Iqtisodiy ta'limotlar


Klassik (mumtoz) iqtisodiy maktab paydo bo`lishining


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

6.1. Klassik (mumtoz) iqtisodiy maktab paydo bo`lishining 
tarixiy shart-sharoitlari va uning xarakteristikasi 
Merkantilizm o`rniga klassik (lot. namunali, haqiqiy) iqtisodiy 
maktab vujudga keldi. Chunki, avvalgi ta'limot sanoatlashayotgan 
sohibkorlar talablariga javob bermay qo`ydi ("Klassik maktab" atamasi 
K.Marks tomonidan berilgan). Paydo bo`layotgan yangi muammolarni hal 
etish yangi yo`nalish tarafdorlari zimmasiga to`g`ri keldi. Uning 
namoyandalari o`z ilmiy tadqiqotlarining asosi qilib kishilikning ishlab 
chiqarish sohasini oldilar va kapitalizmni ilmiy tahlil qilish bo`yicha 
dastlabki muhim qadamni qo`ydilar. Klassik maktab ishlab chiqarishning 
yangi usuli shakllanayotgan va mustahkamlanayotgan davrda vujudga 
keldi. Kapitalizm ayrim mamlakatlarda tarixiy shart-sharoitlarga mos 
ravishda feodal munosabatlarning saqlanganlik darajasiga qarab turlicha 
rivojlandi. Bu jarayonlar dastlab XVI asrda Angliyada ro`y bera boshladi. 
Feodalizm yemirilib, uning zaminida kapitalistik, ya'ni bozor munosabatlar 
shakllana bordi. Uy hunarmandchiligi o`rniga manufakturaning kirib 
kelishi katta ijobiy voqea bo`ldi. Tarix, xalq xo`jaligi tarixi va boshqa 
ijtimoiy fanlarni o`qiganda hunarmandchilik, sex va manufaktura nima 
ekanligi bayon etiladi, uy hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir 


112 
odam yoki oila tomonidan bajarilgan (xomashyoni tayyorlash, qayta 
ishlash, sotish...), unda aniq mehnat taqsimoti yo`q, manufakturada esa 
(manu - qo`l, facture - tayyorlash) mehnat taqsimoti, kooperatsiya, 
yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik ishlab chiqarishning kurtaklari 
paydo bo`ldi. XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada dehqonlarning yerdan 
mahrum qilinishi (yer yirik lendlordlar qo`liga o`ta boshladi) ro`y berdi, 
yomenlar - dehqon sinfi tugatildi, oqibatda kapitalistik fermerchilik yuzaga 
keldi (ular yerni lendlordlardan uzoq muddatli ijaraga olgan), ular 
yollanma mehnatdan (krepostnoylik emas) keng foydalangan, keyinchalik 
texnikani, ilmiy texnika yangiliklarini keng qo`llaganlar. Agrar inqilob, 
islohot nomini olgan bu o`zgarish manufaktura sanoatining rivoji bilan 
bog`liq. Dastlabki paytlarda bu sohada mato to`qish asosiy edi. U 
nihoyatda foyda keltiruvchi sohaga aylandi. Matoga talab oshdi, uni 
qondirish uchun, sanoat uchun kerakli xom ashyo bazasini yaratish talab 
qilindi. Xom ashyo esa jun bo`lib, qo`ylardan olinardi. Manufaktura 
rivojiga jun kerak, buning uchun qo`ylar sonini oshirish talab etildi, ko`p 
qo`y boqish uchun esa yangi keng yaylovlar zarur, oqibatda chakalakzor, 
botqoq, bo`z yerlar chegaralanib ("yerlarni chegaralash" degan ibora 
shundan kelib chiqqan) yaylovga aylantirildi, Dehqon (yomen)lar o`z 
yerlaridan haydab chiqarildilar, yerlari esa tortib olinib, yaylovlarga 
aylantirildi. Bu jarayonning muhim ahamiyati bor: 1. manufaktura (sanoat) 
uchun xom ashyo ko`paydi; 2. sanoatga ko`p va arzon ishchi kuchi 
yetkazib berildi ( yerdan mahrum bo`lgan, haydalgan dehqonlar ish qidirib 
shaharlarga borganlar). Oqibatda sanoat tez o`sa boshladi, yangi sinflar 
paydo bo`ldi. Demak, sanoatdagina emas (manufaktura), qishloq 
xo`jaligida ham kapitalistik munosabatlar g`alaba qozondi. Mamlakatning 
iqtisodiy rivojlanishiga yo`l ochib berildi. Lekin ko`plab dehqonlarning 
ekspropriatsiya qilinishi (yersizlantirilishi), ularni zo`rlik yo`li bilan 
yollanma mehnatga jalb etilishi (chunki boshqa iloj yo`q) qarama-
qarshilikni kuchaytirdi, oqibatda 1641-1660 yillarda Angliyada inqilob 
bo`lib o`tdi. XVII asrdagi Niderlandiya keyingi ikkinchi bu inqilob burjua 
inqilobi bo`lib, u Angliyadagi feodal jamiyatga chek qo`ydi. Angliya 
respublika deb e'lon qilindi, parlament vujudga keldi, demokratik jarayon 
kuchaydi. 
Angliya 
iqtisodiyotida, 
sohibkorlarning 
boyishida 
mustamlakachilik siyosati katta o`rin egalladi. Gollandiya, keyinchalik 
Fransiya ustidan dengizda erishilgan g`alaba tufayli Angliya jahondagi eng 
yirik va kuchli dengiz davlatiga aylandi. Inqilobgacha va to 1830 
yillargacha bu yerda proteksionizm (savdoda chetga ko`proq chiqazib, 


113 
chetdan kamroq kiritish) siyosati (eksport importdan ko`p) o`tkazilgan, bu 
esa savdoning (ayniqsa o`z mustamlakalariga) keskin o`sishiga olib keldi. 
Demak, savdo, tovar-pul munosabatlari ham keskin oshdi. 
Xalq xo`jaligining yuksak rivoji ilmiy kashfiyotlarni taqozo etdi. 
Shu davrda Angliyada tabiiy fanlar, ayniqsa mexanika, astronomiya va 
fizika tez rivoj topdi. Bu davrning eng buyuk vakili Isaak Nyutondir (1643-
1727yy.), Tomas Gobs (1588-1679yy.) ingliz faylasufi, mexanistik 
materializm sistemasining asoschisi sifatida katta ahamiyatga ega. Uning 
fikricha, jamiyat mexanizmga o`xshash narsa, uning oddiy elementi inson 
degan g`oya yotadi. "Inson insonga bo`ri" iborasi shu olimga tegishli, 
uningcha egoizm insonni harakatlantiruvchi kuchdir. Bu olimda tarixga zid 
fikrlar mavjud bo`lishiga qaramay, uning fikricha, ijtimoiy hayotda ham 
xuddi tabiatdagi kabi obyektiv qonuniyatlar mavjuddir. Ana shunday 
sharoitda klassik iqtisodiy maktab shakllandi va rivojlandi.
Bu davrda merkantilizm ta'limoti talabga javob bermay qo`ydi va 
uning buzilishi ro`y berdi. 
Merkantilistlardan farqli ravishda (ular iqtisodiyotning faqat 
muomala sohasinigina tahlil etganlar), klassik maktab namoyandalari 
feodalizm o`rniga kelgan nisbatan progressiv kapitalistik munosabatlarning 
ichki iqtisodiy aloqalarini o`rgandilar va o`z tadqiqotlarini asosan ishlab 
chiqarish sohasiga ko`chirdilar. Klassik iqtisodiy maktab deganda 
V.Pettidan boshlanadigan iqtisodiy tadqiqotlar tan olinadi, bu ta'limot 
ishlab chiqarishdagi bozor munosabatlarining ichki aloqadorligini 
o`rganadi va tahlil etadi. V.Petti klassik maktab otasi va statistikaning 
kashfiyotchisidir. Angliyada V.Petti, Fransiyada P.Buagilber shu 
maktabning boshlovchilari bo`lsa, Fransiyada shu maktabning bir 
yo`nalishi bo`lgan fiziokratlar vujudga keldi (F.Kenye, A.Turgo) va u 
A.Smit, D.Rikardolar bilan yakunlanadi. Bu davr kapitalistik munosabatlar 
rivojiga yo`l ochib berdi. R.Xeylbroner va L.Turoularning fikricha ("Эко-
номика для всех"), ishlab chiqarish omillari vujudga keldi: mehnat, yer va 
kapital tovarga aylantirildi, bungacha ular tovar bo`lmagan. Hozirgi davr 
tili bilan aytganda, bozor tizimi, bozor jamiyati barpo etila boshlandi. 
Yangi ta'limotning klassik (mumtoz) deb atalishiga sabab avvalo 
shuki, hozirgi iqtisodiyotning asosida yotuvchi ko`pgina nazariya va 
metodologik qoidalarning haqiqiy ilmiy xarakteri bilan izohlanadi. Mana 
shu maktab namoyondalarining xizmatlari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy 
fan darajasiga ko`tarildi. Erkin xususiy tadbirkorlikning ahamiyati isbotlab 
berildi. P.Samuelson fikricha, yangi ta'limot to`la laisser faire (ya'ni 
tadbirkorlik faoliyatiga davlatning mutlaq aralashmasligi) sharoitiga 


114 
o`tishga va voqealarning boshqacha rivojiga olib keladi va faqat XIX 
asrning oxirlarida deyarli barcha mamlakatlarda davlat iqtisodiy funksiya-
larining doimiy kengayishi ro`y berdi. Bu ta'limot namoyondalari 
Angliyada V.Pettidan to D.Rikardogacha, Fransiyada P.Buagilberdan 
S.Sismondigacha (XIX asrning o`rtalarigacha) yangi jamiyatning haqiqiy 
ishlab chiqarish munosabatlarini tadqiq etdilar. Ularning fikricha, erkin 
xo`jalik faoliyatida shu davrdagi tuzum mukammal deb qaraladi. 
Ya.S.Yadgarov klassik maktab rivojlanishida (ma'lum shart bilan) 4 
bosqichni ajratadi: 1-bosqich XVII asr oxiri - XVIII asr boshiga to`g`ri 
keladi. Bu bosqichda merkantilizm ta'limotining xatolari yoritib beriladi va 
uning asoschilari V.Petti va P.Buagilber bir-biridan bexabar qiymatning 
mehnat nazariyasini ilgari surdilar va har qanday qiymatning manbayi va 
o`lchovi sifatida tovar mahsulot yoki boshqa boylikni yaratish uchun 
sarflangan mehnat miqdori hisoblanadi. Boylik va farovonlik muomala 
sohada emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko`rsatiladi. 
Bu bosqich XVIII asr o`rtalarida va 2-yarmida fransiyalik F.Kenye 
va A.Turgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi. 
Sof mahsulot (milliy daromad) manbayini qidirish orqali asosiy e'tiborni 
mehnat bilan yerga qaratdilar. Merkantilizm tanqid qilinib, tahlilda ishlab 
chiqarish asossiz ravishda muomala sohasidan to`la ajratib qo`yilgan. 
2-bosqich XVIII asr oxiri va XIX asr boshiga to`g`ri kelib, A.Smit 
asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarda aks etgan.
3-bosqich XIX asrning 1-yarmiga to`g`ri kelib, fransiyalik J.B.Sey 
va F.Bastiya, inglizlar D.Rikardo, T.Maltus va N.Senior, amerikalik G.Keri 
va boshqalar asarlaridagi g`oyalar bilan bog`liq. 
4-yakunlovchi bosqich XIX asrning 2-yarmiga to`g`ri keladi va 
J.S.Mill g`oyalarida o`z nihoyasiga yetadi. K.Marks ham shu bosqich 
vakili sifatida qaraladi, lekin bizning fikrimizcha, bu unchalik to`g`ri emas. 
Bu bosqichlarning xususiyatlari tegishli boblarda yoritiladi. 
Bizning kitobimizda sotsialistik g`oya vakillari bozor iqtisodiyotiga 
muqobil ta'limotlar guruhida qarab chiqiladi, chunki bu olimlarning asosiy 
fikri xususiy mulkchilikka va bozor stixiyasiga qarshi chiqib, yangi 
sotsialistik va kommunistik jamiyat yaratish bo`lgan. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling