Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 424.26 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- N.D.Kondratyev
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
60
O‗sish qutblari g‗oyasi shved olimi – Lund universiteti professori (Shvetsiya) T.Xagerstrandning yangiliklar diffuziyasi nazariyasiga o‗xshab ketadi. Faqat muallif bu g‗oyani ko‗proq sotsial geografiya bo‗yicha ishlab chiqqan. Chindan ham, jahon taraqqiyoti, dunyo xo‗jalik tizimining rivojlanish tarixi fan-texnika yutuqlari, ilmiy yangiliklar va kashfiyotlar, innovatsiyalar, texnologik determinizm bilan bog‗liq. Tarix nuqtai nazaridan yondashganda, jahon xo‗jaligi rivojlanishida ma‘lum sikllarni ajratish mumkin. Bu davr yoki sikllar yangi kashfiyotlarning ixtiro etilishi, tatbiq etilishi, tarqalishi va ularning o‗rniga boshqa innovatsiyalarning kelishi bilan belgilanadi. Maxsus adabiyotlarda amerikalik U.Rostouning (XX asr, 60-yillar) iqtisodiy rivojlanishning bosqichlari, rus iqtisodchisi N.D.Kondratyevning 30-yillarda fan- texnika o‗zgarishlariga asoslangan nazariyasi mavjud. Dunyo xo‗jaligining uzoq muddatli rivojlanishidagi o‗rnini aniqlashda 1892-1928-yillarda rus iqtisodchisi N.D.Kondratyev tomonidan birinchi marta katta bosqichlar nazariyasi – ―Uzun to‗lqinlar‖ taklif etildi. Keyinchalik bu nazariya yanada rivojlantirildi va qisman dunyo xo‗jaligi tadqiqotlarida keng qo‗llanilmoqda. N.D.Kondratyev nazariyasi va boshqa qator tadqiqotlar asosida dunyo xo‗jaligi rivojlanishida 3 ta katta bosqichni – industriyalashgacha bo‗lgan rivojlanish, industriyalash bosqichi, industriyalashdan keyingi rivojlanish bosqichini, uchta – birinchi, ikkinchi va uchinchi sanoat inqiloblarini hamda ―Uzun to‗lqinlar‖ davrlarini, ya‘ni N.D.Kondratyev belgilagan besh davrni ko‗rsatib o‗tish mumkin. Hunarmandchilik va manufaktura ishlab chiqarishi hukmronlik qilgan industriyalashgacha bo‗lgan bosqich boshlang‗ich davr deb ataladi. To‗rtta ―Uzun to‗lqin‖ga teng keluvchi birinchi va ikkinchi sanoat inqiloblari davrida quyidagilar yetakchi mavqega ega bo‗ldi: I davrda – tikuvchilik va hunarmandchilik; |
ma'muriyatiga murojaat qiling