Iqtisodiy xabar va yangiliklarni ommaga yetkazishda metaforalarning o`rni


Download 27.74 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi27.74 Kb.
#184549
1   2   3   4
Bog'liq
OAK Tayyor nodira2021 Nam du

Ключевые слова: анализ экономических отчетов, метафора, метафорическое построение, персонификация, прагматика, прагматическая метафора, деловая дискуссия, концептуальная метафора, споры, концепция когнитивности.

Ma’lumki, publitsistika badiiy, siyosiy, ilmiy jabhalarni qamrab oluvchi yirik soha hisoblanib, ommaviy axborot vositalari sanaladigan radio va televideniyeda, gazeta va jurnallar sahifalarida aks etadigan yangilik, xabar, reportaj, tahlilnoma, bosh maqola, maqola, ocherk, felyeton, pamflet, e’lon, reklama singari qator janrlarni qamrab oladi . Iqtisod sohasidagi publitsistikaga nazar soladigan bo`lsak , jamiyatning ijtimoiy –iqtisodiy hayotini nazarda tutuvchi muvofiqlikni kuzatish munkin .

Iqtisodiyot dunyosining rivojlanishi bilan jurnallar yoki yangiliklar veb-saytlari kundalik hayotning ajralmas qismiga aylandi. Bu esa iqtisodiy yangiliklar qat’iyligini namoyish etadi va mavhum tushunchalar hamda ma’nolarga aniqlik kiritish muhimligini talab etadi. Publitsistikada asosan hayotiy muammolar yoritiladi va hayotiy o`xshatishlar – metaforalar hamda tasviriy ifodalar – perifrazalar keng qo`llaniladi, shuning uchun ham bu uslubda shakllangan matnlar o`zining ta’sirchanligi bilan insonlarning qalbiga tez yo`l topa oladi.

Iqtisodiy munozaralarga qaraydigan bo`lsak, Samuelson va Nordxaus “Iqtisodiy yangiliklarni - jamiyat qanday foydalanishini o’rganish nazariyasi" deb ta’riflashadi. Iqtisodchi Pol Krugman esa metafora bu moliyaviy yangiliklar va biznes yangiliklarini yoritishda ma’qul yo`l deb hisoblaydi . Ma`lumotlarga qaraganda, iqtisodiy xabar va yangiliklarni xalq ommasiga yetkazib berishda metaforalardan foydalanish XVIII asrning boshlariga borib taqaladi. Birinchi bo`lib ”English Times“ jurnalida “IQTISODIYOT – BU ORGANIZM” metaforasining qo`llanilgani fikrimizning dalilidir. Bunda muxbir iqtisodiy jarayonlarni , o`sha davr iqtisodiy va ijtimoiy voqelarni o`sib boruvchi organizmga, ya`ni to`liq bir mavjudotga, ko`payuvchi, rivojlanuvchi, kezi kelganda to`xtab, sinuvchi organizmga o`xshatib qiyoslagan. Bu tanlangan metafora o`sha davr iqtisodiy voqealarini o`zida aks ettirib turibdi. Ko`rinib turibdiki, bunda moliyaviy muxbirlar iqtisodiy o`sish va davriy inqirozlarni ma`lumot qilib yetkazishda metaforalarning beqiyos o`rnini o`sha davrlardan tushunib yetishgan.

“Kitobxonlarni, tomoshabinlarni qiziqtirishi uchun ham yozuvchilar majoziy tildan foydalanadilar. Ushbu janrda tez-tez ishlatiladigan ritorik moslama esa albatta metaforadir. Bu rasm ustiga ba’zi ranglarni to’kish bilan barobardir. Bu esa ilmiy tilda moliya va iqtisodiy til deb yuritiladi. Hozirgi kunda iqtisodiyot inson, ularning hayoti va jamiyatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Bitta muhim jihat sifatida shuni aytish mumkinki, odamlar hayotida iqtisodiy yangiliklarga bo’lgan e’tibor juda qadrlanadi. Korxonalar, bozorlar, aksiyalar, investitsiyalar va shunga o’xshash narsalar, yangiliklarning barchasi yoritilgan iqtisodiy yangiliklarning keng makro atamasi har xil odamlarni qiziqtiradi. Bu bahsli janr o’zining mavhumligini yumshatish uchun tilning metaforik ishlatilishini namoyish etadi”- deydi ingliz yozuvchisi Alfred Marshall o`z yozishmalarida [2 ????Адабиётлар рўйхатида бошқа кишику].

Metafora nutqning ritorik shakli sifatida bitta narsani boshqasi bilan ifodalash uchun ishlatiladi. N.D.Arutyunovaning fikricha, metafora – bu “nutq tropi yoki mexanizmi bo'lib, u yoki bu munosabatdagi o'zaro muqobil, biror sinfga taalluqli bo'lgan ashyolar va hodisalarning boshqa sinfga mansub obyektni tavsiflashda yoxud mazkur obyektga muqobil hisoblangan boshqa sinfga mansub obyektlarni nomlashda qo'llaniluvchi so'z ifodasida namoyon bo'ladi[ Арутюнова Н. Д. Метафора // Лингвистический энциклопедический словарь. – М., 1990. – С. 29.??????? ].”

Shu o`rinda yana shuni aytish joizki , moliyaviy muxbir muhim bir xabarni hikoya qilishga va qiymat tizimiga o'z munosabatini aytishga harakat qiladi. To`gri ,metaforani tanlash moliyaviy hisobot beruvchining mahoratiga bog`liq bo`ladi. Masalan , "O'sish", "buzilish", "tushkunlik", "go'dak", "yetuk", "kasallik", "sog'lom" va hokazo metaforalarni 1980-yillardagi moliyaviy hisobotlarda kuzatish mumkin . Ushbu metaforalar esa ingliz madaniyatida o`sha davr iqtisodini ko`z oldimizga gavdalantiradi . Yorqinroq misolda ko`radigan bo`lsak, J. Charteris-Black “ Tanqidiy metafora tahliliga korpus yondashuvi” asarida quyidagi iqtisodiy xabarni yozib qoldiradi : “ Tushkunlik ruhiyati banklardan batamom bartaraf etildi, moliya va birja endilikda har zamonda yiqilib turadigan go`daklikdan yetuklikka qarab yo`l olmoqda “ . Ushbu xabarnomadan ijobiy ruhni , iqtisodiy barqarorlikning sekinlik bilan yaxshilanib borayotganligini va metaforaning muallif tomonidan ustalik bilan qo`llanilganligini ko`rish munkin . Ushbu misollari yanada yaqinroq tahlil qiladigan bo`lsak , bunda axborot beruvchi metaforaning jonli turidan foydalangan, ya`ni jonli organizmlarni ifodalovchi o`xshatishlar – metaforalar ingliz tili dunyosidagi iqtisodiy xabar va yangliklarni yoritib borishda katta xizmat qilgan .

Binobarin, bozorni tavsiflash uchun odatda jonsiz metafora turlari ham qo'llaniladi; Мақоланинг техник томонларига аҳамият қаратинг. Нуқталар қочган ва бошқалар.

Masalan, Buyuk Britaniyaning “ Current NEWS “ jurnalida quyidagi so`zlar keltirilgan : “ Hozirda bozor – farovon, o'zgarishlar quyidagilardan iborat: belanchak, slayd, ruler o`z foydasini ko`rsatmoqda “ Bu misolda ko`rish mumkinki, jonsiz metaforalar belanchak , ruler va slayd metaforalarga asoslangan. Tahlil qiladigan bo`lsak , Buyuk Britaniyad 21?????? asrlarda yuzaga kelgan iqtisodiy o`zgarishlar jonsiz metaforalar – tebranib turuvchi belanchak va raqamlarda o`sib boruvchi ruler orqali ochib berilgan . Bu xabarda ham ishlatilgan metaforalar ijobiy bo`yoqdorlik kasb etgan .

Xususan, Britaniyaning "The Economist" haftalik jurnali , BBC saytlaridagi yangiliklar va CNNMoney.com da berib boriladigan ocherk va fletonlar J. Lakoff va M. Jonson nazariyalariga asoslangan. J. Lakoff va M. Jonson tomonidan ta`riflangan va yuritilgan metafora muhim kommunikativ vazifani bajarishi, ixtisoslashtirilgan ma’lumotlarni uzatish vositalari sifatida ko’rsatilgan.

Haqiqiy iqtisodiy matnlardan olingan misollar metafora tilidan foydalanishni namoyish eta olgan hamda iqtisodiy voqelikni konseptlashtirish uchun ishlatilgan . Ko’pchilik orasida iqtisodiy diskursida keng tarqalgan konteptual metafora manba sohasiga qarab ajralib turadi :


Download 27.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling