Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi
D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti
Download 0.76 Mb.
|
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Adam Smit – iqtisodiy fan asoschisi A) A.Smit va uning «Odamlar boyligi…» asari
2. D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti
A) Qiymat nazariyasi B) Renta va ish haqi nazariyalari V) «Asr stagnatsiyasi» G) Nisbiy ustunlik nazariyasi 3. J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti A) «Bozor qonuni» B) Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari 4. T.Maltusning iqtisodiy ta’limoti A) «Nufus qonuni» B) Ijtimoiy siyosatga munosabat V) Maltus va hozirgi zamon 1. Adam Smit – iqtisodiy fan asoschisi A) A.Smit va uning «Odamlar boyligi…» asari Buyuk SHotlandiya iqtisodchisi Adam Smitning «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» asari zamonaviy iqtisodiy fanining boshlanishi hisoblanadi. A.Smit o’z davridagi iqtisodiy bilim va kontseptsiyalarini umumlashtirdi va sistemaga tushirdi. U xo’jalik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi. Adam Smit (1723-1790) – buyuk shotlandiyalik iqtisodchi, klassik siyosiy iqtisodning atoqli namoyondasi hisoblanadi. U Kerkoldi shahrida bojxona chinovnigi oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim oldi. U yerda adabiyot, tarix, falsafa fanlari bilan birga fizika, matematikani ham o’rgandi. A.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy lektsiyalar o’qiy boshladi, 1751 yilda Glazgo universitetining professori etib tayinlandi. Keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759 yilda o’qigan lektsiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bag’ishlangan o’zining birinchi «Axloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi. 1764 yili A.Smit hayotida keskin o’zgarish bo’ldi: u kafedrani tark etdi va o’sha davrda ko’zga ko’ringan siyosiy arbob - gertsog Baklning o’g’li yosh lordning xorijga qiladigan sayohatida unga hamrohlik qilish to’g’risidagi taklifini qabul qildi. Bu sayohatdan A.Smit katta moddiy manfaatdorlik ko’rar edi, ya’ni umrining oxirigacha unga har oyda 800 funt sterling kafolatlangan edi. Bu uning professorlik gonoraridan ancha ko’p bo’lgan. Sayohat chog’ida u SHvetsariyada Valter, Frantsiyada fiziokratlar F.Kene, A.Tyurgo, D.Alamber va boshqa atoqli olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar A.Smiting dunyoqarashini shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1766 yilda u o’z yurtiga kaytib keldi va «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» nomli asosiy asarini yozishga kirishdi. Bu asar 1776 yil martda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan oldin yaratilgan iqtisodiy bilimlar umumlashtirildi va umumiy nazariy printsiplar asosida iqtisodiy fan tizimiga aylandi. A.Smitning bu asari besh qismdan (kitobdan) iborat bo’lib, birinchi qismida qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital jamg’arilishi va uning funktsional shakllari, uchinchisida - kapitalizm rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlari ko’rsatib berildi, to’rtinchisida - merkantalizm va fiziokratlar ta’limotiga bo’lgan o’zining munosabatlari aks etildi, beshinchi qismida davlat moliyasi savollari ko’rib chiqildi. Bu asar A.Smit hayot paytidayoq to’rt marta qayta nashr etildi. U nafaqat Angliyada, balki chet ellarda ham zo’r qiziqish uyg’otdi. A.Smitning bu buyuk asari dunyodagi barcha keyingi iqtisodiy ta’limotlarining rivojlanishiga va ko’pchilik davlatlarning iqtisodiy siyosatiga o’zining katta ta’sirini ko’rsatdi. A.Smit asarining nazariy qismining asosiy g’oyalarini ko’rib chiqamiz. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling