Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Download 0.76 Mb.
|
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ
G) «Ko’rinmas qo’l»
Bozor iqtisodiyoti bir markazdan turib boshqarilmaydi. SHunday bo’lsada, u muayyan tartib va qoidaga amal qiladi. Xo’jalik faoliyatining har bir ishtirokchisi o’z maqsadini ko’zlagan holda ish yuritadi . Biroq bunday sharoitda alohida kishilarning manfaatlari qanday uyg’unlashadi, barcha jamiyat manfaatlari qanday realizatsiya qilinadi? Birinchi bo’lib bu muammoni ilmiy darajaga ko’targan A.Smit bo’ladi. U shunday yozadi: «Har bir kishi o’z kapitalini ko’proq qiymat keltiradigan qilib ishlatishga harakat qiladi. Odatda u jamiyat foydasiga ta’sir ko’rsatishni nazarda tutmaydi va unga ancha ta’sir ko’rsatayotganini sezmaydi. U faqat o’z manfaatini nazarda tutadi, faqat o’z foydasini ko’zlaydi. SHunday bo’lsada, bunday sharoitda ko’rinmas qo’l uni maqsad sari yo’naltiradi, garchi bunday maqsad uning rejasiga kirmagan bo’lsa ham. O’z manfaatlarini ko’zlagan holda u jamiyat manfaatlariga tez-tez ko’proq xizmat qilib turadi, ataylab unga xizmat qilgandan ko’ra». Mazkur qoida «ko’rinmas qo’l» kontseptsiyasi nomini olgan. A.Smit aytib o’tgan «ko’rinmas qo’l» - bu bozor mexanizmi. U bozorning o’z funktsiyasini bajarib turishini ta’minlaydi. Bozor mexanizmi eng avvalo baho orqali iqtisodiyotda «tartib o’rnatadi». Iqtisodiy nazariyada baho bozor xo’jaligining asosiy tashkiliy kuchi sifatida qaraladi. Baho talab va taklif o’zgarishi to’g’risida ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarga signal berib turadi, ularni bir-birlarining manfaatlariga moslashishga majbur etadi. Bozor mexanizmida raqobat muhim rol o’ynaydi. U ishlab chiqaruvchilarni resurslardan samarali foydalanishga va xaridorlar ehtiyojini hisobga olishga majbur qiladi, resurslarning tarmoqlar bo’yicha ratsional taqsimlanishiga imkoniyat yaratib beradi. Demak, bozor mexanizmi normal ishlab turgan sharoitda odam faqat boshqa kishilarga xizmat qilish va o’z mehnati hamda mehnat mahsulotini ayirboshlashga taklif qilish orqali o’zining manfaatlari yo’lida ish yuritishi mumkin. Odamlar bir birlariga yordam beradilar va bir vaqtning o’zida jamiyatning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadilar, garchi ularning har biri egoist va faqat o’z manfaatlari yo’lida kuyib-pishayotgan bo’lsa ham. Odamlarning o’z moddiy ahvolini yaxshilashga bo’lgan tabiiy intilishi - bu shunday kuchli stimulki, agar uning amal qilishga halaqit berilmasa, unda u o’z-o’zidan jamiyatni faravonlikga olib kelish qurbiga ega, deb hisoblaydi A.Smit. SHunday qilib, A.Smit nazariyasi bo’yicha, foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiradi. (Sobiq Ittifoqda uzoq yillar davomida bu fikrga qarshi kurashib kelingan). Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling