Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.76 Mb.
bet39/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

E) Mehnat bozori va pul
A.Smitning ko’rsatib berishicha, taklifning talabga moslashuvi nafaqat tovarlar bozorida, balki faoliyatning boshqa sohalarida ham kuzatiladi. Masalan, aholining o’sishi ishchi kuchiga bo’lgan talab bilan tartibga solinib turiladi. Quyi sinflarda an’anaviy ravishda bolalarning tug’ilishi ko’p bo’ladi. Lekin ishchi kuchiga talab ortmasa, albatta, ish haqi past bo’ladi, ularning ko’pi qambag’allikdan o’lib ketadi. Ish haqining ancha yuqori bo’lishi esa, ularning ko’pchiligining yashab ketishiga olib keladi.
Xuddi shunga o’xshab pulga bo’lgan talab uning taklifini tartibga solib turadi. Mamlakatda tovar muomalasi uchun metall pullar qanchalik talab qilinsa, shunchalik mavjud. Agar mamlakatda tovarlar kamayib ketsa, unda pul foydasiz bo’lib qoladi va import tovarlarni sotib olish uchun chetga chiqariladi. Banklar ham ortiqcha miqdorda banknot biletlarini chiqarishdan manfaatdor bo’lmaydi. Agar ular juda ko’p biletlarni chiqarsalar, unda tovarlar bahosi oshib ketadi, bilet egalari esa ularni oltin va kumushga almashtirib berish uchun da’vo qiladilar.
Merkantalistlarning pul kontseptsiyasini rad etishga bo’lgan A.Smitning kuchli istagi uni boshqa jarga tortdi. U, har qanday boshqa tovarga qaraganda pulga bo’lgan zarurat kamroq bo’ladi, deb tasdiqlaydi. Uningcha, pul ancha qimmat muomala xarajatlari hisoblanadi. SHuning uchun, iqtisodiyot pul miqdoriga qancha kam muxtoj bo’lsa, jamiyat talafotlari shuncha kam bo’ladi. Mamlakatda pul massasini ko’paytirishga qaratilgan merkantalistlar siyosati esa bema’nidir. A.Smitning pulning roliga yetarlicha ahamiyat bermaslik qoidasini klassik maktab bo’yicha uning izdoshlari o’zlashtirib oladilar va o’z ta’limotlarida qo’lladilar.


J) Taqsimot nazariyasi
A.Smitning taqsimot nazariyasi ishlab chiqarish nazariyasiga nisbatan unchalik ishonarli chiqmagan. Uni keyinchalik D.Rikardo va J.B.Seylar to’ldiradilar. A.Smitning taqsimot modelining zaifligi uning qiymatni tushunishdagi nuqsonlari, qishloq xo’jaligiga nisbatan fiziokratik bid’atlari, xizmat ko’rsatish sohasiga munosib baho bermasligi, kapital va mehnat evaziga daromadning shakllanishi to’g’risidagi hatosi (u foyda va foiz farqini ajratmadi, keyin unda ish haqi goh yashash vositalari minimumi qiymatiga kelib taqaladi, goh talab va taklif bilan tartiblanib turiladi) bilan bog’liq. A.Smitning taqsimot nazariyasi ko’plab sotsialistik g’oyalar uchun «manba» bo’lib xizmat qildi.
A.Smit nazariyasi bo’yicha daromad uch qismga bo’linadi: ish haqi, renta va foydaga. Joriy moddiy sarflar ham pirovard natijada daromadga kelib taqaladi. («Smit dogmasi» atalmish narsa). Masalan, ko’ylakning qiymati yuqorida ko’rsatilgan daromad turlaridan tashqari gazlamaning qiymatini ham o’z ichiga oladi. Lekin gazlama konkret ishlab chiqaruvchidan xarid qilingan va uni sotishdan tushgan tushum ham daromadga va xom ashyo (ip) to’lovlariga bo’linadi. Ipning qiymati esa o’z navbatida ish haqini, rentani va foydani o’z ichiga oladi. Pirovard natijada hammasi daromadga kelib taqaladi, deb hisoblaydi A.Smit.
U uch sinfni ajratib ko’rsatib beradi (daromadlar manbai mezoniga muvofiq): ishchilar, yer egalari va kapitalistlar. Bu sinflar vakillarining daromadlari yig’indisi jamiyatning milliy daromadini tashkil etadi. Demak, milliy daromad uchta ishlab chiqarish omili (mehnat, yer va kapital) ishtirokida yaratiladi. Daromadning boshqa turlari (xizmat ko’rsatish sohasidan, davlat xizmatidan keladigan) - ikkilamchi, milliy daromadni qayta taqsimlash tufayli vujudga keladi, ya’ni ishchilar, yer egalari va kapitalistlar daromadidan to’lanadi.
A.Smitning o’zi taqsimot sohasini juda yaxshi (ideal) tashkil etilgan deb hisoblamaydi (ayni chog’da, ishlab chiqarishni tashkil etishdagi tabiiy tartib uni to’liq qoniqtirgan bo’lsada). Uning tasdiqlashicha, «renta va foyda ish xaqini yeb tashlaydi va .yuqori sinflar quyi sinflarga zulm o’tkazadi». Kapitalistlar ishchilar bilan savdolashishda ustunlikka ega, negaki kapitalistlar bir-ikki yil ularsiz yashay oladilar, ishchilar esa doimiy daromad olishga muxtoj. Mehnat bozorida kapitalistlarning ustunlik holati natijasida mehnat xaqi normasi ishchi oilasi uchun zarur bo’lgan yashash minimumi darajasiga intiladi. Mazkur qoida «ish haqi fondi» (yoki «ish haqining temir qonuni») kontseptsiyasi nomini olgan. Bunda shu narsani hisobga olish zarurki, ya’ni A.Smit qayd qilib o’tgan «mehnatning tabiiy bahosi» nafaqat jismonan yashab ketishini taqozo etadi, balki normal yashash shart-sharoitlarining bo’lishini (ular turli mamlakat va davrlarda har xil bo’ladi) ham ko’zda tutadi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling