Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 424.26 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Мавзу
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
41
soliq va askar to‗plash kabi masalalar bilan shug‗ullangan holda, V.N.Tatishyev, ota-o‗g‗il P.P.Semyonov va V.P.Semyonov Tyan-Shanskiylar faoliyati bilan bog‗liq bo‗ldi. O‗sha paytlarda statistika o‗z qamroviga etnografiya va harbiy geografiya masalalari hamda savdo-sotiq ishlari bilan shug‗ullanuvchi tijorat geografiyasiga doir muammolarni ham olar edi. V.N.Tatishyev (1686-1750) geografiya fanini ―sifat‖ jihatidan 3 ga bo‗lgan: matematik geografiya (ya‘ni hozirgi geodeziya va kartografiya), tabiiy geografiya hamda siyosiy geografiya. 1830-yil Britaniyada turli geografik klublar birlashuvi asosida Qirollik geografiya jamiyati (Royal Geographical Society) vujudga keldi. Mazkur jamiyat dunyo haqidagi tadqiqotlarni va geografik ma‘lumotlarni o‗zaro almashish maqsadida tuzilgan edi. Shvetsiyada geografiya Britaniyaga qaraganda kechroq rivojlandi. Ilk marotaba X.X. fon Shverin 1879-yilda Lund oliygohida ―Geografiya‖ fanidan ma‘ruza o‗qishni boshladi. 1910-yilda esa Uppasla, Gyoteborg va Stokgolm iqtisodiyot oliy maktablarida ham ―Geografiya‖ fanini o‗qitish yo‗lga qo‗yildi. Siyosiy va harbiy geografiya Rossiyada XIX asr o‗rtalarida vujudga kelib, keng tarqala boshladi. ―Siyosiy geografiya‖ hamda ―Harbiy geografiya‖ tushunchalarini ham birinchi marta M.V.Lomonosov qo‗llagan edi. Bu yo‗nalishlar o‗z obyekti va mohiyatiga ko‗ra bir-birlariga juda yaqin turdosh bo‗lib, o‗zaro aloqadorlikda rivojlanib keldi. Rossiyadagi Ulug‗ Vatan va Qrim urushlari, boshqa siyosiy voqealar, Yevropa mamlakatlaridagi inqilobiy o‗zgarishlar, yangi davlatlarning shakllanishi va yangi ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga kelishi siyosiy va harbiy geografiyaning paydo bo‗lishiga zamin yaratdi. XIX asrning birinchi yarmida rus harbiysi, professor P.A.Yazikov ikki qismdan iborat ―Harbiy geografiyaning nazariy tajribasi‖ mavzuida asar yozgan bo‗lsa, shu asrning o‗rtalariga kelib harbiy akademiya bosh shtabi qoshida professor D.A.Milyutin (1816-1912) ―Harbiy geografiya‖ kafedrasini tashkil etdi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling