Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 424.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/36
Sana09.01.2022
Hajmi424.26 Kb.
#259379
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
7 Мавзу

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

45 

 

mamlakat  iqtisodiyotini  jadal  sur‘atlarda  rivojlantirish  va  sanoatlashtirish 



maqsadida  iqtisodiy  rayonlashtirish  va  yangi  hududiy  ishlab  chiqarish 

majmualarini  tashkil  etishning  nazariy  masalalarini  yaratishga  katta  e‘tibor 

qaratiladi.  Ushbu  reja  asosida,  O‗zbekistondagi  ilk  yirik  gidroelektrostansiyalar 

zanjiri  –  Chirchiq-Bo‗zsuv  gidroelektroenergiya  kaskadi  qurildi  va  Toshkent 

viloyatida  elektroenergetika,  metallurgiya,  kimyo  va  mashinasozlik  korxonalari 

barpo  etildi.  Shu  davrda  iqtisodiy  geografiya  fanining  rivojlanishiga 

G.M.Krjijanovskiy,  I.G.Aleksandrov,  Y.G.Saushkin  va  N.N.Baranskiy  va  boshqa 

qator olimlar katta hissa qo‗shdilar va o‗z ilmiy maktablarini yaratdilar. 

Sobiq  Ittifoq  oliy  o‗quv  yurtlarida  (iqtisodiyot  va  geografiya  fakultetlarida) 

iqtisodiy  geografiya  asosiy  predmet  sifatida  o‗qitilishi  ham  o‗tgan  asrning  20-

yillariga to‗g‗ri keladi. Ayni paytda, iqtisodiy geografiya dunyo siyosiy kartasida, 

jahon xo‗jaligida, mintaqalar va mamlakatlar xo‗jalik tizimidagi muhim miqdor va 

sifat o‗zgarishlarini tadqiq qildi. 1976-yildan boshlab iqtisodiy geografiya iqtisodiy 

va  ijtimoiy  geografiya  deb  yuritila  boshlandi.  Bunday  o‗zgarish  bilan  professor 

A.Soliyev  ta‘kidlaganidek:  ―...fanning  mazmuni  uning  shakliga  moslashtirildi, 

chunki bu shaklan o‗zgarish edi, mohiyatan iqtisodiy geografiya doirasida ijtimoiy 

masalalar ham ayni paytda o‗rganib kelinar edi‖ (A.Soliyev, 1995). Biroq, bugungi 

kunda  mazkur  fan  ko‗plab  rivojlangan  mamlakatlarda  Inson  geografiyasi  deb 

nomlanmoqda. 

O‗z-o‗zidan  ma‘lumki,  iqtisodiy  jarayonlarning  hududiy  tomonini,  uning 

joylashuvini  o‗rganish  iqtisodiy  rayonlashtirish  masalasiga  olib  keladi.  ―Iqtisodiy 

rayonlashtirish‖  tushunchasi  Rossiyada  XIX  asrning  birinchi  yarimidayoq  keng 

ishlatila boshladi. Bu davrda K.I.Arsenyev Rossiyani 2 marta rayonlashtirdi (1818 

va 1848-yy.), shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, ularning funksional va 

genetik  tiplari  to‗g‗risida  ilk  bor  asarlar  yaratdi.  Iqtisodiy  rayonlashtirish  va 

shaharlar  geografiyasini  yaratgan  shaxs  ham,  aynan,  shu  olim  edi.  XX  asr 





Download 424.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling