Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi ko’rsatkichlari mavjud: xufiyona iqtisodiyot faoliyati; ekologik holat. YUqoridagi ko’rsatkichlardan tashqari yana bir qator ko’rsatkichlar ham mavjud. Masalan, aholi daromadlari, chakana narxlar miqdori, uy-joy bilan ta’minlanganlik, hududning mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, hududning to’lov balansi, eksport-import saldosi va boshqalar. YUqorida ta’kidlanganidek, ko’rsatkichlarning barcha majmuasi qabul qilingan chegaralar doirasida bo’lgan va bir chegaraviy ko’rsatkich boshqa bir chegaraviy ko’rsatkichning yomonlashuvi hisobiga yaxshilanmagan taqdirdagina xavfsizlikning eng yuqori darajasiga erishiladi. Xavfsizlik ko’rsatkichlari bilan ularning tahlikali chegara miqdorlari o’rtasidagi bog’liqlik dinamikada o’rganilishi zarur. Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegarasiga oid indikatorlar 50 ko’rsatkichni o’z ichiga olgan bo’lib, ular to’rt guruhga ajratilib turkumlangan: – iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko’rsatkichlar; – moliyaviy tizim barqarorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar; –ijtimoiy sohako’rsatkichlari; – tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko’rsatkichlari14. Birinchi guruh ko’rsatkichlariga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab chiqarishi hajmi va uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun harajatlar ulushi kabi ko’rsatkichlar kiradi. Ikkinchi guruh ko’rsatkichlariga esa davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi, pul muomalasi, o’zaro hisob-kitob va boshqa moliyaviy ko’rsatkichlar kiradi. Uchinchi guruh aholi daromadlari darajasi, aholining mulkiy jihatdan tabaqalanishi, ishsizlik kabilarni o’zichiga oladi. To’rtinchi guruh ko’rsatkichlariga esa mamlakat ichki iste’molida importning ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi kabi indikatorlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |