Iqtisodiy tarix fanidan O'quv qo'llanma 14-mavzu. Germaniya va frantsiyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr)


§ Ikki urush oralig'ida Fransiya iqtisodiyoti


Download 416.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana31.01.2023
Hajmi416.34 Kb.
#1145504
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-MAVZU. GERMANIYA VA FRANTSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)-1

§ Ikki urush oralig'ida Fransiya iqtisodiyoti 
Birinchi jahon urushidan Fransiya iqtisodiyoti katta zarar ko'rgandi: sanoat mahsuloti 
ishlab chiqarish 40%ga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 1/3 qismga qisqardi. Ammo urush iqti-
sodiy o'sishni jadallashuviga imkoniyat yaratib berdi. 
1. 
Fransiyaga Elzas va Lotaringiya imperiya yerlari qaytarildi. 1871 yilda franko-
pruss urushidan keyin Germaniyaga o'tib ket- gan hududlar hisoblanadi. Lotaringiya - katta ruda 
zaxiralariga ega metallurgiya hududidir. Lotaringiyani qo'shilishi natijasida Fransiya Yevropada 
temir rudasi qazib olish bo'yicha birinchi o'ringa chiqib oldi. Elzas rivojlangan tekstil sanoatiga 
ega bo'lib, uni qo'shilishi natijasida Fransiya tekstil sanoati quvvati 1.5 barobarga oshdi. Elzas va 
Lotaringiyalarni qo'shilishi natijasida Fransiyada "qadimgi" tarmoqlar (metallurgiya va tekstil) 20-
yy.da o'z ishlab chiqarishini ko'paytirdi, bu davrda boshqa mamlakatlarda ushbu tarmoqlar 
turg'unlik holatida edi. 
2. 
Fransiya Germaniyadan reparatsiya sifatida 8 mlrd.oltin mar- ka olgan edi. Ushbu 
reparatsiyalarning asosiy qismi toshko'mir bilan to'langan edi. Hukumat ko'mirni sanoatchilarga 
o'ta past narxlarda sotib ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirardi va raqo- batbardoshlikni 
oshirardi. 
3. 
Urush oqibatidagi vayronagarchiliklarni tiklash natijasida asosiy kapital yangilandi 
va bu Fransiya sanoat o'sishiga sababchi bo'ldi. Bu o'sha davr uchun noyob hodisa edi. 
Fransiyada 20-yy.dagi sanoat o'sishi boshqa mamlakatlarniki- ga nisbatan uzoqroq davom 
etdi (1930 yil yozigacha). 1930 yilga kelib Fransiya sanoat ishlab chiqarishi 1913 yilga nisbatan 
40%ga o'sgan edi. O'sha davrda sanoat o'sish sur'atlari Fransiyada AQSh, Germaniya, 
Angliyanikidan yuqori edi. 
Jahon iqtisodiy inqirozi Fransiyada boshqa mamlakatlardan ko'ra kechroq (1930 yilda) 
boshlandi. Fransiya sanoati ishlab chiqarishni kengaytirayotgan sharoitda boshqa malakatlarda 
pasayish yuz berayotgan edi. 
Inqiroz davrida sanoat mahsulotlar ishlab chiqarilishi 1/3 qismga, qishloq xo'jaligi ishlab 
chiqarilishi 40%ga qisqardi. Fransiyada kech boshlangan inqirozni tugashi ham kech bo'ldi (1936 
yil). Ba'zi tarmoqlar (ko'mir, kemasozlik) ikkinchi jahon urushi bosh- langunga qadar ham inqiroz 
holatidan chiqa olishmadi. 
Inqirozdan keyin yangi sanoat o'sishi yuz bermadi. Inqiroz o'rnini depressiya egalladi
so'ngra sezilar-sezilmas jonlanish yuz berdi. Agar inqirozgacha fransuz sanoati boshqa 
mamlakatlarga nisbatan tezroq o'sgan bo'lsa, endi u yana ulardan orqada qolardi. 1938 yilda 1913 
yildagi kabi hajmda mahsulot ishlab chiqarilgan edi. Qishloq xo'jaligida ham turg'unlik holati edi. 
1938 yilda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 1913 yildagi ko'rsatkichga nisbatan bor yo'g'i 10%ga 
oshgan edi. 
XX asr 20-yy.da Fransiya iqtisodiy o'sishini ta'minlagan omil- lar 30-yy.ga kelib o'z 
ta'sirini yo'qotdi, ishlab chiqarish kuchlari esa past darajada qolaverdi. Fransuz tovarlari jahon 


IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
bozorida juda past raqobatbardoshlikka ega edi. Ikkinchi jahon urushiga kelib Fransiya 
hanuzgacha agrar mamlakat hisoblanar edi: qishloq xo'jaligida aholining 37%, sanoatda esa - 25% 
band edi. Sanoat tarkibi ham qoloq edi. 20-yy.da og'ir sanoatning "yangi" tarmo- qlari jadal 
rivojlangan bo'lsa ham yengil sanoat katta ustunlikka ega edi: tekstil, poyabzal va oziq-ovqat 
sanoatlarida sanoat ish- chilarining yarmidan ortig'i band edi. 
XX asrning 20-30 yy.da Fransiya sanoatida "Komite de forj" harbiy-sanoat konserni
"Kyulman" kimyo konserni kabi monopo- liyalar kuchayib bordi, ammo, umuman olganda, ishlab 
chiqarishni konsentratsiyalashuvi va sanoatni texnik jihozlashuvi jahatidan 
Fransiya boshqa yetakchi mamlakatlardan orqada qolar edi. Ikkinchi jahon urushi arafasida 
sanoatda band bo'lgan ishchilarning 40% hunarmandchilik ustaxonalarida qo'l mehnati bilan, ish-
chilar soni 10 tagacha bo'lgan ishlab chiqarishlarda band edilar. Modabop tovarlar ishlab chiqarish 
katta ahamiyat kasb etmasdan, an'anaviy ixtisoslashuv Fransiyani orqaga tortar edi. 
Birinchi jahon urushiga qadar Fransiyani dunyo sudxo'ri deb nomlashardi. Urushdan keyin 
Fransiya haqida bunday fikr bildirib bo'lmasdi. Oktyabr inqilobi natijasida Fransiya Rossiyada 
chetga olib chiqilgan kapitalning yarmidan mahrum bo'ldi: sovet hukumati oldingi hukumatlarni 
qarzlarini tan olmadi va Fransiya zaym- larini qaytarishdan voz kechdi, Rossiyaning ko'mir va 
metallurgi- ya sanoatiga sarflangan kapitallar esa ushbu sanoatlarni davlat mulkiga o'tkazilishi 
natijasida yo'qotildi. 
Undan tashqari, urush davrida Fransiya, boshqa Yevropa mamlakatlari kabi, AQShga 
qarzdor bo'lib qoldi va endi kapital ek- sporti bo'yicha jahonda 4-o'rinni egallar edi. 
Bunda kapitalni zaym shaklida emas ishlab chiqarish shaklida olib chiqish hajmi oshdi. Bu 
ko'proq kapital mustamlakalarga olib chiqilishi bilan bog'liqdir. Urushgacha bo'lgan davrda 
eksportning 10% mustamlakalarga yo'naltirilgan bo'lsa, 30-yy. oxiriga kelib bu ko'rsatkich 
30%gacha ko'tarildi. Fransiya endi mustamlakalarni o'zlashtirishni boshlagan edi. Lekin 
mustamlakalarga zaymlar ber- ilmaydi, mustamlakalarga olib chiqilgan kapital ularning iqtisodi- 
yotiga sarflanadi. 

Download 416.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling