Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 424.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/36
Sana09.01.2022
Hajmi424.26 Kb.
#259379
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
7 Мавзу

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

48 

 

D.Harveynning ―Geografiya fanining umumnazariy masalalari‖, uning vatandoshi 



G.Uaytning  tabiiy  resurslar  va  tabiiy  ofatlarga  bag‗ishlangan  asarlari  shular 

jumlasidan. 

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning shakllanishi va rivojlanishida geografiya 

jamiyatlarining  tashkil  etilishi  ham  ma‘lum  ahamiyatga  ega  bo‗lgan.  Chunonchi, 

bunday jamiyat dastlab, Parijda (1821), so‗ngra Berlinda (1828), Londonda (1830), 

Nyu-Yorkda  (1852)  va  Avstriyada  (1856)  tashkil  etilgan  edi.  Peterburgda  esa  u 

1845-yilda tashkil etildi. Rossiya geografiya jamiyatining tashkil etilishi va uning 

faoliyatida V.P.Litke, P.T.Semyonov Tyan-Shanskiylarning xizmati katta bo‗lgan. 

Biroq, bu ijtimoiy tashkilotlar doirasida sof iqtisodiy geografik masalalar kam edi. 

Masalan,  Rossiya  Geografiya  jamiyatida  4  ta  bo‗lim  mavjud  bo‗lgan:  tabiiy 

geografiya,  matematik  geografiya  va  kartografiya;  etnografiya;  antropologiya  va 

tarixiy geografiya; statistika va siyosiy iqtisod. 

Shuni  alohida ta‘kidlash  joizki,  ―Iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiya‖  (Iqtisodiy 

geografiya)  fanining  shakllanishida  rus  geografi  va  kartografi,  geografiya  fanlari 

doktori,  sobiq  Ittifoq  davrida  Fanlar  akademiyasining  faxriy  a‘zosi,  iqtisodiy 

geografiya  borasidagi  maktab  va  oliy  o‗quv  yurtlari  uchun  mo‗ljallangan  o‗quv 

darsliklar va qo‗llanmalar muallifi  – Baranskiy Nikolay Nikolayevichning (1881-

1963) xizmatlari kattadir. 

―Iqtisodiy geografiya‖ fanining tarixiy rivojlanishi, eng avvalo, shu fan nomi 

bilan  yuritiladigan  kafedralarning  ochilishida  ham  o‗z  aksini  topdi.  Jumladan, 

bunday  kafedra  birinchi  marta  Rossiyada,  ya‘ni  Peterburg  Politexnika  Institutida 

professor  V.E.Den  tomonidan  1902-yilda  ochilgan  edi.  Keyinchalik  u  Rossiya 

iqtisodiy  geografiyasining  birinchi  professori  sho‗rolar  davrining  dastlabki 

yillarida shunday kafedrani Sankt-Peterburg Universitetida ham tashkil qilgan edi. 

Sobiq  Ittifoq  iqtisodiy  geografiyasining  asoschisi  N.N.Baranskiy  iqtisodiy 

geografiya  kafedrasini  1921-yilda  Kommunistlar  Universitetida  ochgan.  O‗rta 





Download 424.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling