Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


B) Renta va ish haqi nazariyalari


Download 0.76 Mb.
bet41/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

B) Renta va ish haqi nazariyalari
D.Rikardo tabiat va kapitalning qiymatni ko’paytirish xususiyatini inkor etadi. Masalan, uning nazariyasida yer rentasi (erdan foydalangani uchun ijara haqi) bu tabiat natijasi emas, balki sotsial omillarning qishloq xo’jaligi mahsulotlarining bahosiga bo’lgan ta’siri natijasidir. Odamlar, birinchi navbatda, eng unumdorli yerlarda ishlaydilar. Ammo aholi sonining ko’payib borishi yomon yerlarni ham ishlashga majbur etadi. CHunki yaxshi yerlarda yetishtirilgan mahsulotlar o’sib borayotgan aholining ehtiyojlarini qondira olmaydi.
Faraz qilaylik, unumdorligi yaxshi muayyan yer uchastkasida ishlashga 10 soat ketadi va bozorda mahsulot bahosi 10 pul birligiga teng. Aholining o’sishi oziq-ovqat tovarlari bahosining oshishiga olib keladi. Bu esa ishlab chiqaruvchilarni yomon yerlarni ham ishlashga majbur qiladi. Bu yerlardan ko’rsatilgan miqdordagi hosilni olish uchun 10 soat emas, balki 15 soat ish vaqti ketadi. SHunga muvofiq mahsulotning bahosi ham 15 pul birligiga oshadi. Bozor bahosi bu summadan kam bo’lmasligi kerak, aks holda yomon yer uchastkalari ishlatilmasdan qolib ketadi. Yaxshi uchastkada ishlovchi fermerlar ishlab chiqarishga 10 pul birligiga teng mehnat sarflaydilar, o’z mahsulotlarini esa 15 pul birlikka sotadilar. o’rtadagi 5 birlik farq yer egasiga tegadi. Ana shu, D.Rikardo nazariyasi bo’yicha, renta hisoblanadi. Uning tasdiqlashicha, keyinchalik aholining yana o’sishi kishilarni yana ham yomonroq yerlarni ishlashga majbur etadi, bu esa qishloq xo’jalik mahsulotlari qiymatining o’sishiga va rentaning qo’payishiga olib keladi.
SHunday qilib, yer rentasi miqdori tuproq unumdorligiga va uchastkaning bozorga uzoq-yaqin joylashishiga bog’liq bo’ladi. Bu qoida keyinchalik differentsial renta kontseptsiyasi nomini oladi.
A.Smit ta’limotiga ko’ra ish haqi mehnat unumdorligi natijasi, renta esa - yer unumdorligi natijasi hisoblanadi. D.Rikardoda ish haqi - mehnat sarflari natijasi, renta esa - kamyoblik va yer uchastkalarining har xilliligi natijasi hisoblanadi. Renta qiymat yaratmaydi. Aksincha renta miqdori bozor bahosi darajasiga bog’liq bo’ladi. «Renta to’langani uchun non qimmat emas, balki non qimmat bo’lgani uchun renta to’lanadi... Agar, hatto, yer egalari barcha rentalardan voz kechganlarida ham nonning bahosi hech kamaymagan bo’lar edi», - deb yozadi D.Rikardo.
Aholi soni oshib borishi bilan milliy daromadda renta hissasining ko’payib borish tendentsiyasi amal qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshib borishi va milliy daromadda renta miqdorining ko’payib borish tendentsiyasi D.Rikardoni juda tashvishga solgan. U, bundan qutilishning yo’li, xuddi T.Maltusga o’xshab, tug’ilishni kamaytirish deb bilgan. D.Rikardo fikri bo’yicha, yomon yerlarni ishlamaslikka imkon beruvchi yana bir vosita - mustamlakalardagi yuqori unumdorli yerlardan foydalanish hisoblanadi. Uchinchi vosita - xalqaro savdoni rivojlantirish, aholisi zich bo’lmagan mamlakatlardan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini olib kelish. Nihoyat, D.Rikardo ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beruvchi texnik taraqqiyotga ishonch hosil qilgan.
D.Rikardo ta’limotiga ko’ra, mehnatning qiymati ishchining jismoniy jihatdan yashash va avlodini ko’paytirish uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalar qiymati bilan aniqlanadi. Demak, real ish haqi doimiy. Nominal ish haqi esa oziq-ovqat mahsulotlari bahosi oshishi sababli ko’payishi mumkin. Agar mehnat taklifi juda oshib ketsa, uning bahosi qiymatidan past bo’ladi. Bunday vaziyatda T.Maltusning aholining nufus qonuni amal qiladi: aholi o’sishi qambag’allikni kuchaytiradi, u o’z navbatida aholining o’sishini sekinlashtiradi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling