Iqtisodiy tarix fanidan O'quv qo'llanma 14-mavzu. Germaniya va frantsiyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr)


  Fransiyada korporatsiyalar va moliyaviy kapitalning xususiyatlari


Download 416.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana31.01.2023
Hajmi416.34 Kb.
#1145504
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-MAVZU. GERMANIYA VA FRANTSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)-1

15.2. 
Fransiyada korporatsiyalar va moliyaviy kapitalning xususiyatlari 
Jahonning eng yirik 10 ta tijorat banklari qatoriga 4 ta fransuz banklari kiradi: "Bank 
nasonal de Pari", "Kredi agrikol", "Kredi Livne", "Sosete jeneral". Jahonning eng yirik 10 ta sanoat 
kompaniyalari qatoriga birorta fransuz kompaniyasi kirmaydi. XX asr boshida Fransiya uchun xos 
bo'lgan xususiyat - kapitalning yuqori konsentratsiyalashuvi, lekin ishlab chiqarishni past darajada 
kon- sentratsiyalashuvi - hozirgi kungacha ham saqlanib qolgan. Fransuz korxonalarining 95%i 
20 kishigacha faoliyat ko'rsatadigan mayda ishlab chiqarishlardan iborat edi. Hunarmandchilik 
ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Fransuz korxonalarining ko'pchiligi zamon talab etayotgan optimal hajmga ega emas edi, 
shu sababdan davlat tomonidan firmalarni qo'shilib ketishi va sanoatni yiriklashtirish siyosati olib 
borilar edi. Yaqin davrlarga qadar jahonning 100 yirik kompaniyalari qatoriga bor yo'g'i 5 ta 
fransuz kompaniyalari kirgan, bunda ularning eng kattasi 50-o'rinda edi. XX asrning 80-yy. 
boshlarida esa 20 eng yirik kompaniyalar qatoriga 2 ta fransuz kompaniyalari kirishga muvaffaq 
bo'ldi. 
Urushdan keyingi birinchi o'n yillikda Fransiya iqtisodiyotida Rotshildlar, Lazarlar, 
Shneyderlarning an'anaviy moliya guruhlari o'z pozitsiyalarini saqlab qoldi. 60-yy.dan boshlab esa 
ikki yangi guruh - "Pariba" va "Syuez"larning ekspansiyasi boshlandi. Gu- ruhlar boshqaruvida 
banklar emas xoldinglar turardi. Ular sanoat kompaniyalari va banklar aksiyalarining yirik 
paketlariga egalik qilishardi. 1980 yilda ushbu ikki guruh fransuz sanoati aktivlarin- ing 20%ni 
nazorat qilardi va uning tarkibiga deyarli barcha sanoat tarmoqlarida 2,6 ming sanoat korxonalari 
kirardi. 
"Pariba" guruhi tarkibiga "Bank de Pari de Pey Ba", Fransi- yaning yirik sanoat 
korporatsiyasi "Kompani fransez de petrol", "Tomson-Vrandt" elektrotexnik kompaniyasi va 
boshqalar kirardi. Guruh kapitali neftkimyo, elektronika, metallurgiya, mashinasoz- lik, noshirlik 
ishi va boshqalarga sarflangandi. Umuman olganda, guruhning manfaatli sohalarini aniqlash 
uchun fransuz sanoatin- ing barcha tarmoqlarini sanab o'tish kerak. 
"Syuez" guruhining nomi Sues kanalining nomidan kelib chiqqan. 50-yy.da Misr hukumati 
tomonidan Sues kanali davlat tasarrufiga o'tkazilgandan so'ng "Sues kanali kompaniyasi" Misr- 
dan olingan kompensatsiyani fransuz iqtisodiyotining turli tarmo- qlariga investitsiyaladi. Guruh 
4
Parsellyar xo'jalik - oilaviy individual dehqon xo'jaligi. Industrial jamiyatgacha bo'lgan davrda natural iste'mol ishlab chiqarishni yuritishning 
asosiy shakli. 
5
Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация 
«Дашков и К°», 2007. - С.264. 


IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
tarkibiga "de'Endoshin e de Syuez", "Sen-Goben", "Ron-Pulek" konsernlari va boshqalar kirdi. 
Guruh tarkibiga kiruvchi kompaniyalar ko'ptarmoqli xususiyatga ega edi. 
Fransiyada moliyaviy kapitalning rivojlanishi boshqa mam- lakatlarga nisbatan chuqurroq 
edi. Banklar va moliya guruhlari bir-birlari bilan tobora chuqurroq bog'lanib, chirmashib ketar- di. 
Har bir yirik bank faqatgina sanoat firmalarining emas, balki boshqa banklarning aksiyalarini sotib 
olardi. 
Alohida bank va moliya guruhlari bir-biriga shunday qo'shilishib ketishadiki ular 
o'rtasidagi chegara sezilmay qoladi. Yangi sanoat firmalari endi bitta emas balki bir necha moliya 
guruhlari tomonidan ta'sis etilardi; eski firmalar bir necha moliya guruhlari va banklar nazorati 
ostida faoliyat yuritishadi. Yirik banklarning kredit portfeli (ya'ni unga tegishli aksiyalar) 
bankning o'z kapi- talidan oshib ketardi. Banklar endi portfel kompaniyalarga ayla- nishdi. 

Download 416.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling