Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 424.26 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iogan Genrix Tyunen
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
55
xarakterlanadi va Xeksher-Olin teoremasiga binoan, AQSh kapital talab tovarlarni import emas, eksport qilishi kutilardi. V.Leontyev kashfiyoti keyingi yillarda keng aks-sado berdi. Turli mamlakatlar iqtisodchilari ―Leontyevning o‗ziga xos firklari‖ mavzusida bahs- munozaralarga kirishdilar. Natijada, tenglashtiruvchi ustunlik nazariyasi yanada rivojlandi. U texnika progressi va uning taqsimotda notekisligi, iqtisodiy vositalarni fermenli emasligi, ish haqi masalasida va boshqalarda mamlakatlar o‗rtasidagi farqlarni o‗z ichiga oladi. G‗arb tadqiqotlarida xalqaro savdo muammolari, shuningdek, multiplikator (ko‗paytiruvchi) tashqi savdo nazariyasi ham keng yoyildi. Bu nazariyaga muvofiq tashqi savdo (ayniqsa, eksportda) milliy daromad o‗sish dinamikasi, bandlik hajmi, iste‘mol va investitsion faollikka samarali ta‘sir qiladi. Har bir mamlakatda multiplikator ma‘lum son bog‗liqligiga qarab, ma‘lum koeffitsiyent turida aks etishi va hisoblab chiqilishi mumkin. Boshlang‗ich eksport buyurtmasi mahsulot ishlab chiqarishni bevosita ko‗paytiradi, turgan gap, buyurtmani bajaruvchi sohalarda ish haqi ham ko‗payadi. So‗ngra ikkilamchi iste‘mol sarflari harakatga keladi. Bevosita ishlab chiqarishni joylashtirishga oid ilmiy g‗oyalar, dastavval, Germaniyada yaratilgan. Masalan, nemis mulkdori Iogan Genrix Tyunen XIX asrning 20-30-yillarida o‗zining qishloq xo‗jaligi tarmoqlarini joylashtirish bo‗yicha ilmiy fikrlarini maxsus asarida bayon qildi (―Изолированное государство‖ – Alohida davlat, 1826-y.). Tyunen g‗oyasining asosiy mohiyati yagona shahar, ya‘ni iste‘mol markazi atrofida qishloq xo‗jalik mahsulotlarini ma‘lum tartibda yetishtirishni hududiy tashkil qilishdan iborat. U bu g‗oyani amalga tatbiq qilish uchun xo‗jalik bilan shahar yoki bozor (uning misolida bu shahar – Meklenburgdagi Rostok) o‗rtasidagi masofa, qishloq xo‗jalik
|
ma'muriyatiga murojaat qiling