Iqtisodiy tarix fanidan O'quv qo'llanma 14-mavzu. Germaniya va frantsiyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr)


  GFR iqtisodiy mo'jizasi va uning sabablari


Download 416.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana31.01.2023
Hajmi416.34 Kb.
#1145504
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-MAVZU. GERMANIYA VA FRANTSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)-1

14.2. 
GFR iqtisodiy mo'jizasi va uning sabablari 
GFRning ikkinchi jahon urushigacha bo'lgan sanoat ishlab chiqarish darajasiga erishish 
boshqa Yevropa mamlakatlariniki- dan kechroq (1951 yilda) yuz berdi. Bunga faqatgina harbiy 
vay- ronagarchiliklar sababchi emasdi. Mamlakatda harbiy sanoatni tugatish, monopoliyalarni 
parchalash bo'yicha islohotlar va Ger- maniyaga qo'yilgan reparatsiya iqtisodiyotni tiklanishini 
sekin- lashtirardi. 
Ammo shundan so'ng GFR sanoati jadal rivojlana boshladi. 
1950- 
1966 yy.da sanoat ishlab chiqarishining o'rtacha yillik o'sish sur'atlari 9,2%ni 
tashkil etdi. 1948 yildan 1990 yilgacha bo'lgan davrda GFRda sanoat ishlab chiqarishi 12 marotaba 
o'sdi, boshqa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ushbu ko'rsatkich 5,7 ma- rotabaga teng edi. 
GFRda rivojlangan kapitalistik mamlakatlar sanoat mahsulotlarining 9% ishlab chiqarilar edi. 
Urushda mag'lub bo'lgan Germaniyaning jadal iqtisodiy o'sishi va 50-yy.da jahonda 2-chi 
o'ringa chiqib olishi "iqtisodiy mo'jiza" deb nomlandi. 
Birinchidan, davlatning muvafaqiyatli aralashuvi va past darajada harbiy xarajatlar 
natijasida asosiy kapitalning yangilanishi. Urushgacha bo'lgan davrdagi ishlab chiqarish darajasiga 
boshqa mamlakatlarga qaraganda kechroq erishilgani uchun, asosiy kapitalning yangilanishi ham 
kechroq amalga oshirildi. Kechroq de- gani yuqoriroq texnik asosda degani, chunki shu bir necha 
yil farq oralig'ida ishlab chiqarish texnikasi ancha rivoj topgan edi. 
Kapitalni yangilanishi asosan davlat yordamida amalga oshirildi, chunki parchalanib 
tashlangan korporatsiyalar tomonidan texnik qayta qurishni amalga oshirishning imkoni yo'q edi. 
Shu sababdan, urushdan keyingi birinchi yillarda korporatsiyalar daro- 
169 
madlarining solig'i 90-94%ni tashkil etdi va bu mablag'larni davlat sanoatni tubdan 
yangilanishga sarfladi. 
50-yy.da harbiy xarajatlarga davlat budjetining bor yo'g'i 5-6% sarflanishi 
rekonstruksiyaga katta mablag' sarflash imkoniyatini yaratdi: Potsdam kelishuvi Germaniyaning 
qurollanishini taqiqla- gan edi. Shu sabadan, boshqa mamlakatlarda qurol-yaroqni ta- 
komillashtirishga sarflanadigan mablag'lar Germaniyada eksperi- mental zavodlar va sexlar, ilmiy 
tadqiqotlarga sarflandi. Natijada GFR sanoatning texnik darajasi bo'yicha boshqa mamlakatlardan 
ustunlikka ega edi. 
Ikkinchidan, urushdan keyingi davrda fashistik hukumat tomonidan ko'p yillar davomida 
rivojlanishga yo'l qo'yilmayotgan harbiy bo'lmagan tarmoqlarni rivojlantirish imkoni paydo bo'ldi. 
Ushbu tarmoq tovarlariga talabni qondirish uchun, boshqa mamlakatlardan farqli o'laroq, yangi 
zavodlarni qurish kerak edi. Shu sababdan, 50-yy.da GFR sanoatiga kapital qo'yilmalar milliy 
3
Ariec yoki arieclar irqi - (termin «arii» so'zidan kelib chiqqan (qadimgi hind. a'rya-, avest. airya-, qadimgi fors. ariya-), qadimgi sanskrit (qadimgi 
hind adabiy tili)da «munosib, hurmatga ega, oliyjanob» ma'nosini anglatadi 


IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
mah- sulotning chorak qismiga teng bo'lardi (Angliya va AQShda bu ko'rsatkich 17%dan oshmas 
edi). 
Lekin bu vaqtinchalik omillar edi. Nemis sanoati rivojlanayot- gan va jamlangan talabni 
qondirayotgan vaqtda, boshqa mamlakatlarda korxonalarning rekonstruksiyasi davom etdi, ichki 
bo- zor yana toraydi. 
Ichki bozor torayib borgan sari sanoat mahsulotlari eksporti oshib bordi. Rivojlangan 
kapitalistik mamlakatlar orasida sanoat ishlab chiqarishi bo'yicha 3-o'rinni egallagan GFR eksport 
bo'yicha 2-o'rinni egallardi. U Yaponiya eksportiga nisbatan ancha ko'p to- varlar va deyarli 
AQShni eksporti hajmida tovarlar eksport qilardi. 
1989 
yilda rivojlangan kapitalistik mamlakatlar eksportining 11,4% GFRning hissasiga 
to'g'ri kelsa 12% AQSh ulushini tashkil etgan. GFR Angliya va Fransiyaning birgalikda 
eksportidan ko'proq tovar olib chiqar edi. 

Download 416.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling