Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 424.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/36
Sana09.01.2022
Hajmi424.26 Kb.
#259379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
7 Мавзу

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

42 

 

Harbiy  geografiya  faqat  urush-yurishlar  bilan  aloqador  masalalar  bilangina 



emas,  balki  mamlakatning  iqtisodiy  va  demografik  qudrati,  qazilma  boyliklari, 

ulardan foydalanish kabi muammolar bilan ham shug‗ullanar edi. Shu bilan birga, 

harbiylar juda ko‗p geografik ekspeditsiyalarni tashkil etdilar va ularning o‗zlari bu 

tadbirlarda faol qatnashdilar. Masalan: rus geografiya jamiyatining ta‘sis etilishi va 

uning faoliyatida admiral V.P.Litke, kartografiya va geografiyaning rivojlanishida 

general-leytenant V.V.Vitkovskiylarning xizmati samarali bo‗lgan. Qozoq geografi 

va etnografi Ch.Valixonov, Markaziy Osiyoni o‗rgangan V.M.Prjevalskiylar ham 

harbiy zobit bo‗lgan. 

Bu  o‗rinda  shuni  qayd  etish  lozimki,  garchi  harbiy  geografiya  fan  sifatida 

XVIII  asrdan  e‘tirof  etilsa-da,  harbiy  geografiyaga  doir  bilimlar  uzoq  davrlardan 

buyon  shakllanib  kelgan,  o‗rganilgan  hamda  qo‗llanilgan.  Bunga  ajdodlarimiz 

Amir  Temur  va  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  hayotlaridan  ko‗plab  misollar 

keltirish mumkin.  

Xo‗sh,  harbiy  geografiya  o‗zi  qanday  fan?  U  o‗z  ichiga  nimalarni  qamrab 

oladi?  Hozirgi  harbiy  tuzilmalar  davlatlar  va  ularning  ittifoqlari  hayoti  hamda 

faoliyatining  barcha  jihatlariga dahldor  murakkab ijtimoiy  hodisadir. Shu  sababli, 

harbiy  fanlarda  qurolli  urushni  boshqarish  usullarinigina  bilish  yetarli  emas. 

Harbiy  fanlar  alohida  mamlakatlar  va  ular  ittifoqlarining  iqtisodiy,  siyosiy, 

ma‘naviy  va  harbiy  imkoniyatlariga,  ehtimoliy  urush  maydonining  tabiiy  va 

ijtimoiy sharoitiga qiziqadi. Bularni o‗rganish bilan qator fanlar, jumladan, harbiy 

geografiya  ham  shug‗ullanadi.  Harbiy  geografiya  mamlakatlar  va  urush 

maydonlaridagi  siyosiy  kuchlarni,  mamlakatlar  va  davlatlar  ittifoqining  iqtisodiy 

va harbiy imkoniyatlarini, ularning joylashtirilishini hamda tabiiy sharoitni harbiy 

faoliyatni olib borish va butun urushga ta‘siri nuqtai nazaridan o‗rganadi.  

Harbiy  geografiya  ikki  asosiy  bo‗limdan  tarkib  topgan:  harbiy 

mamlakatshunoslik  va  urush  maydonlarini  tavsiflash.  Shu  bilan  birga,  harbiy 





Download 424.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling