Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi
V) Iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasi
Download 0.76 Mb.
|
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ
V) Iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasi
Jamiyatdagi mehnat taqsimoti odamlarni bir birlari bilan bog’lab turuvchi va ularga mahsulot va resurslarni almashtirish imkonini beruvchi mexanizmning bo’lishini taqozo etadi. Bunday mexanizm bozor hisoblanadi. Bozor to’g’risida A.Smit ta’limotidagi asosiy g’oya - bu iqtisodiy liberalizm g’oyasi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirish g’oyasi, erkin raqobat asosida tashkil topadigan baho yordamida iqtisodiyotning o’zini -o’zi boshqarish g’oyasi hisoblanadi. Uning ta’limotiga ko’ra, bozor odamlar faoliyatini muvofiqlashtiradi (koordinatsiyalashtiradi), ularning manfaatlari-ni uyg’unlashtiradi. Bozor iqtisodiyoti novvoyni shirin non yopishga, bog’bonni ekologik toza meva-sabzavot yetishtirishga, savdogarlarni boshqa mintaqalardan arzon bahoga tovarlarni olib kelishga undaydi. Raqobat sharoitida iste’molchilar ehtiyojini yuqori darajada qondira oladigan ishlab chiqaruvchilar yashab keta oladi. Demak, ko’proq foyda olish ishtiyoqida bo’lgan tabirkorlarning egoistik manfaatlari, ularni jamiyatning boshqa a’zolari manfaatlariga xizmat qilishga majbur qiladi. Ammo A.Smit har qanday erkin tadbirkorlikka ko’r-ko’rona mahliyo bo’lgan emas. U xususiy korxonalar foydasini ta’minlab beruvchi ikki shartning-shaxsiy manfaat va raqobatning bo’lishini ko’rsatib berdi. SHu sababli A.Smit aktsionerlik jamiyatlarga salbiy munosabatda bo’lgan (bundan banklar, sug’urta jamiyatlari, kanallarni qurish yoki asrash, shaharlarni suv bilan ta’minlash korxonalari mustasno), chunki ularda shaxsiy manfaat yo’qoladi. Har xil turdagi monopoliyalarga ham u keskin salbiy munosabatda bo’lgan, shu jumladan ayrim yirik kompaniyalar uchun amal qilayotgan imtiyozlarga ham (masalan, Ost-Indiya kompaniyasi uchun). A.Smit iqtisodiy mexanizmlarning o’z-o’zidan (ob’ektiv) amal qilib turishini doimo qayd qilib o’tadi. U fiziokratlardan keyin «Olam o’z-o’zidan harakatlanadi», deb takrorlab o’tadi. Ammo ulardan farqli o’laroq, A.Smit tushunchasi bo’yicha, qachonki shaxsiy manfaatlar ijtimoiy manfaatlardan ustun tursa, ya’ni qachonki jamiyat manfaatlari uning a’zolari manfaatlarining yig’indisi deb qaralsa, shundagina bozor qonunlari iqtisodiyotga ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Amal qilib turgan tartib qandaydir bir buyuk tashkilotchining ishi emas, balki o’z manfaatlari yo’lida ish yuritayotgan millionlab odamlar harakati natijasidir. Masalan, A.Smit fikri bo’yicha, mehnat taqsimoti bu barcha kishilarning bir buyumni ikkinchiga o’zaro ayirboshlashga bo’lgan tabiiy intilishlarining namoyon bo’lishidir. A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u birinchi bo’lib iqtsodiyotni o’zining ichki qonuniyatlariga muvofiq amal qiluvchi, ob’ektiv, odamlarning irodasiga bog’liq bo’lmagan tizim sifatida qaraydi. Bunday tizim o’zining ichki qonunyatlariga muvofiq amal qiladi. Har bir rivojlangan mamlakatda juda kuchli, inkor etib bo’lmaydigan iqtisodiy qonunlar amal qiladi. Iqtisodiy qonunlarning amal qilishining muqarrar sharti, A.Smit tushunchasi bo’yicha, erkin raqobat hisoblanadi. Uning fikricha, faqat raqobat bozor ishtirokchilarining baho ustidan hukmronlik qilishga yo’l ko’ymasligi mumkin. Sotuvchilar qancha ko’p bo’lsa monopolizm ehtimolligi shuncha kam bo’ladi. Bu iste’molchilar uchun qo’l keladi, negaki «monopoliyalar mahsulotlar taqchilligini keltirib chiqargan holda o’z mahsulotlarini tabiiy bahodan ancha yuqori bahoda sotadilar va o’z daromadlarini ko’paytiradilar». A.Smit kitobining asosiy mohiyatini hukumatning va boshqalarning erkin raqobatga aralashuvini tanqid qilishi tashkil etadi. A.Smitning fikricha, iqtisodiy hayotda garmonik tartib hukmronlik qiladi: agar erkin raqobatni cheklamasa, unda u dunyoni takomillashuvga olib kelgan bo’lar edi. Bunday tasdiqlashda, A.Smit o’zgarmas «tabiiy» iqtisodiy qonunlarning mavjudligiga asoslangan. Ammo ushbu qonunlar o’zgarmas deb tan olingan sharoitdagina ularning muhokamasi unchalik ma’no kasb etmaydi. Ular odamlarga foyda keltiradimi yoki zarar - uning ham ahamiyati bo’lmaydi, negaki biz ularni bekor qila olmaymiz. Birdan-bir talab qilinadigan narsa - bu ularning amal qilishiga halaqit beruvchi sun’iy to’siqlardan jamiyatni ozod qilish. A.Smit iqtisodiyotning davlat sektori samarasizligini ko’rsatib o’tadi. «Har xil sabablarga ko’ra,- deb yozadi u, - hukumat doimo va beistisno tarzda isrofgar. Eng avvalo, u birovlar ishlab topgan pulni sarflaydi, o’zgalar pulini esa hamisha o’zingnikidan ko’ra behuda sarflaysan. Undan tashqari, hukumat xususiy korxonalardan juda uzoq turadi va ularning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo’lgan e’tiborni ularga qarata olmaydi». A.Smit davlatning faqat uch funktsiyasini tan oladi: adolatli sud qilish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash, jamiyat uchun zarur bo’lgan ijtimoiy korxona va muassasalarni ta’minlash. A.Smit merkantalistlarning protektsionizm siyosatini tanqid qiladi. Uningcha, chetdan ancha arzon bahoga olib kelishi mumkin bo’lgan tovarni o’zida ishlab chiqarish be’mani narsadir. «Har qanday ongli oila boshlig’ining qoidasi shundan iboratki, sotib olishdan ko’ra uyda tayyorlash qimmatga tushsa, uni uyda tayyorlamaslik... Ayrim oilalar uchun oqilona hisoblangan narsa, bir butun davlat uchun be’mani hisoblanmaydi». A.Smitning nazariy qarashlaridan turli davlatlar, eng avvalo Angliya hukumati, keyinchalik esa ko’pchilik Yevropa mamlakatlari o’zlarining iqtisodiy siyosatida foydalandilar: ishchi kuchi harakatidagi (mobilnost) cheklashlarni bekor qilish (mehnat bozoridagi erkinlikni har xil turdagi feodal qoldiqlari cheklab kelgan); erkin yer savdosi, yer uchastkalarini taqsimlashni taqiqlovchi qonunlarni bekor qilish, davlat ixtiyorida qolgan yerlarni xususiy shaxslar o’rtasida taqsimlash; davlatning sanoat va ichki savdoni bo’ysundirish qoldiqlarini yo’q qilish; eksport va importni cheklashni man etish; mustamlakalarda sanoat rivojini taqiqlashni bekor qilish. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling