XX. YALPI TALAB - YALPI TAKLIF MODELI
1.Masala
Uzoq muddatli AD egri chizig‘i Y = 3000 tengligi, qisqa muddatli AS egri chizig‘i R = 1,0 darajasida berilgan. AD egri chizig‘i tenglamasi: Y = 3,0 M/P. Pul taklifi (M) 1000 ga teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig‘i P = 1,5 darajasiga siljgan, uzoq muddatli AD egri chizig‘i - Y = 2500. AD egri chizig‘i esa o‘zgarmagan. Qisqa va uzoq muddatdagi yangi Y va P ni aniqlang.
Echim.
qisqa muddatli davrda:
AD: Y = 3 M/P, M = 1000
Y = 3 x 1000 / 1,5 = 2000, ya’ni qisqa muddatli davrda muvozanatli Y va P qiymatlari quyidagicha: Y = 2000, P = 1,5.
Uzoq muddatli davrda:
AD: 2500 = 3 * 1000 / P, P = 1,2, ya’ni uzoq muddatli davrda muvozanatli Yva P qiymatlari quyidagicha: Y = 2500, P = 1,2 (rasm).
P LRAS
AD
SRAS
Y
2.Masala
Uzoq muddatli AS egri chizig‘i Y=2000, qisqa muddatli AS- egri chizig‘i P=1,0 darajasida gorizontal. AD egri chizig‘i tenglamasi Y=2.0 *M/P. Pul taklifi (M) 1000 ga teng. Baho shoki natijasida yalpi taklif egri chizig‘i P=1.25 darajasigacha ko‘tarildi.
a) shokdan so‘ng iqtisodiyotda o‘rnatilgan qisqa muddatli muvozanat nuqtasining koordinatlari qanday?
b) iqtisodiyotda ishlab chiqarishning dastlabki darajasini tiklash uchun Markaziy bank pul taklifini qanchaga oshirishi kerak?
3.Masala
Markaziy bank siyosati iqtisodiyotdagi pul taklifini 5%ga kamayishiga olib keldi.
a) bu siyosat AD egri chizig‘ida qanday aks ettiriladi?
b) qisqa va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish hajmi hamda narxlar darajasi qanday o‘zgaradi?
4.Masala
Iqtisodiyotda uzoq muddatli davrdagi AS egri chizig‘i quyidagicha berilgan Y = 3000, qisqa muddatli davrdagi AS egri chizig‘i esa P = 1,0 darajada joylashgan. AD egri chizig‘ining tenglamasi quyidagicha Y = 3,0 M/P. Pul taklifi (M) 1000 teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig‘i P = 1,5 darajasigacha, uzoq muddatli AS egri chizig‘i esa Y = 2500 darajasigacha surilgan. AD egri chizig‘i o‘zgarmagan. qisqa va uzoq muddatli davrlarda yangi muvozanatli Y va P qiymatlarini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |