Abdusami Soliyevning hissasini alohida ta‘kidlash joiz. A.Soliyev 1943-yili
Tojikiston Respublikasining Isfara tumanida tug‗ilgan, 1969-yilda O‗zMUning
Geografiya fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatib, shu yilning o‗zida
aspiranturaga o‗qishga kirgan. 1973-yili nomzodlik, 1986-yilda doktorlik
dissertatsiyalarini himoya qilgan.
A.Soliyev o‗zining sermahsul ilmiy-ijodiy faoliyatida iqtisodiy-ijtimoiy
geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot fanlarining nazariy asoslari, iqtisodiy
rayonlashtirish va mintaqaviy siyosat, sanoat, tibbiyot geografiyasi, aholi
geografiyasi va demografiya, shaharlar geografiyasi va urbanizatsiya, turizm va
jinoyatchilik geografiyasi muammolarini o‗rganib, geografiya fani taraqqiyotiga
ulkan hissa qo‗shdi. Atoqli olim respublikamizda mintaqaviy iqtisodiyot fanini
shakllantirishiga, an‘anaviy iqtisodiy geografiyaning, ayniqsa, ijtimoiy (sotsial)
blokini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |