Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.76 Mb.
bet63/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

J) Renta nazariyasi
K.Marks renta to’g’risida nazariya yaratdi. Uningcha, renta yerga bo’lgan mulkchilikni realizatsiya qilish shaklidir. Yer maydoni cheklanganligi, uning yer egalari qo’lida bo’lganligi sababli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bahosi o’rtacha yerdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab emas, balki eng yomon yerdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining o’rtacha sharoitga qarab emas, balki eng yomon sharoitga qarab belgilanadi. Bu baho bilan yaxshi yerdagi (yoki eng yaxshi sharoitdagi) ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi farq differentsial rentani bildiradi. K.Marks differentsial rentani tahlil qilib, bu renta ayrim yer uchastkalarining hosildorligi bir-biridan farq qilganda, yerga sarf qilingan kapital miqdori bir-biridan farq qilganda hosil bo’lishini ko’rsatib berdi. Differentsial renta ikki shaklda – differentsial renta I va differentsial renta II shaklida mavjud bo’ladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish bahosini belgilovchi eng yomon yerdagi mahsulotlarning ishlab chiqarish bahosi bilan eng yaxshi va o’rtacha yerdagi mahsulotlarning individual ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi tafovut differentsial yer renta I ning negizi hisoblanadi. Yerga qo’shimcha ishlov berish evaziga olinadigan renta differentsial renta II ni tashkil etadi.
K.Marks differentsial renta bilan birga absalyut rentaning ham amal qilishini ko’rsatib beradi. U, absalyut rentaning paydo bo’lishini qishloq xo’jaligida kapital uzviy tuzilishining ancha past bo’lishi bilan va yerga bo’lgan xususiy mulkchilik bilan bog’lab tushuntiradi. Birinchi omil tufayli, uning fikricha, qishloq xo’jaligi mahsuloti qimmati uning «ishlab chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo’ladi, ikkinchi omil ta’sir kuchiga ko’ra esa, foyda normasini o’rtacha darajaga keltiruvchi «kapital oqimi» mexanizmi qishloq xo’jaligida amal qilishi mumkin emas. Binobarin, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining o’z ishlab chiqarish baholaridan (qo’shimcha qiymatning o’rtacha foydadan) ortiqchasi kapitalistlar o’rtasida taqsimlanmaydi (sanoatdagi kabi) balki dehqonchilikda qoladi va yer egalari tomonidan absalyut renta shaklida o’zlashtiriladi. M.Blaugning yozishicha, markscha absalyut renta nazariyasi qimmatning (qiymatning) bahoga aylanishi kelib chiqadigan uning qimmat nazariyasi doirasidan tashqarida hech qanday kuchga ega emas.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling