Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi I. A. Bakiyeva., B. U. Shermuhamedov


XXI-MAVZU. ISTE’MOL VA JAMG‘ARISH FUNKSIYALARI


Download 0.75 Mb.
bet33/40
Sana31.01.2024
Hajmi0.75 Mb.
#1829444
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Bog'liq
Микроиқтисодиёт Макроиқтисодиёт фанидан мустақил иш

XXI-MAVZU. ISTE’MOL VA JAMG‘ARISH FUNKSIYALARI
1.Masala
Jamg‘arishga chegaralangan moyillik ko‘rsatkichi 0,2 ga, avtonom iste’mol hajmi 700 ga, chegaralangan soliq stavkasi 0,25 ga, daromadlar darajasi 7000ga teng bo‘lsa, topilsin:
a) iste’mol va jamg‘armalar hajmi;
b) iste’molga va jamg‘arishga chegaralangan moyillik ko‘rsatkichlari.
2.Masala
Investitsiyalar (I) 50 sh.b.ni, davlat xarajatlari (G) – 200, sof eksport (Xn) – 70, avtonom iste’mol xarajatlari (S) – 100 sh.b.ni, jamg‘armaga chegaralangan moyillik (MRS) – 0,25 ni tashkil etsa, YaIMning muvozantli darjasini aniqlang.
3.Masala
Faraz qilaylik iqtisodiyotda iste’mol quyidagi tenglama bilan berilgan S=55+0.73Ud. Bu yerda daromad (Ud ) 500 mlrd. so‘mga teng.
Ushbu shartlar asosida iste’mol va jamg‘armaga bo‘lgan chegaraviy moyillikni, iste’mol va jamg‘arma miqdorlarini, iste’mol va jamg‘armaga bo‘lgan o‘rtacha moyillikni aniqlang.
4.Masala
Iqtisodiyot quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalangan
iste’mol xarajatlari (S)=2300
investitsiya xarajatlari (I)=700
davlat xarajatlari (G)=800
davlat transfertlari (TR)=100
davlat qarzlari bo‘yicha foizlarni to‘lash (N)=100
soliqlar (T)=800
Xususiy va davlat jamg‘armalarini aniqlang.

XXIV-MAVZU. INVESTITSIYA VA UNING IQTISODIYOTDAGI O‘RNI


1-Masala
Dastlabki avtonom investitsiyalar natijasida yalpi ichki mahsulot 10 mlrd. pul birligiga oshdi (Y). Jamg‘arishga chegaralangan moyillik (MPS) 0,2 ga teng bo‘lsa, bu investitsiyalar miqdorini toping.
2-Masala
2013 yilda YaIM - 2300, xususiy investitsiyalar 200ni tashkil etgan. 2014 yilda esa bu ko‘rsatkichlar 2550 va 250ga teng bo‘lgan. Agar soliqlar solinmasa va davlat xarajatlari 100 ga teng bo‘lsa, iste’mol va jamg‘arma funktsiyalarining ko‘rinishi qanday bo‘ladi? Daromadni aniqlang.
3-Masala
. 2013- yilda YaIM - 2300, xususiy investitsiyalar 200ni tashkil etgan. 2014 yilda esa bu ko‘rsatkichlar 2550 va 250ga teng bo‘lgan. Avtonom soliqlar hajmi - 120, davlat xarajatlari 100ga teng. Iqtisodiyotda haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy ishsizlikdan 2% oshgan, davriy ishsizlikning YaIM o‘zgarishiga ta’sirchanlik koeffitsienti 3ga teng. Avtonom xarajatlar hajmini, muvozanatli va potentsial YaIM, inflyatsion (retsession) uzilishni hamda bu uzilishni bartaraf qilish uchun davlat xarajatlarini qanchaga oshirish kerakligini aniqlang.

4-Masala
Iste’mol funktsiyasi quyidagicha: C = 60 + 0,8Y. Avtonom investitsiyalar hajmi - 50, davlat xarajatlari - 20. quyidagilarni aniqlang:
a) ushbu iqtisodiyot uchun muvozanatli daromad darajasini;
b) multiplikator miqdorini;
c) davlat xarajatlari oshgan holda G = 30 muvozanatli daromad darajasini.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling