Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 424.26 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Мавзу
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
40
―Iqtisodiy geografiya‖ tushunchasi M.V.Lomonosov tomonidan 1760-yildan ishlatila boshlagan bo‗lsa-da, iqtisodiy geografik tasavvurlar insoniyatning o‗zlashtiruvchi iqtisodiyot bosqichidan shakllangan. Birinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi hamda uning ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotga o‗tishi, sug‗orma dehqonchilikning ―Buyuk‖ tarixiy daryolar va O‗rta dengiz sohili bo‗ylarida yuzaga kelishi, ikkinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlar va savdo-sotiqning taraqqiyoti iqtisodiy geografik bilimlarga bo‗lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi va iqtisodiy geografik tasavvurlar doirasi kengaydi. Mulkchilik munosabatlarining yuzaga kelishi, qo‗shimcha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari, fan, madaniyat, arxitekturaning rivojlanishi, qadimgi davlatlarning shakllanishi va rivojlanishi, boshqaruv shakllarining (monarxiya va demokratiya) yuzaga kelishi iqtisodiy geografiyani fan sifatida shakllantirdi. ―Iqtisodiy geografiya‖ fanining shakllanishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining hududiy tomonlariga bog‗liq bo‗lgan o‗zgarishlar bilan belgilandi. Mavjud ilmiy manbalarni o‗rganish shuni ko‗rsatadiki, iqtisodiy geografiyaning vujudga kelishida 3 yo‗nalish yoki omil asosiy sabab bo‗lgan. Bu ham bo‗lsa, eng avvalo, kameral statistika, tijorat geografiyasi, siyosiy va harbiy geografiyadir. Ushbu yo‗nalishlar rivojlangan feodalizm va kapitalizmning shakllanishi davriga to‗g‗ri kelib, ular ko‗proq G‗arbiy Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya, Britaniya, Fransiya, Shvetsiya, Avstriya kabi davlatlar hamda Rossiyada paydo bo‗ldi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki bu mamlakatlarda fan-texnika sohasining taraqqiy etishi, sanoat inqilobining ro‗y berishi va dastlabki bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi ishlab chiqarishning va buning natijasida mamlakat hududlari to‗g‗risidagi iqtisodiy bilimlarning rivojlanishiga olib keldi. Rossiyada kameral statistika yoki ―Siyosiy arifmetika‖ davlatshunoslik, davlatning boyligi – yeri, mablag‗i va aholisini hisob-kitob qilish, uni boshqarish, |
ma'muriyatiga murojaat qiling