ishlab chiqarish 
keskin kamayadi. Agar kambag`allar ko`proq ishlab topsalar, soliqlarga 
kam sarf qilsalar, ular o`z daromadlarini tez sarflashga moyildirlar. Boylar 
esa, aksincha, o`z daromadlarini saqlashda va demak, mahsulotni sotishda 
qiyinchilik tug`dirishiga olib keladi. 
Buagilberning bu mulohazalari iqtisodiy ta'limotlarning keyingi yuz 
yillikdagi rivojiga katta ta'sir etdi. Jamiyat boyligi va iqtisodiy o`sish 
bo`yicha prinsipial jihatdan ikki xil qarash mavjud. 
Birinchisi bo`yicha ishlab chiqarishning o`sishi jamg`arish hajmi 
(ya'ni jamg`arma va kapital qo`yilmalar)ga bog`liq. Bunda to`lovlarga 
talab avtomatik ravishda (stixiyali) amalga oshadi. Bu konsepsiyaga ko`ra, 
ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bo`lishi inkor etiladi. 
Ikkinchi pozitsiya bo`yicha iste'mol talabi ishlab chiqarishning 
yuqori sur'atlarda o`sishini qo`llaydigan omil sifatida qaraladi. Buagilber 
ma'lum ma'noda mana shu pozitsiya tarafdori edi va u qonuniy ravishda 
iqtisodiy inqirozlar muammosini keltirib chiqargan. 
Buagilber inqiroz xodisasini xo`jalikning ichki qonuniyatlari bilan 
emas, balki yomon davlat siyosati bilan bog`laydi. Uningcha, yaxshi 
siyosat olib borish yo`li bilan talab kamomadini hal etish va inqirozlarni 
chetlab o`tish mumkin. Bu masala juda murakkab bo`lib, Seyga tegishli 
(buni keyin qarab chiqamiz) "bozorlar qonuni"ga asos bo`lgan deyish 
mumkin, ya'ni erkin mahsulotlar almashuvi tizimida mahsulotlarning or-
tiqcha ishlab chiqarilishi mumkin emas (inqirozlar bo`lmaydi). Aksincha, 
Shumpeterning fikricha, Buagilber iste'mol talabining yetarli emasligi va 
jamg`arma ortiqchaligi sababli, o`sha davrdagi tizim uchun inqiroz xavfi 
bo`lib, tizim barqarorligiga shubha bildirgan, ya'ni Sey qonunini oldindan 
tanqid qilgan. 
Buagilber o`zining "Boylik, pul va o`lponlarning tabiati to`g`risida 
mulohaza" asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro`y berishini yorqin va 
obrazli ifodalab beradi, uningcha, odamlar faqat yetishmovchilikdangina 
emas, ortiqcha boylikdan ham o`lishi mumkin ekan. Tasavvur qilingki, 


128 
deydi u, 10-12 odam bir-biridan ajratilib, zanjirband qilingan. Birida oziq-
ovqat ko`p, ammo boshqa hech narsa yo`q; ikkinchisida esa kiyim-kechak 
serob, uchinchisida ichimliklar ko`p va hokazo, ammo ular bu 
mahsulotlarni almasha olmaydilar. Zanjirlar bu oddiy insonlarga tushunar-
siz inqirozlarni keltirib chiqaruvchi iqtisodiy kuchlardir. Buagilber insoni-
yat tarixida XX asrda bir necha bor ro`y bergan yirik iqtisodiy inqirozlarni 
oldindan ko`ra bilgandek (ma'lumki, ishsizlik va qashshoqlik sharoitida 
sutlar dengizga to`kilgan, ekin maydonlariga o`t qo`yilganligi aniq). 
Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning manbayi almashuv 
sohasi emas, balki ishlab chiqarish degan edi. Almashuvni esa ishlab 
chiqarish rivojining sharti sifatidagina qaraydi. 
Buagilber V.Pettidan holi, mustaqil ravishda qiymatning mehnat 
nazariyasiga asos soldi, u bozor bahosi va "haqiqiy baho"ni farqlagan, 
"haqiqiy baho mehnat sarfi bilan belgilanadi", degan. U haqiqiy baho de-
ganda, ishlab chiqarishning turli tarmoqlari o`rtasida mehnat taqsimotining 
to`g`ri proporsiyasini tushungan. Shunday proporsional taqsimotning za-
ruriy shart-sharoiti sifatida ishlab chiqaruvchilar orasidagi erkin raqobat 
yotadi. 
V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif 
etgan) Buagilber qiymatning pul shaklini qat'iy ravishda inkor etgan, shun-
day zaruratga ehtiyoj yo`q degan. Agar V.Pettining diqqat markazida pul-
lar v boshqa tovarlar o`rtasidagi almashuv munosabatlari turgan bo`lsa, 
Buagilberning e'tibori tovarlarning tovarga bevosita munosabati, ya'ni to-
varlarning to`g`ridan-to`g`ri almashuviga qaratilgan edi. Buagilber uchun 
shu narsa xarakterli ediki, u pulga keskin qarshi bo`lgan, pulda barcha 
yovuzlik va ofatlarning manbayi mujassamlangan, tovarlarning "haqiqiy 
baho" asosida almashuvi buzilishining sababi ham shunda deydi u. U oltin 
va kumushni buyuk yovuzlik deb baholaydi, pulga qarshi mutaassiblik 
(fanatizm) bilan kurashadi. Pulning yagona yaxshi tomoni shundaki, u al-
mashuvni osonlashtiradi. Oltin va kumush o`rnini qog`oz pul bemalol 
qoplaydi. Ko`rinib turibdiki, olim pulning barcha funksiyalarini tushunib 
yetmaydi. Pul umumiy ekvivalent bo`lib, uning rolida qiymatga ega 
bo`lgan tovarlargina xizmat qilishi mumkin. Shu sababli uningcha, tovar 
ishlab chiqarilishini saqlagan holda, pulni yo`q qilish kerak. Shu yerda u 
iqtisodiy munosabatlarning ikki shakli o`rtasidagi chambarchas aloqani 
tushunmadi, uning bir shaklini (tovar) saqlab, ikkinchi (pul) shaklini yo`q 
qilmoqchi edi. 
Olim tovar ishlab chiqarishning asl maqsadi faqat iste'molni 
qondirishda deb xato o`ylagan (iste'mol va almashuv uchun). 


129 
Demak, Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni sar-
flangan ish vaqtiga tenglashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning qulay 
tomonini saqlagan holda uning salbiy tomonlarini tugatishni orzu qiladi. 
Agar Pettining iqtisodiy ta'limotida almashuv qiymati asosiy bo`lsa, Bu-
agilberda iste'mol qiymati bosh rolni o`ynadi. Aslida ularni bir-biridan 
ajratib bo`lmaydi. 
Buagilber qarashlaridagi cheklanganlik (faqat dehqonlarni himoya 
qilishi, sanoat va savdoni yetarlicha baholamasligi), bizningcha tarixan 
bo`lib, Fransiya kapitalizmi rivojining xususiyatlaridan kelib chiqadi, naz-
ariy jihatdan orqaga qarash bor. Agar Angliyada sanoat, savdo va hatto 
qishloq xo`jaligida kapitalistik munosabatlar to`la g`alaba qozongan bo`lsa, 
uning iqtisodiyoti mehnat taqsimoti, raqobat, kapital va ishchi kuchlarining 
faolligi bilan xarakterlanar edi; Fransiyada esa bu munosabatlar endi 
shakllana boshlagan edi, xolos. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling