Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


E) Foyda va foyda normasi


Download 0.76 Mb.
bet62/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

E) Foyda va foyda normasi
K.Marksning foyda nazariyasining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, daromadning bu turi, tadbirkorlarning har qanday daromadi singari, ishchi kuchini eksplutatsiya qilish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha qiymatning tashqi, ya’ni o’zgargan shakli hisoblanadi. Bu yerda, D.Rikardodan farqli o’laroq, gap nafaqat foyda normasi to’g’risida, balki uning qo’shimcha qiymat normasidan farqli, o’ziga xosligi to’g’risida boradi. «Avanslangan butun kapitalning mahsuli bo’lib ko’ringan qo’shimcha qiymat foydaning o’zgargan shakliga kiradi».
«Kapital» I tomining mazmuniga ko’ra, korxonalarda yoki iqtisodiyot tarmoqlarida o’zgaruvchi kapital va mehnatning hissasi qancha ko’p bo’lsa, qo’shimcha qiymat miqdori shuncha ko’p bo’ladi, lekin kapitalning uzviy tuzilishi qancha yuqori bo’lsa, ya’ni korxonalarning mexanizatsiyalashuvi yoki tarmoqlarning mashina va asbob-uskunalar bilan qurollanish darajasi yuqori bo’lsa, qo’shimcha qiymat miqdori shuncha kam bo’ladi. «Kapital» III tomida esa, K.Marks «qo’shimcha qiymat normasi» va «foyda normasi» tushunchalarining farqini bilishni tavsiya etadi. Agar birinchisi, uning tomonidan, qo’shimcha qiymatning o’zgaruvchi kapitalga bo’lgan nisbati sifatida ko’rilsa, ikkinchisi esa (gap qo’shimcha qiymatning «o’zgargan shakli» to’g’risida borar ekan) qo’shimcha qiymatning jami kapitalga, ya’ni o’zgaruvchi va doimiy kapitalga bo’lgan nisbati sifatida qaraladi.
K.Marks ta’limotiga binoan foyda normasi pasayish tendentsiyasiga ega. Bunday tendentsiya uningcha, Rikardo-Mill ko’rsatib berganidek, demografik omillar va tuproq unumdorligining pasayishi «qonuni» keltirib chiqaradigan hayotiy zaruriy mahsulotlar bahosining oshishi sababli emas, balki kapitalning uzviy tuzilishidagi umumiy kapitalda o’zgaruvchi kapital hissasining pasayishi tufayli kelib chiqadi.
Bundan tashqari, «qo’shimcha qiymat normasi» va «foyda normasi» tushunchalaridan foydalangan holda, K.Marks erkin raqobat sharoitidagi bozor iqtisodiyoti xo’jalik mexanizmi «sir asrorlarini» yaxshi tushunganligini namoyish etdi. Masalan, qo’shimcha qiymat nazariyasi «mantig’i» bo’yicha, ish kuni qancha uzun bo’lsa, qo’shimcha qiymat massasi va eksplutatsiya normasi shuncha yuqori bo’lishi kerak. Lekin «qo’shimcha ish vaqtini» uzaytirish yo’li bilan qo’shimcha qiymatni ko’paytirish usulini K.Marks yaxshi va to’g’ri usul deb hisoblamaydi. «Absalyut qo’shimcha qiymat» olib keluvchi bunday usul, boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda, ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarishi, har bir ish soati unumini pasaytirishi mumkin, ishchilar noroziligining muqarrarligi to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi. Buning ustiga «Kapital» muallifi, ish kunining faqat oxirgi soatida kapitalist uchun foyda yaratiladi degan N.Seniorning «oxirgi soat nazariyasini» qattiq tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha, zaruriy ish vaqtining qisqarishiga qaramasdan, mehnat unumdorligining oshishi «nibiy qo’shimcha qiymatni» olib kelgach, bir vaqtning o’zida qo’shimcha qiymat normasining pasayish tendentsiyasini kuchaytiradi. SHunday bo’lsada har bir kapitalist intuitiv tarzda foyda normasini ko’paytirishga intiladi. «Foyda normasi, – deb yozadi K.Marks,- kapitalistik ishlab chiqarishni harakatlantiruvchi kuchdir; foyda olib ishlab chiqarish mumkin bo’lgan narsagina ishlab chiqariladi».
Foyda normasi hamisha qo’shimcha qiymat normasidan kam bo’ladi. Buning sababi shundaki, uni hisoblaganda qo’shimcha qiymat butun kapitalga nisbatan olinadi, qo’shimcha qiymat normasini hisoblaganda esa, qo’shimcha qiymatning faqat o’zgaruvchi kapitalga bo’lgan nisbati olinadi. CHunki qo’shimcha qiymat, K.Marks ta’limotiga ko’ra, faqat o’zgaruvchi kapitalning funktsiyasi hisoblanadi.
«Yuqori uzviy tuzilishdagi» kapital (ya’ni doimiy kapitalning o’zgaruvchi kapitaldan ko’pligi o’rtacha ijtimoiy me’yordan oshiq bo’lsa) o’rtachadan kamroq foyda normasi beradi. «Past uzviy tuzilishdagi» kapital esa o’rtachadan oshiqroq foyda normasini beradi. Kapital o’rtasidagi raqobat, kapitalning erkin suratda bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa (kam foyda beradigan tarmoqdan yuqori foyda beradigan tarmoqqa) oqib o’tishi har ikki holda ham foyda normasini o’rtacha qilib qo’yadi. Muayyan jamiyatdagi barcha tovarlar qiymati miqdori tovarlar bahosining miqdoriga to’g’ri keladi. Lekin ayrim vaziyatlarda tovarlar raqobat ta’siri ostida o’z qiymati bilan sotilmaydi, balki ishlab chiqarish bahosi» bilan sotiladi.
«Ishlab chiqarish bahosi sarf qilingan kapital plyus o’rtacha foydani o’z ichiga oladigan bahodir».



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling