Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 424.26 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransua Perru
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
59
tamoyillarni hozirgi kunda O‗zbekistonni iqtisodiy rayonlashtirish masalalariga tatbiq qilish ahamiyatdan xoli bo‗lmasa kerak. Ta‘kidlash joizki, I.Tyunen va A.Veber g‗oyalari o‗z davri talabiga mos kelardi. Chunki, u davrda hududning iqtisodiy sig‗imi, zichligi uncha yuqori emas, hududiy-iqtisodiy manzara qutbiylashmagan, ya‘ni deyarli bir tekis edi. Ana shunday iqtisodiy geografik holat alohida korxona yoki tarmoqlarni ayrim joylarda o‗rinlashtirish ta‘sirida o‗zgaradi, notekislik xususiyatini oladi. Boshqacha qilib aytganda, avvalgi tabiiy ko‗rinishdagi iqtisodiy tekislik notekislikka, hududiy mujassamlashuvning kuchayishiga o‗zgaradi. Buning natijasida notekislikni tekislashga urinib ko‗radigan ilmiy izlanishlar talab etildi. Xuddi shunday regulyar tizimga moslashgan ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‗rsatish sohalarini hududiy tashkil qilish g‗oyalarini V.Kristaller va A.Lyosh yaratdi. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan uncha o‗zlashtirilmagan, xo‗jalik sig‗imi past hududlarni rivojlantirish va jonlantirish borasida o‗sish qutblari va rivojlanish markazlari to‗g‗risidagi nazariya ham katta ahamiyatga ega. Uning asoschisi fransuz olimi Fransua Perrudir. F.Perru ―Markaziy o‗rinlar‖ g‗oyasidan kelib chiqdi, omillarni emas, tarmoqlarni rivojlanish xususiyati, harakatchanligi, atrofga ta‘siri bo‗yicha tabaqalashtirdi va ularni uch guruhga ajratdi. U, eng avvalo, hududiy iqtisodiy munosabatlarda tengsizlik, nobarobarlikni tan oldi va mutlaq jihatdan tenglikni amalga oshirish mumkin emasligiga to‗la ishondi. Perru fikricha, iqtisodiyot tarmoqlari tez, jadal rivojlanish, rayon hosil qilish salohiyatiga, qobiliyatiga ega bo‗lib, aynan ana shunday mintaqaviy iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi tarmoqlar rivojlanishi o‗sish markazlarini tashkil qiladi. Markazlarning mustahkamlanishi, ularda turdosh korxonalarning ko‗payishi, atrofga bo‗lgan ta‘sir doirasining kengayishi natijasida o‗sish qutblari vujudga keladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling