Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 424.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/36
Sana09.01.2022
Hajmi424.26 Kb.
#259379
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
7 Мавзу

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

63 

 

Asta-sekin  keskin  raqobat  kurashlari  ostida,  yuksalish  va  bo‗hronlar 



sharoitida milliy va xalqaro mahsulotlar va fondlar birjalari tizimi shakllandi, busiz 

yirik  ko‗lamdagi  xalqaro  savdoni  iqtisodiy  faoliyatning  asosiy  shakli  sifatida 

aksionerlik  jamiyatlarini  tashkil  etish  va  kapitalni  jalb  etish  aslo  mumkin  emas. 

Milliy xo‗jaliklarning turli sur‘atlarda rivojlanishi va umumiy rivojlanishdagi har 

xil sur‘atlar mavjudligi qonuniyati N.D.Kondratyev davrlarining turli mamlakat va 

hududlarda  ―kapitalizmning  notekis  rivojlanishi‖ga  mos  tarzda  kechishda  yaqqol 

namoyon  bo‗ldi  va  dunyo  xo‗jaligi  tizimida  bu  turlicha  nazariy  va  empirik 

tadqiqotlar obyektiga aylandi. 

Shuningdek,  amerikalik  olim  R.Vernonning  (XX  asr  o‗rtalari)  eksport 

tovarining  hayot  sikli  to‗g‗risidagi  g‗oyasi  ham  yangiliklarning  diffuziyasi  va 

texnologik determinizm bilan bog‗liq. 

Diffuziya  kengayish  va  tarqalish  xususiyatiga  ega  bo‗lishi  mumkin. 

Birinchisida  yangilikning  amaliy  tatbiq  doirasi  asta-sekin  kengayib  boradi, 

ikkinchisida  esa  bu  birin-ketin  sodir  bo‗ladi,  yangilik  biridan  ikkinchisiga 

ko‗chadi.  Xuddi  shu  xususda  amerikalik  iqtisodchi  M.Porterning  (1993) 

markazdan  chetga  kashfiyotlarning,  yangi  texnologiyalarga  asoslangan  ishlab 

chiqarish  tarmoqlarining  ko‗chishi,  bir  mamlakatdan  ikkinchi,  uchinchiga  va 

boshqa  darajalarga  kaskadsimon  o‗tishi,  migratsiyasi  haqidagi  ilmiy  ishlanmalari 

ham bor. 

Sobiq Ittifoqning parchalanishi va mustaqil davlatlarning paydo bo‗lishi bilan 

geosiyosiy  vaziyat  o‗zgardi.  Ana  shunday  sharoitda  chegara  atrofi  mintaqalarini 

o‗rganish, ―Markaz – chekka‖ (perifiriya) munosabatlarini tadqiq qilish masalalari 

ham ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bevosita aloqadordir. 

Jahon xo‗jaligi tizimi (bu tushuncha asoschisi amerikalik I.Vallerstayn), uning 

taraqqiyotidagi bosqichlar davriy, tarixiy xususiyatga ega. Bunday yondashuvni tik 

emas,  gorizontal,  ya‘ni  geografik  jihatdan  ham  qo‗llash  mumkin.  Natijada, 





Download 424.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling