Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 424.26 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Мавзу
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
52
A.Soliyev O‗zbekistonda birinchi bo‗lib geografiya fanining yangi yo‗nalishlariga asos solgan va yetakchilik qilgan. Masalan, mustaqillik yillarida olim rahbarligida respublikamizda ―noan‘anaviy‖ deb ataluvchi ko‗pgina yo‗nalishlarda (tibbiyot, jinoyatchilik, fan va ta‘lim, turizm geografiyasi va b.) nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Shuningdek, A.Soliyevning rahbarligida sanoat, aholi, shaharlar va boshqa eng dolzarb masalalarga tegishli dissertatsiyalar ham himoya qilingan. Professor A.Soliyev bir necha yillar davomida, ya‘ni 2003-2016-yillarda O‗zbekiston Geografiya jamiyatining prezidenti sifatida ham samarali ishlar olib bordi. Olim tomonidan quyidagi o‗quv qo‗llanma, darslik va ilmiy monografiyalar yaratilgan: ―Iqtisodiy geografiya asoslari‖ (1996); ―Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari‖ (1999); ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy muammolari‖ (2002); ―Mintaqaviy iqtisodiyot‖ (2003), ―Iqtisodiy va siyosiy geografiya asoslari‖ (2003), ―Tibbiyot geografiyasi‖ (2005); ―Turizm geografiyasi‖ (2005), ―Qishloq joylar demografiyasi‖ (2005), ―Qo‗shma korxonalar geografiyasi‖ (2006), ―O‗zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi‖ (2014) va boshqalar. A.Soliyevning ilmiy maktabi respublikamiz oliy o‗quv yurtlari va viloyatlarida tayanch, o‗ziga xos markazlarni shakllantirishga muvaffaq bo‗lgan. A.Soliyev 400 ga yaqin ilmiy ishlar, 30 dan ortiq monografiya, o‗quv qo‗llanma va darsliklar, ilmiy maqolalar e‘lon qilgan, 40 ta fan nomzodi va 5 nafar fan doktorlarini tayyorlagan.
Download 424.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling