Iqtisodiy tarix fanidan O'quv qo'llanma 14-mavzu. Germaniya va frantsiyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr)
Ikkinchi jahon urushidan so'ng Fransiya iqtisodiy rivojlanishi
Download 416.34 Kb. Pdf ko'rish
|
14-MAVZU. GERMANIYA VA FRANTSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)-1
15.1.
Ikkinchi jahon urushidan so'ng Fransiya iqtisodiy rivojlanishi Ikkinchi jahon urushidan Fransiya ko'rgan talofatlar bom- bardimonlardan tashqari Germaniya qo'shini tomonidan okku- patsiya natijasida yuz berdi. Ishlab chiqarish o'rtacha uch maro- taba qisqardi: sanoat ishlab chiqarishi 70%ga qisqardi, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi ikki barobar qisqardi, avtomobil parki va yuk tashish uch marotaba qisqardi. 1938 yildagi sanoat ishlab chiqarish darajasiga 1948 yilga kelib erishildi. 1990 yilga kelib Fransiya sanoat ishlab chiqarishi 5,5 barobar o'sdi. Boshqa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarishining o'sishi 8,5 barobar, 1948 yilga nisbatan 5,7 marta o'sgan edi. Ushbu davrda Fransiya sezilarli darajada orqada qolgandi. 1938 yilda Fransiyada rivojlangan kapitalistik mamlakat- larning 7,7% mahsuloti ishlab chiqarilgan bo'lsa, 1989 yilda bu ko'rsatkich 5,7%ni tashkil etdi. O'tgan davr ichida Fransiya sanoatida progressiv siljishlar amalga oshdi. Fransiya yengil sanoatning ustuvorligidan voz ke- chdi. 80-yy. boshlariga kelib mashinasozlik, metallni qayta ishlash, elektrotexnika, avtomobil, aviaraketa va kimyo sanoatlari jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning 60%ni, qazib olish tarmoqlari (metallurgiya, ko'mir, neftgaz) bilan esa 70%ni tashkil qilgan. Yengil sanoat esa sanoat mahsulotining 30%ni tashkil etardi. Urushdan so'ng Fransiyada iqtisodiyotning barcha tarmoqlari- ni kompleks rivojlantirishga qaratilgan siyosat olib borildi. Ushbu siyosat integratsiya qoidalariga zid edi, chunki Fransiya xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish o'rniga barcha mahsulot turlari bilan o'zini-o'zi ta'minlashi nazarda tutilgan edi. Ushbu siyosat iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas edi, chunki unda ja- hon bozorida talab qilinmayotgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi an'anaviy tarmoqlarni rivojlantirish ham nazarda tutilgandi. Ushbu tarmoqlar fransuz sanoatining 40%ni tashkil etgan. 70-yy.da siyosat o'zgardi. Endi hukumat jahon bozorida raqo- batbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi istiqbolli tarmoqlarni rivojlanishini rag'batlantirardi. Avtomobil, aviaraketa va elektrotexnika sanoatlarida katta yutuqlarga erishildi. 80-yy. boshiga kelib rivojlangan kapitalistik IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA mamlakatlarda ushbu tarmoqlar ulushi bo'yicha Fransiyaga 10% to'g'ri kelardi (butun sanoat bo'yicha esa 6%). 1980 yilda sanoatda 25,8% aholi band edi, xizmatlar sohasida 57%, ya'ni sanoatga nisbatan 2 barobar ko'p. Qishloq xo'jaligida band bo'lganlar soni 8,7%gacha pasaydi. Endi Fransiya agrar mamlakat emas edi. Qishloq xo'jaligidagi uzoq davrdagi turg'unlik uning tarkibida mayda parsellyar dehqon xo'jaliklari 4 asosiy o'rin egallaganligi bilan tushuntiriladi. Hisob-kitoblarga ko'ra ushbu xo'jaliklarning 1/3 qismi o'z egalarining ehtiyojlarini qondira olmas edi. Bir so'z bilan aytganda, Fransiya qishloq xo'jaligida hali kapitalizm munosabatlari to'liq shakllanmagan edi. Shu sababdan norenta- bel mayda xo'jaliklarni yo'q qilish, qishloq xo'jaligini kapitalistik rivojlanish yo'liga o'tkazish, ratsional fermer xo'jaliklarini shakl- lantirish to'g'risida qaror qabul qilindi. Davlat majburiy ravishda norentabel xo'jaliklarni sotib olardi, bu dehqonlarning ommaviy chiqishlarini keltirib chiqardi. Davlat "Kredi agrikol" banki orqali yirik fermer xo'jaliklari shakllanishini, qishloq xo'jaligi texnik darajasini oshirilishini rag'batlantirar edi. Oxirgi yillarda qishloq xo'jalik ishlab chiqa- rishini jadal o'sishi ushbu islohotlarning natijasi edi. 5 Hozirgi kunda Fransiya qishloq xo'jaligi o'z mahsulotining 1/3 qismini eksport qiladi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti haj- mi bo'yicha Fransiya Yevropada birinchi, jahonda ikkinchi (AQSh- dan keyin) o'rinda. Download 416.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling