Iqtisodiy tarix fanidan O'quv qo'llanma 14-mavzu. Germaniya va frantsiyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr)
Mulkni davlat tasarrufiga o'tkazish va xo'jalikni davlat tomonidan tartibga
Download 416.34 Kb. Pdf ko'rish
|
14-MAVZU. GERMANIYA VA FRANTSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)-1
15.3.
Mulkni davlat tasarrufiga o'tkazish va xo'jalikni davlat tomonidan tartibga solish. Ikkinchi jahon urushidan so'ng birinchi hukumat tarkibida besh vazirlik portfellari kommunistlarga tegishli edi. Ushbu vazirliklar aynan iqtisodiyotga tegishli vazirliklar edi. Shu sababdan mulkni davlat tasarrufiga o'tkazish ham kommunistlar dasturi asosida amalga oshirilgan edi. Davlat tasarrufiga 5 ta yirik banklar (mamlakat bank kapitalining 60%), ko'mir va gaz sanoati, elektrostan- siyalar, harbiy sanoat, transport, aviatsiya, avtomobil sanoatining bir qismi o'tdi. Ishlab chiqarish quvvatlarining 20% davlat qo'liga o'tdi. Fransiyada mulkni davlat tasarrufiga o'tkazilish angliyaniki- dan farqlanardi. Bunda "qadimgi" tarmoqlar korxonalari bilan bir qatorda "yangi" tarmoqlar korxonalari ham davlat tasarrufiga o'tkazildi. Kompensatsiyani hamma olmadi: kollaborratsionist- lar 6 korxonalari davlatga kompensatsiyasiz olib qo'yilardi. "Reno" kompaniyasining avtomobil zavodlari kompensatsiyasiz davlat tasarrufiga o'tkazildi. Eng muhimi - birinchi 10 eng yirik banklar tarkibiga kiruvchi fransuz banklarini davlat tasarrufiga o'tkazilishi jahon moliya bozorida fransuz pozitsiyalarini pasaytirib yubordi. 1982 yilda mulkni davlat tasarrufiga o'tkazilishning ikkinchi bosqichi amalga oshirildi. Endi davlat tasarrufiga yana, davlat sek- toridan tashqarida qolgan eng yirik banklardan 36 tasi o'tdi. Kredit tizimi deyarli to'liqligicha davlat qo'liga o'tdi. "Pariba" va "Syuez" yirik moliya guruhlari, 5 ta yirik sanoat korporatsiyalari davlat tasarrufiga o'tkazildi. Endi davlat sektori sanoat mahsulotining 23%ni ishlab chiqarardi, mamlakatdagi kapital qo'yilmalarning yarmi ushbu sektorga to'g'ri kelardi. Sanoat mahsulotlarining bor yo'g'i 23% davlat sektoriga to'g'ri kelishining asosiy sababi mah- sulotlarning asosiy qismi mayda firmalar va korxonalarda ishlab chiqilar edi. Davlat korxonalari endi aviatsiya mahsulotlarining 85%, qora metallning 80%, rangli metallning 62%, kimyo sanoati mahsulotining 48%, elektronika va elektrotexnikaning 44%ni ishlab chiqarardi. Davlat sektori korxonalarining deyarli yarmi - davlat va xususiy kapital ishtirokidagi aralash kompaniyalar edi. Bunday kompaniyalarda davlat bor yo'g'i eng yirik aksioner edi, xolos. Fransiyada davlat budjeti orqali milliy daromadning 40% o'tardi. Tabiiyki, bunday holatda davlat rejalashtirishi alohida rivojla- nishga ega bo'ldi. Fransiyada rejalashtirish bo'yicha bosh organ "Rejalashtirish bo'yicha bosh komissariat" kommunistlar tashab- busi bilan 1946 yilda tashkil etildi. O'sha davrdan beri rejalashtirish boshlangan edi, 1980 yilda 8-iqtisodiy rivojlanish rejasi qabul qilindi. Aynan Fransiyani indikativ rejalashtirish namunasi sifatida e'tirof etishadi. Davlat organlari faqatgina davlat sektoridagi korx- onalarni bevosita boshqarib, ular bilan "uzoq muddatli shartnoma- lar" imzolardilar. Bunda aniq rejali vazifalar bo'yicha shartnomalar faqatgina aksioner bo'lmagan kompaniyalar bilan tuzilardi. Davlat sektorida katta ulushga ega bo'lgan aksioner kompaniyalar bilan esa rivojlanishning faqatgina strategik yo'nalishlari qayd etilgan shartnomalar imzolanadi. Rejali tavsiyalarni xususiy firmalar ham olishardi. Ular uchun ushbu tavsiyalar 6 Kollaboratsionizm (fr.collaboration - «hamkorlik») - dushman bilan ongli, ixtiyoriy va ataylab hamkorlik qilish, dushman manfaatlarini ko'zlagan va o'z davlatiga ziyon keltirgan holda faoliyat yuritish. Qisqacha - okkupantlar bilan hamkorlik ma'nosini beradi. IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA majburiy bo'lmasdan, lekin ularni bajarilishi iqtisodiy jihatdan soliq imtiyozlari, kreditlar va subsidiyalar bilan rag'batlantirilardi. Fransiyada davlat sektori va davlat budjeti kapital qo'yilmalarni ko'paytirish va sanoat o'sishining jadallashuvi uchun foydalanilar edi. Fransiyadagi sanoat korxonalari kichik bo'lganligi sababli o'z- o'zini moliyalashtirish, foyda hisobiga ishlab chiqarishni kengay- tirish masalalari murakkabroq edi. Davlat kapital qo'yilmalarning asosiy qismini o'z zimmasiga olgan edi. 80-yy. boshlarida Fransiya iqtisodiyotida ikki tendensiya mavjud edi. So'llar, kommunistlar va sotsialistlar sotsializm qurilish dasturini amalga oshirishga intildilar, o'nglar esa iqtisodiyotni liberallashuviga intilardilar. Davlat mulkiga o'tkazishning ikkinchi bosqichidan so'ng so'llar ularning dasturi real iqtisodiy voqe- likka mos kelmayotganligiga ishonch hosil qilishdi. Agar avval- lari sanoat ishlab chiqarishi yiliga hech bo'lmaganda 4-4,5%ga o'sgan bo'lsa, 1980- 1985 yy.da yiliga o'rtacha 0,1%ga qisqarish yuz berdi. Kommunistlar hukumatdan ketishdi. Ularning obro'si tushib ketdi. Avvalgi saylovda 20% ovoz to'plangan bo'lsa endi 8%gina to'plandi. Sotsialistlar bir muncha tanaffusdan so'ng hukumatga qaytdi. Lekin endi bu o'rtacha partiya bo'lib, uning iqtisodiy siyosati M.Tetcher siyosatidan farq qilmasdi. 1986 yilda o'nglar hukumati 1991 yilgacha mulkni davlat tasar- rufidan chiqarish to'g'risida qonun qabul qilishdi. 1987 yilda hukumat tepasiga sotsialistlar kelishi munosabati bilan xususiylasht- irish jarayoni to'xtatildi. Lekin bu davrgacha 12 ta kompaniya xususiylashtirilib bo'lingan edi. Ular jumlasiga - "Sosete jeneral" banki, "Pariba" va "Syuez" guruhlari kirardi. Bir vaqtning o'zida "dirijizm"ni 7 pasaytirish bo'yicha choralar qo'llanila boshlandi. O'z-o'zini nazorat qilishga oid savollar 1. Buyuk depressiyaning Fransiyaga kech ta'sir etishining sabablari nimada? 2. Ikkinchi jahon urushidan so'ng Fransiya sanoatidagi progressiv siljishlarning sababi nimada? 3. Fransiyada mulkni davlat tasarrufiga o'tkazilish xususiyatlari nimada? 7 Dirijizm (fr. dirigisme) — davlat tomonidan iqtisodiyotni boshqarishga faol aralashish siyosati. Download 416.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling