V halqa – g‗allachilik;
VI halqa – yaylov chorvachiligi.
I.Tyunen birinchi bo‗lib yerdan foydalanish masalalarini ko‗tarib chiqdi va
ilmiy adabiyotga ―iqtisodiy makon‖ tushunchasini kiritdi. U o‗zining abstrakt
modelida mahsulotning bozorga – iste‘molchiga arzon va sifati, buzilmagan holda
yetkazib berishga katta e‘tibor beradi. Shunday qilib, I.Tyunen qishloq xo‗jaligi
tarmoqlarini joylashtirishning dastlabki ilmiy poydevorini yaratuvchisi bo‗ldi va
shu ma‘noda uni qishloq xo‗jaligi geografiyasining asoschisi sifatida e‘tirof etish
mumkin.
1909-yilda Tyunenning vatandoshi – Alfred Veber ―Sanoat shtandorti
to‗g‗risida‖ nomli asarini chop ettirdi. U o‗zining diqqat-e‘tiborini sanoat ishlab
chiqarishini joylashtirishga ta‘sir etuvchi omillarga qaratdi. Shu maqsadda Veber
omillarning ta‘sir kuchiga qarab tabaqalashtirdi, asosiy hal qiluvchi omilni
aniqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |