Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 424.26 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Мавзу
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
63
Asta-sekin keskin raqobat kurashlari ostida, yuksalish va bo‗hronlar sharoitida milliy va xalqaro mahsulotlar va fondlar birjalari tizimi shakllandi, busiz yirik ko‗lamdagi xalqaro savdoni iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli sifatida aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish va kapitalni jalb etish aslo mumkin emas. Milliy xo‗jaliklarning turli sur‘atlarda rivojlanishi va umumiy rivojlanishdagi har xil sur‘atlar mavjudligi qonuniyati N.D.Kondratyev davrlarining turli mamlakat va hududlarda ―kapitalizmning notekis rivojlanishi‖ga mos tarzda kechishda yaqqol namoyon bo‗ldi va dunyo xo‗jaligi tizimida bu turlicha nazariy va empirik tadqiqotlar obyektiga aylandi. Shuningdek, amerikalik olim R.Vernonning (XX asr o‗rtalari) eksport tovarining hayot sikli to‗g‗risidagi g‗oyasi ham yangiliklarning diffuziyasi va texnologik determinizm bilan bog‗liq. Diffuziya kengayish va tarqalish xususiyatiga ega bo‗lishi mumkin. Birinchisida yangilikning amaliy tatbiq doirasi asta-sekin kengayib boradi, ikkinchisida esa bu birin-ketin sodir bo‗ladi, yangilik biridan ikkinchisiga ko‗chadi. Xuddi shu xususda amerikalik iqtisodchi M.Porterning (1993) markazdan chetga kashfiyotlarning, yangi texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish tarmoqlarining ko‗chishi, bir mamlakatdan ikkinchi, uchinchiga va boshqa darajalarga kaskadsimon o‗tishi, migratsiyasi haqidagi ilmiy ishlanmalari ham bor. Sobiq Ittifoqning parchalanishi va mustaqil davlatlarning paydo bo‗lishi bilan geosiyosiy vaziyat o‗zgardi. Ana shunday sharoitda chegara atrofi mintaqalarini o‗rganish, ―Markaz – chekka‖ (perifiriya) munosabatlarini tadqiq qilish masalalari ham ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bevosita aloqadordir. Jahon xo‗jaligi tizimi (bu tushuncha asoschisi amerikalik I.Vallerstayn), uning taraqqiyotidagi bosqichlar davriy, tarixiy xususiyatga ega. Bunday yondashuvni tik emas, gorizontal, ya‘ni geografik jihatdan ham qo‗llash mumkin. Natijada, |
ma'muriyatiga murojaat qiling