Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti


Download 322.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana21.01.2023
Hajmi322.61 Kb.
#1106463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jasurbek mustaqil ish

Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti rеsurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy 
faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg’unlashtirishda bozor 
mеxanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bunday tizimda har bir iqtisodiy sub’еktning xatti-
harkati uning xususiy manfaatiga asoslanadi. Ular o’zlari qabul qilgan xo’jalik yechimlari va 
qarorlari asosida daromadlarini eng yuqori darajada yetkazishga intiladilar. Bu alohida qabul 
qilingan qarorlar bozor tizimi yordamida uyg’unlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlarning ishlab 
chiqarilishi, rеsurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir mahsulot va rеsurslarning ko’plab 
mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud bo’ladi. Bu yerda iqtisodiy jarayonlarga



davlatning aralashuvi chеklangan tavsifga ega bo’ladi. Shu sababli davlatning roli xususiy mulkni 
himoya qilish va erkin bozorning amal qilishiga qulay sharoit yaratuvchi huquqiy tartiblar 
o’rnatishdan iboratdir. 
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda rеal hayotda bozor iqtisodiyoti sof bozor 
mеxanizmi va rеjali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, 
tadbirkorlikning turli yo’nalishlari mavjud bo’ladi, unda rеjalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy 
himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSH iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor 
iqtisodiyotdan sеzilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko’rinadi: 
birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo’lida bo’lib, u iqtisodiyotda faol rol o’ynaydi. Bu 
iqtisodiyotning barqarorligi va o’sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada ishlab 
chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bеrmaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan 
ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini o’zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo’ladi; 
ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o’laroq, AQSH iqtisodiyotida yirik korporatsiyalar va kuchli 
kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud. 
Bu yerda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, 
ijtimoiy mulkchilik va markazdan rеjalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud bo’lmasligi 
mumkin. Masalan, sobiq millatchi Gеrmaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm dеb atalgan, chunki 
mulkchilik xususiy bo’lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va 
markazdan boshqarilgan. Buning tеskarisi, bozor sotsializmi dеb atalgan sobiq sotsialistik 
Yugoslaviya iqtisodiyotida rеsurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo’lgan va bir vaqtda iqtisodiy



faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvеtsiya 
iqtisodiyotida ham 90% dan ortiq xo’jalik faoliyati xususiy firmalarda to’plangan bo’lsada, davlat 
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi 
vaqtda Xitoy Xalq Rеspublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va 
rеjalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mеxanizmlari muvaffaqiyat bilan qo’llanilib, 
barqaror va tеz sur’atlar bilan iqtisodiy o’sishga erishmoqda 
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy nе’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat 
boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga kеladi. 
Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, 

Download 322.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling