Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 424.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/36
Sana09.01.2022
Hajmi424.26 Kb.
#259379
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
7 Мавзу

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

64 

 

iqtisodiyot  rivojlanishining  hududdan  hududga  o‗tishi,  bizning  iboramizda 



―geografik konveyr‖ yoki estafeta ko‗z oldimizga keladi. 

Xuddi  shunga  o‗xshash,  hududiy-iqtisodiy  rivojlanishning  ketma-ketligini 

kuzatish mumkin. Shu o‗rinda I.Mechnikovning jahon sivilizatsiyasi bosqichlari va 

bunda  buyuk  tarixiy  daryolarning  roli  haqidagi  asarini  ham  e‘tibordan  chetga 

qoldirmaslik kerak. Muallif jahon madaniyati va taraqqiyotida daryo (Misr, Xitoy, 

Hindiston), O„rta dengiz (Yunoniston, Rim) va okean (Angliya, Ispaniya, AQSh) 

sivilizatsiyalarini  ajratadi.  Ular  bir  vaqtning  o‗zida  emas,  balki  turli  davrlarda, 

birining o‗rnini ikkinchisi olishi bilan yuzaga kelgan. 

Darhaqiqat, jahon taraqqiyoti Uzoq Sharq, Yaponiya va Xitoydan boshlanib, 

O‗rta  va  Yaqin  Sharqqa,  undan  O‗rta  dengiz  va  Pireney  yarim  oroliga,  ulardan 

Angliya  va,  nihoyat,  Amerikaga  (AQSh)ga  ko‗chdi.  Hozirgi  davrda  tarixni, 

iqtisodiy-ijtimoiy  hayotni  rivojlantiruvchi  mintaqalar  AQSh  –  G‗arbiy  Yevropa  – 

Yaponiya  hisoblanadi.  Ayni  vaqtda,  yetakchi  kuchning  asta-sekin  yana  Sharqqa 

ko‗chishi  alomatlari  sezilmoqda.  Ayni  vaqtda,  buni  Yaponiya  ta‘siri  va 

boshchiligida  yangi  industrial  mamlakatlar  –  Koreya  Respublikasi,  Singapur, 

Tayland,  Malayziya,  Indoneziya  jadal  sur‘atlar  bilan  rivojlanishida  ko‗ramiz. 

Demak,  bizning  nazarimizda,  iqtisodiy  taraqqiyotning  sikl  xususiyatiga  ega 

ekanligi  faqat  davr,  vaqt  doirasidagina  emas,  balki  Yer  shari,  global  geografik 

makonda ham sodir bo‗lmoqda. Bu esa, albatta, jahon xo‗jaligining rivojlanishi va 

uning hududiy tarkibiga ta‘sir qiladi. 

Shu  bilan  birga,  mintaqa  iqtisodchilari,  iqtisodiy  geograflar  V.Leontyev  va 

U.Izardlarning tarmoqlararo va hududlararo balansi hamda mintaqaviy iqtisodiyot 

fani  to‗g‗risidagi  ilmiy  g‗oyalarini,  Zipfa  va  Styuart,  D.Fridman  kabilarning 

shaharlar  rivojlanishi,  boshqa  olimlarning  ―dunyoviy  shaharlar‖  haqidagi  yangi 

ishlarini  ham  bilishlari  lozim.  Zero,  ularning  barchasi  ishlab  chiqarish  kuchlarini 

joylashtirish bilan bevosita bog‗liq. 





Download 424.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling