Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 424.26 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Мавзу
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
47
geograf va sotsiolog F.Ratsel o‗zining ―Antropogeografiya‖ asarini yaratib, siyosiy geografiya va siyosiy geografik determenizmga mansub ishlar olib borgan bo‗lsa, undan keyinroq fransuz olimi Vidal de la Blash ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ning asoschisi bo‗lgan. Uning bu ilmiy maktabini F.Ratsel antropogeografiyasidan farqi shundan iboratki, u siyosiy masalalarni chiqarib tashlagan holda, ko‗proq inson va uning faoliyatini geografik muhitga moslashuvi, muvofiqlashuviga (possiblizmga) e‘tibor bergan va tabiiy geografik omillar, eng avvalo, iqlim sharoitlarining jamiyat rivojlanishidagi rolini biroz ―yumshatgan‖. Keyinchalik Ratsel g‗oyalari asosida, geografik determenizmning siyosiy g‗oyalar bilan boyitilishi natijasida o‗ta reaksion – geografik siyosat (geosiyosat) vujudga kelgan.
Ammo bu ma‘nodagi an‘anaviy geografik siyosatni regional yoki hududiy siyosat, hozirgi geografik siyosat bilan tenglashtirish noto‗g‗ri. Iqtisodiy geografiya va, umuman, geografiya fanining rivojlanishida nemis olimi A.Gettnerning (1859-1941) ham ma‘lum darajada xizmati bor. Biroq u asosiy e‘tiborni hududga bergan va geografiyada tarixiylik tamoyiliga qarshi chiqqan, geografiya faqat hozirgi hududiy voqelikni o‗rganishini uqtirgan. Shu bois, A.Gettner geografiyasi ―xorologiya‖ (ya‘ni hudud) tamoyiliga asoslangan. Shuningdek, iqtisodiy geografiyaga tegishli ilmiy muammolar boshqa davlat olimlari va turli maktablar tomonidan ham o‗rganilib, o‗z yechimini topgan. Masalan, ingliz olimi G.G.Chizxolmning o‗tgan asr oxirida yozgan tijorat geografiyasi, undan keyinroq yashagan golland X.Bos, shvetsariyalik G.Beshning jahon xo‗jalik geografiyasi, amerikalik olimlar U.Izard hamda V.Leontyevning hududiy iqtisod, fransuz F.Perruning ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda qutblar va hududiy tengsizlik nazariyasi, P.Haggetning iqtisodiy geografiyada hududiy tahlil, amerikalik Ch.Garris va fransuz olimlari J.Boje, Garne hamda Shabolar, shved G.Aleksanderosning shaharlar geografiyasi, AQShlik olim |
ma'muriyatiga murojaat qiling