O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
“IQTISODIY XAVFSIZLIK” kafedrasi
_________________________________________ mavzusidagi
MUSTAQIL ISH
Bajardi: _______ guruh talabasi___________ Qabul qildi: __________
Toshkent – 2023
I MAVZU. MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
1- masala
O‘zbekistonlik tadbirkor Moskvaga sayohat qilgani bormoqchi. Moskvaga samolyot va poezd reyslari har kuni mavjud. Moskvagacha bo‘lgan masofani samolyot 4 soatda, poezd esa 6 kunda bosib o‘tadi.
Agar tadbirkor samolyotda borishni ma’qul ko‘rsa parvoz vakti uning ish vaqtiga to‘gri kelganligi bois, bir ish kunidan mahrum bo‘ladi. Poyezdda boradigan bo‘lsa, tadbirkorning ish kuni dushanbadan jumagacha ekanligini inobatga olsak, u har bir ish kuni uchun 80 ming so‘m pul mablag‘ini olishdan mahrum bo‘ladi. Agar, samolyot chiptasi 900 ming so‘m, poyezd chiptasi esa 500 ming so‘m bo‘lsa, tadbirkor uchun maqbul variantni aniqlang.
Yechimi:
Tadbirkor Moskvaga samolyotda borishni ixtiyor etsa kamida 900 ming so‘m pul mablagi sarflaydi. Agar u poyezdni tanlasa 4 kunlik safari davomida ko‘pi bilan 4 kun ishlashini inobatga olsak, Poyezdda ketish unga ko‘pi bilan 500+4x80=820 ming so‘mga aylanadi. Tadbirkor uchun maqbul variant poyezdda ketish.
Javob: Poyezdda ketish.
2 – masala
Tikuvchi uy sharoitida kasanachilik asosida paypoq va qo‘lqop ishlab chiqaradi. Agar tikuvchi bir soat vaqtini paypoq tikishga sarflasa 10 ta paypoq yoki qo‘lqop tikishga sarflasa 5 ta qo‘lqop tikishi mumkin. Tikuvchi bir kunda 8 soat mehnat qilishi ma’lum bo‘lsa, tikuvchining bir kunlik ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‘ini grafikda aks ettiring va ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‘i formulasini aniqlang.
Yechimi:
Mahsulot ishlab chiqarish variantlarini aniqlaymiz: Tikuvchi 8 soat davomida paypoq tikish bilan mashg‘ul bo‘lsa u holda 80 ta paypoq tika oladi, lekin qo‘lqop tika olmaydi. Agar u 8 soatning bir soatini qo‘lqop tikishga sarflasa 70 ta paypoq va 5 ta qo‘lqop tikadi. Tikuvchining bir kunlik ishlab chiqarish variantlari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |