Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi I. A. Bakiyeva., B. U. Shermuhamedov
Download 0.75 Mb.
|
Микроиқтисодиёт Макроиқтисодиёт фанидан мустақил иш
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXIV-MAVZU. BUDJET SOLIQ SIYOSATI 1-Masala
XXV-MAVZU. PUL KREDIT SIYOSATI
1-Masala Pulga bo‘lgan umumiy talab nominal ifodada 1000 so‘mga teng. Aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab funktsiyasi: L = 204 – 20i. Nominal foiz stavkasi i = 20%. a) bitimlar uchun pulga bo‘lgan talabni aniqlang; b) agar nominal milliy daromad 2400 ga teng bo‘lsa, pul aylanish tezligi nechaga teng bo‘ladi. 2-Masala Aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab funktsiyasi Md1 = 102 – 20i, bitimlar uchun pulga bo‘lgan talab funktsiyasi Md2 = 52 – 20i hamda nominal foiz stavkasi i = 10% bo‘lganda Pulga bo‘lgan umumiy talabni aniqlang. 3-Masala Agar milliy daromad 100 trln.so‘mni tashkil etsa va unga pulga bo‘lgan talabning ta’sirchanlik koeffitsiyenti 5 ga, pulga bo‘lgan talabning foiz stavkasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 7 ga, narx darajasi 2 ga teng bo‘lsa hamda pulga bo‘lgan talab 120 trln. so‘m bo‘lganda, foiz stavkasi qanday bo‘lishi lozim? 4-Masala Agar milliy daromadga pulga bo‘lgan talabning ta’sirchanlik koeffitsiyenti 10 ga, pulga bo‘lgan talabning foiz stavkasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 5 ga, narx darajasi 3 ga teng bo‘lsa hamda pulga bo‘lgan talab 150 trln. so‘m, foiz stavkasi esa 10 foiz bo‘lganda milliy daromad qanday bo‘lishini aniqlang. XXIV-MAVZU. BUDJET SOLIQ SIYOSATI 1-Masala Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog va boshqa shunga o‘xshash xizmatlar uchun 2014 yil bir oyga to‘lanadigan soliq miqdori Toshkent shahrida eng kam ish haqining 4 baravari, Nukus shahri va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda 2 baravari, boshqa aholi punktlarida 1 baravari miqdorida o‘rnatilgan edi. 2015 yilda bu soliq miqdorlari eng kam ish haqining 0,5 baravariga qisqartirildi. Shu ma’lumotlarga asoslangan holda soliq miqdorlarini barcha hududlar uchun 2014 va 2015 yillar uchun hisoblang va solishtiring. 2-Masala Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida davlat byudjetiga soliqlar hisobiga har bir yil uchun kelib tushadigan daromadlar miqdorini aniqlang. Faraz qilaylik, Toshkent viloyatida joylashgan bitta turar joyning inventarizatsiya qiymati 50 mln. so‘m va viloyatda 10 mingta shunday turar joy mavjud. Toshkent shahrida umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha bo‘lgan turar joy va kvartiralar 100 mingta, 500 kv.m dan oshiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar esa 50 mingta. Soliq tushumlarini tahlilini amalga oshiring.
*shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq bo‘lganlari bundan mustasno Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling