Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 424.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/36
Sana09.01.2022
Hajmi424.26 Kb.
#259379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
7 Мавзу

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

46 

 

boshlarida  aholi  joylashuvi  va  shaharlar  muammosi  bilan  V.P.Semyonov, 



A.I.Voykovlar ham shug‗ullanishgan. 

XX asr 50-yillarining o‗rtalaridan boshlangan fan-texnika inqilobi (FTI) tabiat 

va  jamiyat  (T

J)  o‗rtasidagi  munosabatlarni  kengaytirdi  va  chuqurlashtirib 



yubordi,  ishlab  chiqarish  tizimlarida  va  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarda  muhim 

sifat  o‗zgarishlari  uchun  yo‗l  ochildi.  Tabiiy  resurslarni  o‗zlashtirish  kuchaydi, 

mutlaqo  yangi  resurslar  ishlab  chiqarishga  yo‗naltirildi.  O‗zlashtirilishi  murakkab 

va  qiyin  (agroiqlimiy  jihatidan)  bo‗lgan  hududlarni  jadal  o‗zlashtirish  bilan  bir 

qatorda,  qadimdan  o‗zlashtirilgan  hududlarda  cho‗llanish  jarayonlari  ham 

kuchaydi. FTI gurkirab rivojlanishi, aholi soni ko‗payishining tezlashuvi oqibatida 

insoniyatning  tabiatga,  atrof-muhitga  ta‘siri  kuchaydi  va  industrial  yo‗nalishdagi 

antropogen  (ikkinchi  tabiat)  landshaftlar  (manzara,  ko‗rinish)  yuzaga  keldi. 

Antropogen landshaftlarning tobora hukmron mavqeni egallab borishi tabiiy muhit 

tabiiyligining  yoki  birlamchi  tabiatning  asta-sekin  yo‗qolib  borishiga  va  bunday 

tabiat-jamiyat  o‗rtasidagi  qayta  aloqalar  esa  murakkab  ekologik  inqirozlarning 

yuzaga  kelishiga  hamda  umumbashariy  muammoga  aylanishiga  olib  keldi. 

Natijada,  iqtisodiy  geografiya  tadqiqotlarida  ekologik  jarayonlarning  o‗rganilishi 

kengaydi. 

―Iqtisodiy geografiya‖ fani ekologik jarayonlarni tarmoq va hududiy jihatdan 

o‗rganadi.  Iqtisodiy  geografiya  fanining  vazifasi  tabiat  rivojlanishining  obyektiv 

qonuniyatlari  (TOQ)  va  jamiyat  rivojlanishining  obyektiv  qonuniyatlarini  (JOQ) 

bir-biri bilan bog‗liq holda, ya‘ni (TOQ

JOQ) tabiat – aholi – ijtimoiy-iqtisodiy 



tizimlar 

(T



A

IIT)  o‗rtasida  barqaror  doimiy  (qayta)  aloqalarning 



shakllanishini, bu aloqalar rivojlanish bosqichlarining amal qilishi, davom etishi va 

boshqarilishi jarayonlarini tadqiq qilishdan iborat. 

Iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiya  va  unga  asos  bo‗lgan  fan  yo‗nalishlarining 

vujudga kelishida boshqa olimlarning xizmati ham sezilarli bo‗lgan. Nemis olimi, 





Download 424.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling