Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 424.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/36
Sana09.01.2022
Hajmi424.26 Kb.
#259379
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
7 Мавзу

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

62 

 

J.M.Keyns  tomonidan  taklif  etilgan  va  1929-1933-yillardagi  kapitalizm 



bo‗hronidan  so‗ng  qo‗llanilgan  ssuda  foizi  stavkalari  yordamida  tartibga  solish 

uslubini ko‗rsatish mumkin.  

N.D.Kondratyev  fikricha,  taxminan  40-50  yil  davom  etadigan  ―uzun 

to‗lqinlar‖ning  moddiy  sabablari  ―kapital  asosiy  ne‘matlari‖ning  o‗zgarib  turishi 

bilan  bog‗liqdir.  Ushbu  o‗zgarishlardan  uzoq  muddatli  iqtisodiy  mutanosiblikni 

buzuvchi  hamda  nisbatan  osoyishta  evolutsion  va  ekstensiv  rivojlanish 

bosqichlarini  revolutsion  va  intensiv  rivojlanish  bosqichlari  bilan  almashtiruvchi 

fan-texnika taraqqiyoti (progressi) alohida rol o‗ynaydi. 

Revolutsion bosqichlarning boshlanishi dunyo xo‗jaligining energetik, texnik 

va  ishlab  chiqarish  asosi  hamda  hududiy  tarmoq  tarkibi  va  tashkiliy  tuzilmasini 

keskin  o‗zgartirishga  sharoit  yaratuvchi  yangiliklar  majmuasini  joriy  etish  bilan 

bog‗liqdir.  N.D.Kondratyev  nazariyasi,  boshqa  tadqiqotchilarning  gipotezalaridan 

farq  qilib,  yangi  ―turtki‖  boshlanishini  bildiruvchi  ichki  va  tashqi  omillar 

mutanosibligi mavjudligiga e‘tiborini qaratadi. 

Yangi  to‗lqin  ekstensiv  bosqichda  keng  tarqalgan  texnologiyalarning 

ma‘naviy  eskirishi  sababli  uning  rivojlanish  cho‗qqisiga  erishilgan  vaqtidan 

boshlanadi.  Kapitalning  to‗planishi  uning  nisbatan  qadrsizlanishiga  olib  keladi. 

Ssuda foizlari va foyda me‘yorlari shu darajada pasayadiki, bu hol yangi texnika va 

texnologiyaga tavakkaliga investitsiya kiritishning samaraliligini ta‘minlaydi. 

Katta  hajmdagi  yangi  qurilishlar  ko‗lami,  yangi  korxonalarning  ishga 

tushishi,  yangi  tarmoqlarning  yuzaga  kelishi,  bozorlarda  yangi  mahsulotlarning 

paydo bo‗lishi va boshqalar ko‗tarilish bosqichi boshlanganligidan dalolat beradi. 

Ko‗tarilish  jarayoni  o‗zining  yuqori  bosqichiga  yetgandan  so‗ng  kapital  va 

yangiliklarning  tatbiq  qilish  zaxiralari  tugaydi  va  ekstensiv  rivojlanish  bosqichi 

boshlanadi. 




Download 424.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling