Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 424.26 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Мавзу
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
67
bir qator jurnallar nashr qildi. Jamiyat Londonning g‗arbiy qismidagi Hyude parkida mashhur universitet (imperial College) va mada-niy markaz (Albert Hall) yaqinida joylashgan. Unda ahamiyatga molik kutubxona, kartalar to‗plami va arxiv bo‗lgan. Qirollik geografiya jamiyati ilk universitetlardan geografik institutga asos soldi. Ushbu institut geografiya fanini maktab predmeti sifatida o‗qitilishida muhim rol o‗ynagan. Shvetsiyada geografiya fani Buyuk Britaniya va Fransiyaga qaraganda kechroq rivojlandi. U yerda antropologiya va Geografiya jamiyatiga 1870 yillarda asos solindi. Xabarlar va munozaralar 1877-yildan boshlab ―Jamiyat‖ gazetasida chop qilindi. Bundan tashqari, jamiyat (1953-yildan dan 1971-yilgacha) Shvetsiyaning Milliy atlasini nashrdan chiqardi. XIX asr geografiya fani nazariyalari rivojlanishiga mashhur nemis olimi A.Gumboldtning (1769-1859-yy.) qarashlari jiddiy ta‘sir ko‗rsatdi. Hozirda Berlin Universiteti uning nomi bilan ataladi. D.N.Anuchinning so‗zlariga ko‗ra: ―A.Gumboldt butun tabiatshunoslikni o‗zining ruhiy qarashlari bilan qamrab olishga intilgan va hatto o‗zlarining o‗rganish doirasiga yo‗nalishning, tarix, filologiya, arxeologiya, etnografiya, statistika kabi tarmoqlarni ham qo‗shgan qadimiy Aristotel tipidagi olimlarning oxirgilaridan biri edi‖. A.Gumboldtning geografik qarashlari, eng avvalo, shaxsiy, daliliy materiallarni qamray olish mahsuli edi. A.Gumboldt mashhur sayyoh ham bo‗lgan. Lotin Amerikasi bilan bir qatorda, Yevropani juda yaxshi bilar, hayotining oxirida Rossiyada ham bo‗lgan edi. A.Gumboldt o‗zidan boy ilmiy-nazariy meros qoldirdi. Mashhur ―Tabiat manzaralari‖ nomli asarida dunyoning turli qismlari to‗liq manzarasini berdi, landshaftlarni tadqiq etish g‗oyasiga juda yaxshi yondashdi. 1878-yil qishida u Berlin universitetida tabiiy geografiyadan ommaviy kurslarda dars bergan. Unda yer shari fizikasiga tegishli bo‗lgan bilimlarning barcha sohalari: astronomiya, matematik geografiya, meteorologiya, yer magnetizmi, vulkanizm, geologiya, yer |
ma'muriyatiga murojaat qiling