XXV-MAVZU. IS–LM MODELI VA UNING QO‘LLANISHI
1-Masala
Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 300 + 0,65Yd, investitsiya funktsiyasi I = 200 – 1500R, soliqlar T = 200, davlat xarajatlari G = 200, pulga bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,5Y – 2000R)P, pul taklifi M = 550, narxlar darajasi P =1, sof eksport funktsiyasi Xn = 100 - 0,05Y – 500R. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang.
2-Masala
Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:
C = 100 + 0,8Y;
– investitsilar funktsiyasiI = 200 – 400r;
– soliq stavkasi t = 0,2;
– davlat xarajatlari G = 200;
– pulga talab funktsiyasi M = (0,8Y– 1600r)P;
– pul taklifi M = 800;
– narx darajasi P = 1;
– sof eksport funktsiyasi Xn= 100 – 0,04Y – 400r;
IS va LM egri chiziqlari tenglamalari, shuningdek, Y daromad va r foiz stavkasining muvozanat qiymatini aniqlang. Agar davlat xarajatlari 100 ga ko‘tarilsa, IS egri chizig‘i va daromad hamda foiz stavkasining muvozanat qiymati qanday o‘zgaradi?
3-Masala
Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 100 + 0,8Yd, investitsiya funktsiyasi I = 200 - 400R, soliq stavkasi t = 0,2, davlat xarajatlari G = 200, pulga bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,8Y – 1600R)P, pul taklifi M = 800, narxlar darajasi P = 1, sof eksport funktsiyasi Xn = 100 - 0,04Y – 400R. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang. Agar davlat xarajatlari 100ga oshsa, IS egri chizig‘ining qaerga surilishini hamda yangi muvozanatli daromad va foiz stavkasini aniqlang.
XXVI-MAVZU. IQTISODIY O‘SISH MODELLARI
1-Masala
Uch yil davomida mehnat sarfi miqdori va uning unumdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar jadvalda keltirilgan:
Yil
|
Mehnat sarfi miqdori, (soat)
|
Mehnat unumdorligi ( bir soatda yaratilgan YaIM hajmi (pul birligida))
|
Real YaIM hajmi,
(pul birligida)
|
1
|
1000
|
100
|
|
2
|
1000
|
105
|
|
3
|
1100
|
105
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |