Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 424.26 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Мавзу
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
43
geografik tadqiqotlar, odatda, mamlakatlarda bo‗lib o‗tgan yoki ehtimoliy urush maydonlarini ham o‗rganadi. Harbiy mamlakatshunoslikning asosiy vazifasi – o‗rganilayotgan davlatlar yoki davlatlar ittifoqining harbiy qudratini aniqlashdir. Harbiy kuch-qudrat davlatning siyosiy va iqtisodiy tuzilishini, uning qurolli kuchlari tayyorgarligi va kuchli raqibga qarshi muvaffaqiyatli harbiy faoliyat olib bora olish qobiliyatini amalga oshiradi. Davlatning harbiy qudrati darajasi uning iqtisodiyoti bilan bevosita bog‗liq. Armiyaning barcha tuzilmalari va unda qo‗llaniladigan jang usullari, ayni vaqtda, g‗alaba yoki mag‗lubiyat moddiy, iqtisodiy omillarga – inson va qurol materiallariga, shuningdek, aholi va texnikaning sifati va miqdoriga bog‗liq. Shuning uchun, harbiy geografiya alohida mamlakatlarni o‗rganishda ularning iqtisodiy salohiyatiga, mamlakatlar xalq xo‗jaligining o‗ziga xosligiga, ularning iqtisodiy va siyosiy tuzilmalariga, jamiyat ehtiyojlarini moddiy ta‘minlashning maksimal imkoniyatlariga hamda urushni olib borish uchun zarur bo‗lgan barcha ishlab chiqarish tarmoqlariga alohida e‘tibor qaratadi. Harbiy geografiya mamlakatlar va ularning ittifoqlarini o‗rganishda quyidagilarga: sanoatning rivojlanish darajasi va ishlab chiqarish quvvatiga (asosan, og‗ir va harbiy sanoat), qishloq xo‗jaligi, transport va aloqaning imkoniyatlari; mamlakatlarning tabiiy boyliklar va mehnat resurslari bilan ta‘minlanganligi; ishlab chiqarishning geografik joylashish xususiyatlari, aholi va zaxiralarning rivojlanganlik darajasi, uning mamlakat moddiy ishlab chiqarishi va xalq ma‘naviy hayotiga ta‘siri darajasi; davlatning moliyaviy ahvoli kabi iqtisodiy imkoniyatning eng muhim elementlariga qiziqadi. Mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatini aniqlashda harakatsiz (foydalanilmayotgan) ishlab chiqarish quvvatlarini, ishchi kuchi zaxiralarini, milliy boylik miqdorini, mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga ta‘sir etuvchi |
ma'muriyatiga murojaat qiling