Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 424.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/36
Sana09.01.2022
Hajmi424.26 Kb.
#259379
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
7 Мавзу

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

68 

 

ustki  qismi  morfologiyasi,  o‗simliklar,  hayvonlar  va  Iqtisodiy  va  ijtimoiy 



geografiyani  ko‗rib  chiqdi.  Keyinchalik  u  ko‗p  marotaba  bu  masalalarni  qayta 

ishlab chiqdi.  

1845-1862-yillarda  u  umumiy  tabiiy  geografiyaga  doir  besh  jildli  ―Koinot, 

dunyoni tabiiy tasvirlash tajribasi‖ nomli asarini nashr ettirdi. Tabiatni o‗rganishda 

A.Gumboldt  geografik  qarashlarida  tabiiy,  ilmiy,  stixiyali  materializm 

pozitsiyasida  turardi,  ichki  kuchlar  ta‘sirida  hech  qanday  o‗zgarishlar  solmagan 

dunyoning materiyaviy bir butunligini ko‗rsatgan: ―Asosiy mening orzuim hamma 

vaqt  tashqi  dunyo  hodisalarini  ularning  umumiy  aloqalarida,  bir  butun 

harakatlanadigan  ichki  kuchlar  ta‘sirida  uyg‗onadigan  tabiatni  quchishga 

intilishdir‖.  U  asosiy  e‘tiborini  Yerning  geografik  qobig‗i  tuzilishini  o‗rganishga 

qaratdi,  uning  murakkab,  sintetik  xususiyatini  tahlil  qildi.  A.Gumboldt 

geografiyaning fan sifatida tuzilishi haqidagi eng ilg‗or g‗oyalarni ilgari surdi. U 

umumiy  va  regional  geografiyaning  bir  butunligini  yoqlab  chiqdi,  tabiatni, 

qismlarning  oddiy  yig‗indisi  kabi  mexanik  tushunishga  qarshi  bo‗ldi.  Shuning 

uchun  u  tabiatshunoslikning  bo‗lak  xususiy  tarmoqlari  rivojlanishi  bilan 

geografiyaning  yo‗qolib  ketmasligini  oldindan  aytgan  edi.  A.Gumboldt  shunday 

yozadi:  ―Hududlarni  maxsus  tasvirlash  –  shubhasiz,  umumiy  geografiyaning  eng 

kerakli qismi hisoblanadi, biroq turli yerlarning eng serhafsala tasviri to‗plami ham 

yer  shari  florasini  sanab  chiqqanda,  o‗sim-liklar  geografiyasini  tasavvur  qilib 

bo‗lmaganidek,  tabiatga  xos  manzarani  butunligicha  tasavvur  qilish  imkonini 

bermaydi‖  (Isachenko,  1971-y.  190  b.).  Geografiya  o‗zining  haqiqatda  mavjud 

bo‗lgan tadqiqot obyekti – Yerning geografik qobig‗i, vaqt va makonda uni hosil 

qiluvchi  elementlari  bilan  o‗rganish  hisoblanadi.  Shuning  uchun  geografiya 

ma‘lumotlar yig‗indisi emas, balki mustaqil o‗ziga xos xususiyatlariga ega fandir.  

Tabiiyki,  Gumboldt  qarashlarida  o‗z  zamonasining  ilmiy  chegaralan-ganligi 

ham  aks  etgan.  U  jamiyat  xarakteridagi  geografik  hodisalarni  tushinishda  to‗g‗ri 





Download 424.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling