Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 424.26 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Мавзу
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
57
A.Veber – sanoat shtandortining asoschisidir. Shtandort esa – korxonaning o‗rnashgan joyi yoki korxonaning optimal (standart) joylashgan nuqtasi ma‘nosini anglatadi. Joylashtirish omili u yoki bu korxonani qurishda ko‗zda tutilgan iqtisodiy samaradorlik, foyda nuqtai nazaridan baholanadi. Bu foyda, A.Veber fikricha, asosan, xomashyo, mahsulotni realizatsiya qilish, transport va ishchi kuchiga ketgan xarajatlar nisbati hamda asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatidan tashkil topadi. Keyinchalik u xomashyo va mahsulotni sotish bilan bog‗liq omilni umumiy transport sarf-xarajatlariga kiritdi. Chunki, mahsulotning tannarxiga xomashyoni keltirish, mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog‗liq xarajatlar ham kiradi. Natijada, sanoat shtandortini belgilovchi ikkita omil – transport va ishchi kuchi (mehnat resursi) olindi. Veber keyinroq ularga yana bir muhim omilni – aglomeratsiya omilini qo‗shdi. Transport omiliga mahsulot yoki xomashyoning vazni, tashiladigan masofa, mehnat resursida ish haqi, aglomeratsiya omilida esa, korxonalarning bir joyda to‗planishi hisobga olinadi. A.Veber ilmiy adabiyotda o‗zining shtandort nazariyasi, ―joylashtirish omili‖ va ―aglomeratsiya samaradorligi‖ tushunchalarini kiritganligi bilan mashhurdir. Aglomeratsiya samaradorligi – bu asl mohiyatiga ko‗ra mujassamlashuv (konsentratsiya) samaradorligi bo‗lib, unga hozirgi kunda korxonalarning yiriklashuvidan, ya‘ni miqyos, masshtab iqtisodi asosida emas, balki korxonalarning kooperatsiya va ixtisoslashuv natijasida erishiladi. I.Tyunen (qishloq xo‗jaligi) va A.Veberning (sanoat shtandorti) g‗oyalari abstrakt sharoitlarni hisobga olgan holda yaratilgan bo‗lsa-da, ularning ilmiy ahamiyati hozirgacha yo‗qolmagan. Bu olimlarning g‗oyalarini ―omillar tahlili‖ shaklida umumlashtirish mumkin. Omillar esa hududda ayrim joylarni tanlab olish va pirovard natijada, hududiy mujassamlashuv va hududiy notekisliklarni yoki geografik tengsizlikni keltirib chiqaradi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling