Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 424.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/36
Sana09.01.2022
Hajmi424.26 Kb.
#259379
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
7 Мавзу

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

59 

 

tamoyillarni  hozirgi  kunda  O‗zbekistonni  iqtisodiy  rayonlashtirish  masalalariga 



tatbiq qilish ahamiyatdan xoli bo‗lmasa kerak. 

Ta‘kidlash  joizki,  I.Tyunen  va  A.Veber  g‗oyalari  o‗z  davri  talabiga  mos 

kelardi. Chunki, u davrda hududning iqtisodiy sig‗imi, zichligi uncha yuqori emas, 

hududiy-iqtisodiy  manzara  qutbiylashmagan,  ya‘ni  deyarli  bir  tekis  edi.  Ana 

shunday iqtisodiy geografik holat alohida korxona yoki tarmoqlarni ayrim joylarda 

o‗rinlashtirish  ta‘sirida  o‗zgaradi,  notekislik  xususiyatini  oladi.  Boshqacha  qilib 

aytganda,  avvalgi  tabiiy  ko‗rinishdagi  iqtisodiy  tekislik  notekislikka,  hududiy 

mujassamlashuvning  kuchayishiga  o‗zgaradi.  Buning  natijasida  notekislikni 

tekislashga urinib ko‗radigan ilmiy izlanishlar talab etildi. Xuddi shunday regulyar 

tizimga  moslashgan  ishlab  chiqarish  va  aholiga  xizmat  ko‗rsatish  sohalarini 

hududiy tashkil qilish g‗oyalarini V.Kristaller va A.Lyosh yaratdi. 

Iqtisodiyot  nuqtai  nazaridan  uncha  o‗zlashtirilmagan,  xo‗jalik  sig‗imi  past 

hududlarni  rivojlantirish  va  jonlantirish  borasida  o‗sish  qutblari  va  rivojlanish 

markazlari  to‗g‗risidagi  nazariya  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Uning  asoschisi 

fransuz olimi Fransua Perrudir. 

F.Perru  ―Markaziy  o‗rinlar‖  g‗oyasidan  kelib  chiqdi,  omillarni  emas, 

tarmoqlarni  rivojlanish  xususiyati,  harakatchanligi,  atrofga  ta‘siri  bo‗yicha 

tabaqalashtirdi  va  ularni  uch  guruhga  ajratdi.  U,  eng  avvalo,  hududiy  iqtisodiy 

munosabatlarda  tengsizlik,  nobarobarlikni  tan  oldi  va  mutlaq  jihatdan  tenglikni 

amalga oshirish mumkin emasligiga to‗la ishondi. 

Perru  fikricha, iqtisodiyot tarmoqlari tez, jadal  rivojlanish, rayon hosil qilish 

salohiyatiga, qobiliyatiga ega bo‗lib, aynan ana shunday  mintaqaviy iqtisodiyotni 

harakatga  keltiruvchi  tarmoqlar  rivojlanishi  o‗sish  markazlarini  tashkil  qiladi. 

Markazlarning  mustahkamlanishi,  ularda  turdosh  korxonalarning  ko‗payishi, 

atrofga  bo‗lgan  ta‘sir  doirasining  kengayishi  natijasida  o‗sish  qutblari  vujudga 

keladi. 




Download 424.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling