Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 424.26 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Мавзу
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
49
Osiyoda bunday kafedra ilk bor Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)da 1940-yilda tashkil qilingan edi. O‗zbekiston hududida dastlabki iqtisodiy va iqtisodiy-geografik bilimlar uzoq tarixga egaligi bilan ajralib turadi. Sug‗orma dehqonchilik, irrigatsiya inshootlari, shaharlar va mamlakatlar, aholishunoslik va hunarmandchilik, arxeologiyaga doir ma‘lumotlar yirik mutafakkirlar Mahmud Qoshg‗ariy, Muhammad Ibn Muso al- Xorazmiy, Abu Abdulla Muhammad ibn at-Termiziy, Ahmad al-Farg‗oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Zayd Balxiy, Abu Abdulla Jayhoniy, Abu Abdullo Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Xoraqiy, Mahmud az-Zamaxshariy, Xafizi Abru, G‗iyosiddin Naqqosh, Mirzo Ulug‗bek, Ali Qushchi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabilarning asarlarida o‗z ifodasini topgan. Jumladan, Mahmud Qoshg‗ariyning ―Devonu lug‗otut-turk‖ nomli asarida tabiat tasvirlari, yershunoslik, ekologik va geografik ma‘lumotlar berilgan. Muhammad ibn Muso Xorazmiyning (780-847) ―Yerning tasviri‖ va ―Xorazm geografiyasi‖ nomli asarlari yer bilimi, kartografiya, geodeziya va mamlakatshunoslikka oid qimmatli ma‘lumotlarga boy. Al-Beruniy va Ibn Sino asarlari XVIII asrga qadar Yevropa oliy o‗quv yurtlarida darslik sifatida qo‗llanib kelingan bo‗lsa, Xorazmda ―Ma‘mun akademiyasi‖ va Ulug‗bek ilmiy maktabi Markaziy Osiyo hududidagina emas, balki butun jahonda ilm-fanning rivojlanishiga beqiyos hissa qo‗shdi. Ayniqsa, Z.M.Boburning ―Boburnoma‖ asari Farg‗ona vodiysi tabiati, xo‗jaligi, aholisi va shaharlariga doir g‗oyat qimmatli ma‘lumotlar berilgani bilan ajralib turadi. Markaziy Osiyo hududini ilmiy jihatdan tadqiq etish XVII asr oxiridan XX asr boshlariga qadar Rossiya imperiyasi tomonidan o‗lka boyliklarini o‗z manfaatlari uchun foydalanish imkoniyatlarini o‗rganish maqsadida tashkil etilgan qator ilmiy ekspeditsiyalari faoliyati bilan bog‗liqdir. O‗lka Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlakaga aylantirilganidan so‗ng 1897-yili Toshkent shahrida |
ma'muriyatiga murojaat qiling