Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 424.26 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janubiy Germaniya markaziy o„rinlari
- Avgust Lyosh
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
58
Aholi joylashuvi, aholiga xizmat ko‗rsatish sohalarining hududiy tashkil etish muammolari bilan nemis olimi Valter Kristaller shug‗ullangan. U 1930-yillarda aholining hududiy tarqalishi va joylanishi masalalarini o‗rganib, o‗zining ―Janubiy Germaniya markaziy o„rinlari‖ nomli kitobini yozdi. Markaziy o‗rinlar turli kattalikdagi shahar va boshqa aholi manzilgohlari bo‗lib, ular o‗ziga xos ta‘sir doirasi, xizmat ko‗rsatish radiusiga ega. Ideal holatda har xil miqyosdagi markaziy o‗rinlar geografik muhitda oltiburchak shaklga ega va ular asalarining uyasini eslatadi. Kristaller uchun ham hudud barcha sharoitlar bo‗yicha bir xil, ya‘ni tep-tekis, aholi, aholi manzilgohlari, yo‗l va boshqalar bir xil joylashgan. Ana shunday ideal manzaradan kelib chiqqan holda u o‗zining ilmiy g‗oyasini yaratdi. V.Kristaller nomi bilan ―Markaziy o‗rinlar‖, iyerarxiya, shaharlar klassifikatsiyasi kabi tushunchalar, aholiga xizmat ko‗rsatish sohalarini joylashtirishga oid ilmiy fikrlar bog‗liq. Boshqa, yosh va iste‘dodli nemis olimi Avgust Lyosh o‗zidan oldingi vatandoshlarining ilmiy ishlanmalarini umumlashtirib (u A.Veberning o‗quvchisi edi), barcha xo‗jalik tarmoqlarini joylashtirish to‗g‗risida ish olib bordi. A.Lyosh g‗oyalarining mohiyati uning maxsus kitobida (ruscha nomi ―Географическое размещение хозяйства‖ – M., 1959) bayon etilgan. Kitobning asl nusxasi qo‗lyozmasi 1940-yilda nashr qilingan. A.Lyosh qishloq xo‗jaligining areal, maydon sifatida, sanoatning esa nuqtasimon hududiy tashkil etish xususiyatlarini asoslab berdi. U birinchi bo‗lib ―bozor muhiti yoki makoni‖, ―iqtisodiy landshaft‖ (hozirgi kunda – iqtisodiy rayon) tushunchalarini yaratdi va fanga kiritdi. Agar avvalgilar, xususan, I.Tyunen va A.Veber alohida korxonani, tarmoqni o‗rgangan bo‗lishsa, A.Lyosh ishlari barcha xo‗jalik sohalarini qamrab oldi va o‗z mohiyatiga ko‗ra mikroiqtisodiy bozor munosabatlari, uning ta‘sir doirasi haqiqiy rayon tashkil qiluvchi omil ekanligini ta‘kidladi, matematik usullarni keng qo‗lladi. Aynan ana shu |
ma'muriyatiga murojaat qiling